Mavzu: Qatag’onlik siyosati, bosqichlari (1920-1980 yillar misolida) mundarija: kirish i-bob. Sovet tuzumining qatag’on siyosati boshlanishi



Yüklə 68,99 Kb.
səhifə2/6
tarix17.03.2023
ölçüsü68,99 Kb.
#88559
1   2   3   4   5   6
Solayev Xursand kurs ishi

Kurs ishining obyekti: O’zbekistonda 1920-1980-yillardagi qatag’onliklarni o’rganish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: O’zbekistonda 1920-1980-yillardagi qatag’onliklarni o’rganish usullari, metodlari va vositalari
Kurs ishining maqsadi: O’zbekistonda 1920-1980-yillardagi qatag’onliklarni o’rganish orqali o’sha davr qatag’onliklarini yaqindan bilish, O`zbekiston milliy arboblari, ma`rifatparvar, yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilinishi, ularning o’sha vaqtda qilgan qahramonliklarini o’rganish, XX asrning 20-80-yillarida O`zbekistonda o`tkazilgan sanoatlashtirish va jamoalashtirish siyosati, uning salbiy oqibatlarini tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi: O’zbekistonda 1920-1980-yillardagi qatag’onliklarni o’rganishning vazifalari quyidagilar

  • O’zbekistonda 1920-1980-yillardagi qatag’onliklarni ilimiy tahlil qilish;

  • O’zbekiston milliy arboblari, ma`rifatparvar, yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilinishi sabablarini o’rganish;

  • Sovet tuzumining qatag`on siyosati boshlanish omillarini o’rganish

  • XX asrning 20-80-yillarida madaniy qurilishining asosiy yo`nalishlari va muammolarini o’rganish va ilimiy asoslash

Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi 2 bob, 4 paragraf xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


I-BOB. SOVET TUZUMINING QATAG’ON SIYOSATI BOSHLANISHI
1.1.O`zbekiston milliy arboblari, ma`rifatparvar, yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilishi.
Sobiq Ittifoqning tarixi sahifalarida millionlab fuqarolarning qonlari bilan yozilgan sahifalari mavjud bo`lib, bu mustabid sovet tuzumining qatag`onlik siyosatidir.
XX asrning 30 yillariga kelib jahon xaritasida mutlaqo qayd etilmagan "Gulag" lagerlari tashkil topdi. Uning fuqarolari haq-huquqsiz Sovet Ittifoqi Qahramonlari, mashhur fan-arboblari, mohir diplomat, shoir va yozuvchi, rassom yoki nomlari hech kimga ma`lum bo`lmagan ishchi, kolxozchilar edi.
O`zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlar
milliy davlatchilik an`analarini qayta tiklash va milliy o`zlikni anglashga katta e`tibor
qaratilgan. Vatanimiz tarixining bosqichlarini ilmiy asosda o`rganish va unga obyektiv
baho berish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Sovet hokimiyati yillaridagi “asossiz
ravishda qilingan ommaviy qatag`onlarni, kollektivlashtirish va sanoatlashtirish davrida
turmushning asosiy negizlari shafqatsizlik bilan barbod qilingani, xalqlarning ma`naviy
qadriyat va an`analari qalbakilashtirilgani”1 maxsus tadqiq qilinmoqda. Bunda sovet
hokimiyati uchun xavfli deb topilgan dehqonlarga nisbatan siyosiy sabablar, sinfiy,
ijtimoiy, diniy belgilariga ko`ra qo`llanilgan qatag`on siyosatini yoritish, begunoh qurbon bo`lgan insonlar xotirasini tiklash zaruriyatiga aylandi. “2017-2021 yillarda
O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha
Harakatlar strategiyasi”da belgilab qo`yilgan “jismonan sog`lom, ruhan va aqlan
rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat`iy hayotiy nuqtai nazarga ega
yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish”2 kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga yo`naltirilgan davlat
siyosatini takomillashtirishda yoshlarda tarixiy xotirani va tarixiy ongni shakllantirish,
Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Тошкент: Ўзбекистон, 2011. –Б.165
2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги 4947-сон фармонининг 1-иловасида
келтирилган “2017-2021 йилларда Ўзбекситон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши
бўйича Ҳаракатлар стратегияси”. [Элекирон ресурс]. Кириш режими: http://strategy. Regulation.gov.uz. (Мурожаат
қилинган сана: 02.09.2017).
3
ularda Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat tuyg`ularini kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Bu albatta sovet davlatining qatag`onlik siyosati natijasi edi. Turkiston ozodligi uchun kurashganlarni «Bosmachi» tamg`asi bilan yo`q qilinib tashlandi. So`ng aholini mehnat qilib biror narsa orttirgan o`rta hol qismi bu baloga giriftor etildi.
Alohida hech qanday g`ayri qonuniy harakatlar sodir qilmagan partiyaning ichki muholiflari 20-yillarning 2-yarmidan boshlaboq qamoqqa olindi va surgun qilindi. Shundan keyin qatag`onlar ko`payib, ularning sabablari esa soxtalashtirildi. Bu birinchi galda jadid maktablarining mutaxassislari: olimlar, injenerlar, agronomlar, iqtisodchilar va ziyolilar guruhiga ta`lluqli edi. Ularning ko`pchiligini josuslar «qo`poruvchilar» «xalq dushmani» deb e`lon qilinib, turli xil jazolarga (qamoq, surgun, otuv va h.k.) hukm qilindi.
Kishloq xo`jaligini yoppasiga kollektivlashtirish davrida dexqonlarning anchagina qatlamlari qatag`on qilindi. Yangi qurlishlardagi yosh ishchilar, qishloqlarda naridan beri o`qitilgan mexanizatorlar ko`pincha texnika buzilishida aybdor bo`lib qoladilar. Bu ham keyinroq sinfiy dushman qo`poruvchiligi sifatida baholanadigan bo`ldi.
«Sinfiy dushman unsurlar»ga qarshi ishlarni 1929 yildan e`tiboran «uchlik» deb ataluvchi komissiyalar ko`rib chiqa boshladilar. Uning tarkibi quyidagicha bo`lar edi: ya`ni, Raykomning birinchi sekretari, Rayon ijroiya komiteti raisi, Rayon GPUsining boshlig`idan iborat bo`lar edi. Mahkum etilganlar shimolga GULag Arxipelaglariga tushar edilar.
Qatag`onlar 30-yillar boshigacha asosiy sinfiy dushman unsurlar-«quloqlar», «burjua mutaxassislari»ga qarshi kurash ostida olib borildi.
1934 yildan boshlab qatag`onlar partiyaning avvalgidan ham kengroq ko`lamda ya`ni, «Fashizm agenti», «Kapitalistik burjua davlat tarafdori», «Antisovet markaz tashkilotchisi», «Ko`poruvchi», «Shpion» kabi aybnomalar ostida boshlanib ketdi. Bunga MK siyosiy byurosining a`zosi, partiya MK va Leningrad shahar komitetining sekretari S.M.Kirovning 1934 yilning 1 dekabrida o`ldirilishi bahona bo`ldi. Bu ishning shaxsan uyushtiruvchisi Stalin edi, ammo bu ishdan xabardor bo`lgan barcha guvohlar yo`qotildi.
Davlat jinoyatchilari uchun qamoq muddati 10 yildan 25 yilgacha oshirildi. VKP(b) MKning sekretari Kaganovichning taklifiga ko`ra, siyosiy ayblovlar bo`yicha ishlar suddan tashqari tartibda, lekin oliy jazo chorasi qo`llanilgan holda qarab chiqila boshlandi. 1934 yil OGPU ichki ishlar xalq Komisarligi qilib qayta o`zgartirildi (NKVD-ruscha-muallif).
1937 yili dunyo matbuotida harbiylar ishi deb atalgan sud prosessi e`lon qilindi. Unda Qizil Armiya harbiy boshliqlarining ko`pchiligi Stalin tomonidan qoralandi. 1937 yilning 2 iyunidagi gazetalarda Harbiy Kollegiya sudiga yirik harbiy boshliqlar: M.N.Tuxachevskiy, I.E.Yarkin, I.P.Uborovich, R.P. Eydeman berilgani e`lon qilindi va ular shu kunning o`zidayoq otishga hukm qilindilar. Bunday qatag`on ilgari Qizil Armiya safini podsho zabitlaridan, generallaridan tozalash sifatida 20-yillarda bo`lgan bo`lsa, 30-yillar oxirida endi sotqin, «Troskiychi-Zinobyevchi» inqilob dushmani kabi soxta ayblovlar bilan almashgan edi.
Voroshilovning ma`lumotiga ko`ra, 20 yildan 30 - yillarning yarmigacha Qizil Armiya safidan 47 mingta harbiy va 5 mingta muxolif chetlatilgan. O`sha paytda SSSRda 5ta marshal bo`lgan bo`lsa, shundan 3 tasi: Tuxachevskiy, Yegorov, Blyuxer terror qurboni bo`ldi. Faqat Voroshilov va Budyonniy tirik qolgan edilar. Stalin qatag`onlarining xususiyatli tomoni shunda ediki, bu qatag`ondan hukumat boshliqlaridan tortib farroshgacha qochib qutula olmas va ular uchun keragicha aybnoma topilar edi. Masalan: 1928 yili Yoqutlar isyonidan keyin 35 ming kishi otib tashlandi, 1930 yil boshida Ukrainani ajratib olish ittifoqi ishi sudda ko`rildi va professor Yefremov va Chekovskiylar hamda ko`plab kazaklar yo`q qilindi.
Markazda va joylarda harbiylar, injenerlar, razvedkachilar, partiya va Sovet rahbarlariga qarshi o`tkazilgan qatag`onlar mudofaa salohiyatiga berilgan ulkan zarba bo`ldi. Stalin Gitlerchilar Germaniyasining harbiy rejalari to`g`risidagi qimmatli ma`lumot olishga erishgan razvedkaga ishonmay Qizil Armiya Bosh Shtabi Bosh Razvedka Boshqarmasining 5ta boshlig`ini birin ketin qatag`on qildi.
Qatag`on haqida general - leytenant Pavlenko shunday degan edi; «Dunyo tarixida yaqinlashib kelayotgan urush arafasida hech qaysi mamlakat ayovsiz va keng doirada o`z harbiy mutaxassislarini yo`q qilganini bilmaydi».
1937-1938 yillar qatag`on avjiga chiqqan davr bo`lib bunda ko`plab partiya va davlat arboblarini nohaq qurbon qilindi. Jumladan, butun boshqaruv apparati Leningradda yo`q qilindi. Bunday qatag`onlar RSFSR, Ukraina, Ozarbajon, Gruziya, Armanistonda ham keng qo`lamda amalga oshirildi.
Sovet fanining nazariyotchilari, olimlar va novatorlari ham qatag`on qurbonlari bo`ldilar. Masalan: genetika fanining otasi Vavilov, geografik - biosfera ta`minot nazariyotchisi Vernadskiy V.I., Ioffe - fizik, Luzin - buyuk matematik, Lisenko - biolog nazariyotchi, Bulgakov, Platonov kabi adabiyot nomoyandalari va xokozalarning qatag`on etilishi ilm-fan va madaniyatning chinakam fojeasi bo`ldi.
O`zbekistondagi partiya xodimlari va davlat arboblarining yo`q qilinishi ham o`ziga xos tarzda amalga oshirildi. Butun Sobiq ittifoqda bo`layotgan qatag`on siyosati O`zbekistonni ham chetlab o`tmadi. Stalin va uning qonxo`r jallodlari o`zbek xalqining chin farzandiga nisbatan ham qatag`onlar yo`lini tutdilar. O`zbekistonda qamalmagan biror taniqli shaxs, rahbar, partiya xodimlari qoldirilmadi. Ayrimlari yaqqol ko`zga tashlanmaganlar xufiy nazoratga olindi.
Respublikada birinchi qatag`on qurboni respublika Xalq Komissarlari Soveti raisi Fayzulla Xo`jayev edi. U 1896 yili Buxoroda savdogar millioner oilasida dunyoga kelgan. Fayzulla Xo`jayev 1922-1924 yillarda Buxoro Respublikasi Mehnat va Mudofaa Sovetining raisi bo`ldi.
1920 yil 11 sentabrda BKP safiga kirdi. So`ngra Buxoro Komunistik Partiyasi MK tarkibiga ham kiritildi. 1920 yil oktabrda Buxoro Xalq Nozirlari Soveti raisi qilib saylandi.
RKP(b) MKning 1924 yil 5 noyabrdagi qaroriga binoan O`zbekiston revkomi raisi etib tasdiqlandi. 1925 yil 14 fevraldan 1937 yil 17 iyungacha O`zbekiston SSR XKS raisi lavozimida ishladi.
