Mаvzu: Qadimgi Rossiya Darsning turi



Yüklə 24,04 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü24,04 Kb.
#180531
1   2
Shamsidinov Shahzodbek

Darsning bayoni:
Rossiya imperiyasi (boshqa nomi Podsho Rossiyasi) — Rossiya davlati asosida shakllangan davlat. 1721-yilda Pyotr I tomonidan imperiya deb eʼlon qilingan. Rossiya imperiyasi tarkibiga Boltiqboʻyi, Oʻng qirgʻoq Ukraina Belarus, Polshaning bir qismi, Bessarabiya Shimoli Kavkaz (XIX asrdan), shuningdek, Finlandiya, Kavkazorti, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo va Pomir kirgan. XIX asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hududi 22,4 million km² ga yetgan. 1897-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, imperiyada 128,2 million kishi, jumladan, Rossiyaning Yevropa qismida 93,4 million, Polsha podshohligida 9,5 million, Finlandiya Buyuk knyazligida 2,6 million, Kavkaz oʻlkasida 9,3 million, Sibirda 5,8 million, Oʻrta Osiyoda 7,7 million kishi yashagan. 100 dan ziyod xalqlar ushbu hududda istiqomat qilgan; aholisining 57 % ni rus boʻlmagan xalqlar tashkil etgan. Rossiya imperiyasi hududi 1914-yil 81 guberniyaga va 20 oblastga boʻlingan; 931 shahar mavjud boʻlgan. Guberniya va oblastlarning bir qismi general-gubernatorliklarga (Varshava, Irkutsk, Kiyev, Moskva, Amurboʻyi, Dasht, Turkiston va Finlandiya) birlashtirilgan. Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya imperiyasining rasmiy vassallari boʻlgan. 1914-yil Uryanxay oʻlkasi Rossiya imperiyasi protektorati (homiyligi) ga oʻtgan. Rossiya imperiyasi merosiy monarxiya boʻlib, uni mutlaq hokimiyatga ega podsho boshqargan. Uning oila aʼzolari va qarindoshlari podsho xonadonini tashkil etgan. Hukmron cherkov pravoslaviye boʻlib, uni podsho Sinod orqali idora etgan. Barcha aholi P. R. fuqarolari hisoblangan, erkak aholi (20 yoshgacha) podshoga sadoqati haqida qasamyod ettirilgan. Rossiya imperiyasi fuqarolari 4 tabaqaga ajratilgan: dvoryanlar, ruhoniylar, shahar va qishloq aholisi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Sibir va boshqa mintaqalarning mahalliy aholisi alohida tabaqaga — „gʻayrirus“ aholiga ajratilgan. Rossiya imperiyasining gerbi — ikki boshli burgut, davlat madhiyasi — „Boje, sarya xrani“ („Podshoni oʻzing asra, xudoyim“). Umumdavlat tili — rus tili 1917-yildagi Fevral inqilobi monarxiyani agʻdargan: 1917-yil 14-sentabrda Muvaqqat hukumat Rossiyani respublika deb eʼlon qilgan. Shundan boshlab Rossiya Federatsiyasi davlati vujudga keladi va asta sekin markaziy Osiyo davlatlarini birin ketin Sovet ittifoqi tasarrufiga oʻtkazish va qarab mamlakatga aylantirish boshlanadi


Mavzu mustahkamlanadi va yakunlanadi: Dars jarayoni nihoyasiga kelib, uyga vazifa beriladi. Oʼquvchilarga kelgusi mavzular boʼyicha topshiriqlar beriladi.
Yüklə 24,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin