Mavzu: Qatag’onlik siyosati, bosqichlari (1920-1980 yillar misolida) mundarija: kirish i-bob. Sovet tuzumining qatag’on siyosati boshlanishi


Litva davlatlarini bosib olib, avgust oyida o 'z tarkibiga kiritdi. 0 ‘z hududlarini



Yüklə 68,99 Kb.
səhifə6/6
tarix17.03.2023
ölçüsü68,99 Kb.
#88559
1   2   3   4   5   6
Solayev Xursand kurs ishi

Litva davlatlarini bosib olib, avgust oyida o 'z tarkibiga kiritdi. 0 ‘z
hududlarini bunday kengaytirish siyosati Germaniya va SSSRni 1939-
1940 yillarda yanada yaqinlashtirdi. G ‘arbiy Yevropada fashistlar
(icrmaniyasi Polsha, Norvegiya, Fransiya, Belgiya, Gollandiya, Daniya,
l.yuksemburg kabi davlatlar poytaxtlarini bosib olganda, sovetlar
hukumati nemis qo'm ondonligini tabriklab borgan.
Kapitalistlar o‘zaro urush natijasida zaiflashishini kutayotgan Stalin
boshliq sovetlar hukumati bir zarba bilan Yevropani sovetlashtirishga
tuyyorlanar, buni zimdan his qilgan Gitler hukumati Stalindan xavfsirar,
ularning har biri “hujum qilmaslik haqidagi bitim”ini o‘zi uchun qulay
bo'lgan paytda bekor qilishni oqilona ish deb o'ylardilar. Aynan shu narsa
ikkita “do'st” davlat o'rtasidagi m uqarrar urushni tezlashtirdi.
1941-yil 22-iyul yakshanba kuni tongotarida avgust shartnomasini
buzib, fashistlar Germaniyasi SSSR ga hujum boshladi. Germaniya bilan
uning ittifoqchilari-Italiya, Fillandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya
hum Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirdilar. Bu urushga majburan
lortilgan Sovet Ittifoqi xalqlari mustamlaka asoratida bo'lgan barcha
icspublikalar shu jum ladan, O 'zbekiston xalqlari uchun og 'ir sinovlar
vuqti va ularning nemis fashist bosqinchilariga qarshi fidokorona kurashi
boshlandi.
Urushning dastlabki kunlaridanoq, butun m amlakatda bo'lganidek,
O'zbekistonda ham partiya tashkilotlari tomonidan mitinglar va
ylg'llinlllar tashkil qilindi. 1941-yil 22-iyundayoq Toshkent to'qim achilik
kunihluutining ishchilari ana shu daqiqadan boshlab o'zlarini Vatan
llllHoyuiiiga safarbar qilingan deb hisoblashlarini bildirdilar. 23-24 iyunda
Httmuiqund, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg'ona, Nukus va boshqa
slmhurlardagi yig'ilishlarda Vatan himoyasi uchun har qanday vazifani
shay ekanliklarini bildirgan o'zbekistonliklar harbiy frontga ko'ngilli sifatida jo'natishlarini so'rab arizalar yozishdilar.
Arxiv hujjatlarining dalolat berishicha, urushning dastlabki
kunlarida respublikaning shahar va tum an harbiy kom issarliklariga 14
mingdan ortiq ariza tushgan. Bu o ‘zbekistonliklarning o ‘z vatanparvarlik
burchlarini, har bir urush insoniyat boshiga kelgan ofat ekanligini yuksak
darajada anglab, urush olovini yoquvchilarga qattiq nafrat bilan
qarashliklarini ko‘rsatadi. Chunki boshlangan urush yuqori hokimiyat
rahbarlari orasida sarosimalikni keltirib chiqargan bo‘lib, faqat 29
iyundagina Xalq Komissarlari Kengashi nomidan joylarga ko‘rsatm alar
jo‘natib, unda urush ahvolni keskin o'zgartirib yuborganligi, Vatan jiddiy
xavf ostida qolganligi, barcha ishlarni harbiy izga solish uchun tez va
qat’iy ravishda qayta qurishni amalga oshirish zarurligi ko'rsatilib,
“ham m a narsa front uchun, hamma narsa g ‘alaba uchun!” chaqirig‘i talab
darajasiga ko‘tarilgan edi. 1941-yil 30-iyunda I.V.Stalin boshchiligida
Davlat Mudofaa Qo'mitasi tashkil etilib, davlat, harbiy va partiyaviy
hokim iyat uning q o 'lig a o'tdi. Stalin hukumat nomidan 3 iyulda radio
orqali xalqqa m urojaat qilib, haqiqiy ahvolni bayon qildi. Qurolli
kuchlarga strategik rahbarlikni amalga oshirish uchun Oliy Bosh
Qo'mondon Qarorgohi tashkil etilib, 8 avgustda Stalin Oliy Bosh
Qo'mondon lavozimini qabul qildi. Barcha muhim harbiy-siyosiy
qarorlam i qabul qilish haqiqatdan uning qo'lida to'plangan bo'lib, bu
qarorlar DM Q yoki VKP (b) M Q Siyosiy byurosining qarorlari sifatida
rasmiylashtirilgan.
Urushning dastlabki kunlaridanoq sovet xalqi-o'zbekistonliklar ham
bosqinchilar ustidan g'alabaga erishishga butun kuchlarini baxshida
etdilar. M ustabid tuzum zulmi ostida ezilayotgan xalqlar qandaydir