1923 yilning boshlarida F.Xo`jayev Germaniyada bo`ladi. Maqsad el dardiga davo izlash ya`ni, Germaniyaning Buxorodagi elchixonasini ochish, Rossiyaning Buxoro Xalq Respublikasi ichki ishlariga aralashuvini oldini olish edi.
Fayzulla Xo`jayev siyosiy bilimli, madaniyatli, savdoxonli bo`lishga doim katta e`tibor bergan. Mana uning o`z yaqinlari davrasida aytgan so`zlari: "Sizlar o`qimay qo`ydinglar. O`z ustimizdan ishlamayapmiz. Madaniy darajamiz va ma`naviy qiyofamiz achinarli holatga kelib qoldi. Biz ana shu savodsizligimiz oqibatida Vatanni, Buxoroni boy berib qo`ydik. Shu sababli ham o`z Vatanimizda rahbarlik ishlarini qo`lga ololmadik va mustaqillik yo`lida aql bilan ish yurita bilmadik."
1938 yilning 2-13 martida Moskvadagi Soyuzlar uyining katta zalida F.Xo`jayev va bir guruh partiya Sovet xodimlari sud qilindi. Unga Sovetlarga qarshi, millatchi degan aybnoma qo`yildi va otib tashlandi. Keyinchalik Fayzulla Xo`jayev o`limidan so`ng oqlandi.
1937 yilgi qatag`on Akmal Ikromovni ham chetlab o`tmadi. A. Ikromov qanday odam edi?
U 1898 yil 14 noyabrda Toshkentdagi O`hchi mahallasida yashovchi Ikrom domla oilasida dunyoga keldi. Onasi Tojiniso opa ma`rifatli ayol edi. Ular uylarida ochilgan maktabda bolalarni o`qitar edilar. Yosh Akmal ham ularga qo`shilib savodini chiqaradi, diniy va dunyoviy darsliklarni, kitoblarni o`qish imkoniyatiga ega bo`ldi. 1918 yil 18 fevralda eski shahar tashkiloti A. Ikrsmovni bolsheviklar safiga qabul qiladi. Ushbu davrdagi barcha ziyolilar qatori u ham sovet mafkurachilarining nayrangiga ishonib aldandi. Shu kundan e`tiboran u, partiya qayerga yuborgan bo`lsa o`sha yerda, o`z kuchi va bilimini ayamay sarf qildi. 1926 yilda "Hujum" tadbiri buyicha partiya a`zosi sifatida Toshkent, Farg`ona, Namangan, Karshi, Termiz va boshqa shaharlarda faol xotin-qizlar bilan uchrashdi. 1926 yilda Mehnat Qizil Bayroq, 1935 yil dekabrida Lenin ordeni bilan taqdirlandi.
1937 yil 2-13 mart kunlari Moskvadagi Soyuzlar uyning katta zalida F.Xo`jayev, A.Ikromov va boshqalar sud qilinadi va 15 mart kuni shoshilinch ravishda qamoqxonada otib tashlanadi.
Toshkendagi qamoqxonada ushlab turilgan xotini Zelkina ham 1938 yilning 7 oktabrida otib tashlanadi. Akmal Ikromovning 5ta aka ukalari va 2ta o`g`li ko`p yillar davomida qamoq va surgunlarda sarson bo`lishadi.
1953 yil iyul Plenum qarorlari asosida tuzilgan maxsus komissiya ishi asosida 1957 yil 31 iyuldagi qaroriga asosan A. Ikromov oqlandi va partiya safiga qayta tiklandi.
Ana shunday qatag`on qilinganlardan yana biri Nazir To`raqulov bo`lib, u 1892 yilda Qo`qon shahrida o`ziga to`q oilada dunyoga kelgan. Uning otasi o`z davrining ziyoli, rus tilini yaxshi biladigan kishilardan edi.
Rus-tuzem maktabini tamomlagan Nazir To`raqulov, keyinchalik savdo bilim yurtida o`qidi. 1913 yili To`raqulov savdo institutiga o`qishga kirdi. U birinchi jahon imperialistik urushida, bolsheviklar inqilobi g`alabasiga ham o`zining munosib hissasini qo`shdi.
1918 yil oktabrida Ko`qon Soveti ijroko`mi kotibi To`raqulov bolsheviklar partiyasi safiga kirdi. 1919 yil 15 avgustda Farg`ona viloyat musulmonlar organi bo`lgan "Yangi Sharq" gazetasi muharriri etib tayinlandi.
1919 yil sentabrida Nazir To`raqulov MIK raisi etib saylandi. 1920 yil iyunida Turkkompartiyasi o`lka musulmonlari byurosi va chet el kommunistlarining tashkilotlari birlashdi va unga rahbarlik qilish Kuybishevning taklifiga ko`ra To`raqulov rais etib saylandi.
1922 yil iyulida To`raqulov Samarqand viloyat partiya tashkilotlaridan bolsheviklarning Butun Rossiya XII konferensiyasiga delegat qilib saylandi. Konferensiya tugagach, Moskvada SSSR xalqlari Markaziy nashriyot boshqarmasi raisi etib saylandi. O`z ustida tinmay ishlashi natijasida To`rakulov ko`p tillarni o`rganadi. Shuning uchun ham 1928 yilda diplomatik ishga o`tkazilib Saudiya Arabstonidagi «Hijoz» viloyatiga konsul qilib tayinlanadi. Bu yerda 4 yil ishlagach, 1932 yildan Sovet Ittifoqining Saudiya Arabistonidagi muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritadi.
1936 yilda SSSRga qaytib kelgach, Sharq xalqlari tillari va adabiyotida ilmiy xodim bo`lib ishlagan davrda u ko`pgina nazariy maqolalar va qiziqarli materiallar chop ettardi. Ammo u davrda Stalin shaxsiga sig`inish siyosati avj olayotgan bo`lib, mamlakatda zo`ravonlik tobora kuchayib borayotganligi sababli N. Turaqulov ham tinch ijodiy ish bilan shug`ullanish imkoniyatidan mahrum bo`ladi. Asossiz ayblar, tuhmatlar asosida hibsga olingan va ho`rlangan Nazir Turaqulov 1939 yilda qatag`on siyosatining qurboni bo`ldi.
Ilg`or fikrli yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilinishi. XX asrning 20-40 yillarda Cho`lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, Elbek, Rafiq Mo`min singari bir-biridan iste`dodli adiblar ma`rifat targ`ibotchilarini ham qatag`on to`lqini o`ziga tortdi. Shuningdek, o`zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Sayid Ahmad, Shukurullo «Xalq dushmani» deb e`lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib o`zlari qamoqqa olinib stalincha lagerlarga jo`natildi.
Bundan tashqari chet elda bo`lib kelgan bir qancha ziyolilarimiz Sattor Jabbor, Solih Muhammad, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova va boshqalar ham asossiz qatag`on siyosatining qurboni bo`ldilar. Ularning ko`plari shu siyosatdan bezib, chet ellarda Vatandan yiroqda qolib ketdilar.
O`zbekistonda qatag`on siyosati minglab ziyolilarimizni o`z domiga torgan edi. Shundaylardan yana biri Munavvarqori Abdurashidxonovdir. U nafaqat Toshkent jadidlari, balki Turkiston va Rossiya musulmonlari orasida ham obro` qozonadi. U fevral inqilobidan keyin siyosiy hayotda faol ishtirok etish bilan birga «Najot», «Kengash» ro`znomalarini tashkil etib ularga muharrirlik qiladi. Oktabr to`ntarishidan keyin esa Munavvarqori yangi maxsus va oliy ta`lim asoschilaridan biri sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Munavvarqori ToshDUni tashkil etishda jonbozlik ko`rsatadi. U qisqa muddat xalq maorifi bo`limida faoliyat ko`rsatadi. U ham stalincha qatag`on siyosatining qurboni bo`ladi. 1929 yili qamoqqa olinadi va uchlik hukm bilan otib o`ldiriladi.
Birin-ketin qatag`on to`lqini ko`zga ko`ringan o`zbek ziyolilarini ham yo`q qila boshladi. Shulardan biri shoir Usmon Nosir edi. U Namangan shahrida dunyoga keladi. Usmon Nosirni hibsga olishga sabab bo`lgan bahona haqidagi so`nggi vaqtda matbuotda turli-tuman fikr bayon qilindi. Chunonchi, shoir jiyani Nodira Rashidova bir maqolasida bu haqda quyidagi so`zlarni aytgan: "1937 yilning may oyida Moskvada O`zbekiston adabiyoti va san`ati dekadasi bo`lib o`tadi. Delegasiya sostavida Usmon Nosir ham bo`lgan. Toshkentga bir to`p yozuvchilar poyezdda qaytishadi". Usmon Nosir: "Mana Stalinni ham o`z ko`zimiz bilan ko`rdik, hammamiz qatori oddiy odam ekan. U menga bir kerosin sotadigan do`stimni eslatdi", - deb aytdi. Holbuki, bu faqat bir joyda qayd etilmagan.
Tergov materiallari shundan dalolat beradiki, Usmon Nosirni qora kursiga o`tkazgan kishilardan biri Aleksandr Grigoryevich Lavrentyev degan rus yozuvchisidir. A.S.Pushkin vafotining 100 yiligi munosabati bilan 1937 fevralida o`tkazilgan SSSR yozuvchilar uyushmasining tantanali tadbirida bu ikki Qo`qonlik (U .Nosir va A.G.Lavrentyev) "do`st" ham ishtirok etishgan.
Usmon Nosir mehmonxonada Lavrentyev bilan turgan. Mehmonxonadagi Lavrentyev bilan qilgan suhbati chog`ida she`riyat mundarajasi pissimistlik dunyoqarashiga tayangan va shoir mavjud tuzumga oppozisiyada bo`lgan taqdirdagina haqiqiy san`at asari maydonga kelishini aytgan. Yana shu suhbat mobaynida O`zbekiston sosializm barpo etish uchun albatta SSSR tarkibida bo`lishi shart emas, turkiy xalqlar o`zaro birlashib ham sosializmga borishi mumkin, degan, "aksilinqilobiy" mulohazani bildirgan. Moskva safaridan qaytish ham Usmon Nosir uchun beiz ketmadi. U poyezdagi ozgina mayxo`rlikdan so`ng Lavrentyev bilan aytishib qolib, uni "Velikorus" deb xaqorat qilgan.
Oradan 4 oy o`tgach, Lavrentyev Usmon Nosir ustidan ariza yozib, shoirni millatchi, aksiinqilobchi sifatida aybladi.
1937 yilning 12 iyunida O`zbekiston yozuvchilar uyushmasida Usmon Nosirni shaxsiy ishiga bag`ishlangan yig`ilish shoir uchun fojeali yakunlandi. O`sha kunni ertasiga DXQ 4-bo`limini Klenov va Xayruddinov familiyali xodimlari kelib Usmon Nosir uyida tintuv o`tkazadilar va uni olib ketadilar.
Usmon Nosir chirkin qamoqxonalarda ham yorug`, hur kunlar kelishiga umid bilan boqib yashaydi. Yashashga bo`lgan ilinji shoirni ijod qilishga undadi. Bugungi kunda: "Shoir o`sha kezda Stalinni sevmasdi, uni og`ir qismati uchun tinmay la`natlardi", - deyish juda ham to`g`ri bo`lmasa kerak. Uning "Xalqlar dohiysi"ga hurmati baland bo`lgan. Aniqrog`i uni ardoqlar va itoat etardi. Shu bois, u nomining bot — bot tilga olardi. Yoki ro`y berayotgan bedodliklardan Stalinni mutlaqo bexabar, deb anglaydi. Agarda shunday deb o`ylamaganda, unga shaxsan xat bilan murojaat etmagan bo`larmidi?! Zero, bu bilan o`zi uchun ma`lum bo`lgan xaqiqatni oydinlashtirmoqchi edi, xolos. Baxtga qarshi uning qalb nidosi qumga oqqan suv misoli izsiz yo`q bo`lib ketgan.
Sevimli shoirimiz E.Vohidov Usmon Nosir ijodiga shunday ta`rif bergan: "Kalbi keng, ko`ngli ochiq, to`g`ri so`z va jangovar shoir yigitni ko`p jihatdan Yeseninga o`xshash ko`raman". Usmon Nosir huddi ulkan rus shoiri kabi olovli, isyonkor qalb egasi, she`riyat ufqida nogohon balqigan yorug` yulduz edi. U ham yorug` dunyoni juda erta va bevaqt tark etdi. Yesenin kabi murakkab davr girdobida halok bo`ldi.
Usmon Nosirni olib ketishgach, undan uzoq vaqt hech qanday darak bo`lmadi, oila a`zolari undan xabar olish maqsadida kimga murojaat qilishni bilmay, boshlari qotgandi. Bir vaqtlar minglab she`riyat muxlisi tan olgan g`ark etgandek, guyo undan hamma birdan yuz o`chirgandek edi. Nihoyat, Usmon Nosir Toshkent qamoqxonalaridan birida ekanligi aniq bo`ladi. Bir kuni shoirdan qamoqxonadan xat chiqarishga imkon tug`iladi. Unda: "Singlim Rohatxon! Uyg`unnikiga borib, mening narsalarimi yig`ishtirib ol. Madamin, Davronnikida paltoyim bor.. Kerakli narsalarni to`plab, Ibrohim Nazirnikida etigim bor. Shularni olib kelib, menga kirgizib yubor, uzoqlarga ketadiganga o`xshayman", — deyilgan edi. Xatda aytilganlarga hammasi shoir buyurganlarini, berishadi, lekin Ibrohim Nazir: "Men "Xalq dushmani" singlisi bilan gaplashmayman", - deb etikni otib yuboradi. Kechagina do`stman, deb yurganlar shunday qilmishgacha yetib borgan bo`lsalar. Lekin shoirdan tonmagan tanishlari ham yo`q emas edi. 1944 yilning boshida eski tanishim toshkentlik jurnalist Farruh Ahmadiy kelib, qo`rqa-pisa Usmon Nosirdan kelgan xatni tutqazadi. Xatda: "Singlim Rohatxon, sening O`tkir Rashidga turmushga chiqqanini eshitib bag`oyat hursand bo`ldim. Sizlarga atab she`r ham yozdim. Turmushlaring yaxshi bo`lsin. Bu xatni olib borgan odamdan yomonlik kutmang, nahotki mening O`zbekistonda do`stlarim yo`q bo`lsa? Toshkent qamoqxonalarida umrbod yotishga ham roziman. Faqat, meni bu yerdan olib ketishmasin. Yozuvchilar uyushmasiga borib murojaat qilgin. Xatni o`qigach, uni yo`qotinglar".
Ming afsuslar bo`lsinkim, yozuvchilar uyushmasiga borib qilingan iltimosni ham bir chaqali foydasi bo`lmadi. Kora kunlar tushib, undan omon qaytishiga muyassar bo`lgan Tojixon Shodiyovaning xikoya qilib berishicha, shoir uzoq ayozli Magadanlarda bo`lganida oyog`ini sovuqqa oldirib qo`yibdi. So`ng uni Kemerovaga jo`natishibdi. So`ngi kunlarda shoir bedodlikka qarshi hatto ochlik ham e`lon qilgan. Og`ir xastalik bilan u qamoqxonada ko`z yumibdi.
Abdurauf Abdurahim o`g`li Fitrat, Cho`lpon singari XX asr o`zbek adabiyotining eng yirik namoyondalaridan biridir. Uning hayotiy yo`li va ijodiy faoliyati g`oyat murakkab bo`lishiga qaramay, bugun biz uni o`zbek xalqining madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan adib va alloma sifatida hurmat bilan tilga olamiz.
Fitrat 1886 yilda Buxoroda tavallud topdi. U eski maktabda xat-savodini chiqargan. Mir Arab madrasasida tahsil ko`rdi, o`zbek va tojik adabiyoti namunalarini sevib o`qidi. Diniy va dunyoviy adabiyot namunalarini berilib o`qidi, ong va bilimni oshirish choralarini axtardi. Jadidlar harakati o`lkada keng qanot yoyishini va tajribali rahbarlarga ega bo`lishi uchun ularni rahbarlar iste`dodli yoshlarni Turkiyaga o`qishga yuborishadi. Fitrat ham 1908 yilda Istambulga borib, 4 yil davomida ta`lim va tarbiya oladi. Uning ijodi shu yerda boshlanadi. Adibni dastlabki mashqlari-"Sayyohi hindi bayonoti" (1913) nasriy asari va "Sayxa" she`rlar to`plami (1910) Istambulda maydonga keldi. Ularda jadidona g`oyalar bilan sug`orilgan qarashlar o`z aksini topgan. 1