g'oyalarni emas, balki ona-yurt-Vatanlarini him oya qildilar. O 'zining
vatanparvarlik burchini yuksak darajada his q ilgan/"o‘zbek xalqi
fashizm dan faqat SSSRni emas, eng avvalo O 'zbekistonni him oya
qilishni, uni yana bir bosqinchidan saqlab qolishni m aqsad qilib qo'ygan
edi. Chunki xalqim iz sotsializm niqobi ostida qilingan bosqinchilik
siyosiy qatog'onlar zahmini hali unutmagan bir davrda gitlerchi
bosqinchilarning bosib olingan hududlarda qilgan ashaddiy jinoyatlari,
ular o'rnatayotgan tartib to'g'risidagi xabarlami eshitib fashizmning
mustabid tuzum dan ham dahshatliroq, insoniyat boshiga kelgan ofat
ekanligini anglab yetgan edi, ya’ni xalq o'zini dushmanni to'xtashishga va
uloqtirib tashlashga qodir bo'lgan birdan bir kuch deb his q ild i./U
kom m unistik tizim foydasini emas, balki fashizmga qarshi kurashning
adolatli ekanligi g'oyasini tanladi. Shu jihatdan ham I.A.Karimovning
“urush davri voqealarini, jangchilarimizning jasoratlarini tahlil etishda vamafkurabozlikni kamroq aytish” ga doir chaqirig‘i
nihoyatda dolzarb bo'lib jaranglaydi. Prezident haqli ravishda bunday deb
keltirilgan edi: “ Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush
qtynl g’oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo‘lmasin, o‘z el-yurtining yorug‘ kelajagi, beg‘ubor osmoni uchun jang
Ittliydonlarida halok bo‘lganlarni, o ‘z umrlarini bevaqt xazon qilgan
Inaonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni
unutishga hech kimning haqqi yo‘q va bunga y 0 ‘l ham bermaymiz!”
Chunki o'zbekistonliklarning jang maydonlaridagi jasorati, front
orqasidagi fidokorona mehnati mustabid davlat mashinasining tazyiqi,
erksiz harakat tarzida emas, balki ongli, asl vatanparvarlikning manbai
bo'lgan Vatanga muhabbat tuyg'usining yuksak darajadagi ko'rinishi
bo'ldi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda 1920-1980 yillarda O`zbekistonda amalga oshirilgan sanoatlashtirish siyosatini bosh maqsadi respublikani istiqbolda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borishini ta`minlaydigan iqtisodiy poydevordan mahrum qilish va uni sho`rolar xo`jalik mexanizmining bir buyrug`iga aylantirishdan iborat edi. Sho`rolar tomonidan 20-yillarning oxiri 30 yillarida amalga oshirilgan va o`zining mash`um oqibatlarini qoldirgan tadbirlardan yana biri qishloq xo`jaligini jamoalashtirish siyosati edi. Bu masala «Lenincha sosializm qurish rejasi» ning tarkibiy qismi hisoblanadi. 1921-1922 yillardagi agrar islohot, 1925-29 yillardagi yer-suv islohotlari sho`rolar hukumatini qoniqtirmadi. 1929 yil kuzidan boshlab yoppasiga kollektivlashtirish siyosati amalga oshirila boshladi. Ya`ni, kooperativlashtirishning xilma-xil shakllarini tugatish, mavjud bo`lgan bir qancha kooperativ tizimlarini davlatlashtirish yo`liga o`tdi. Kooperasiyalarni barcha turlari va sohalari buyicha rivojlantirish siyosatini yoppasiga jamoalashtirish yo`li bilan almashtirdi. Bu yo`l esa ixtiyoriylik prinsiplari asosida emas, balki «yuqoridan belgilash» yo`li bilan amalga oshirilardi. O`zbekiston kompartiyasi MQ 1930 yil 17 fevralda «kollektivlashtirish va quloq xo`jaliklarini tugatish to`g`risida» qaror qabul qildi. 1925-29 yillarda yer-suv islohoti davridayoq katta yer egalarining aksariyat qismlari tugatilgan edi. 1930 yil fevraldan boshlab avj olgan quloq xo`jaliklarni tugatish kompaniyasi davrida qonunlar qo`pol ravishda buzilib, inson huquqlari toptaldi. Natijada, Farg`ona, Bog`dod, Chust kabi tumanlarda jamoalashtirishga qarshi dehqonlar isyon ko`tardilar, bu harakatlar zo`rlik bilan bostirildi. Quloq xo`jaliklari ro`yxatini tuzishda yakka qishloq xo`jaligi solig`i to`laydigan, o`ziga to`q dehqon xo`jaliklari asos qilib olindi. Bu ro`yxat asosan moliya organlari tomonidan tuzilardi. Quloqlar ro`yxatini muttasil kengaytirib borish hisobiga nafaqat o`rta hol balki, kambag`allar ham yoppasiga kollektivlashtirish davri qatag`onlik siyosatining girdobiga tortildilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:



  1. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.-T.; O`zbekiston, 1996 y.

  2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.-T.: Sharq,1998y.

  3. Bobojonova D. O`zbekistonda demokratik jarayonlar va ularning xususiyati.-T.;Fan, 1995 y.

  4. Ishokov F. Proshloye glazami istorika.-T.: O`zbekiston, 1999y.

  5. Karimov SH., Turg`unov I., Shamso`tdinov R. Vatan tarixi. Uchinchi kitob.-T.; Sharq, 1997 y.

  6. Mustabid tuzumning O`zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari.-T.: 2000 y.

  7. Usmonov. Q. va boshqalar. O`zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida.-T.; O`qituvchi, 1996 y.

  8. Xo`jamberdiyev Yo. O`zbeklar ishi.-T.:Yozuvchi,1990 y.

  9. O`zbekiston sovet mustamlakasi davrida. II-kitob.-T.: Sharq, 2000 y.

  10. O`zbekiston tarixi. Oliy o`quv yurtlarining nomutaxassis fakultetlari talabalri uchun darslik R.Murtazayevaningumuiy tahriri ostida.-T.: Yangi asr avlodi, 2003.-676b.

  11. O`zbekiston Respublikasi. Ensiklopediya.-T.:O`zbekiston,1997y.

  12. Qoraqalpog`iston tarixi (1917-1994).-Nukus: 1995 y.

Yüklə 68,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin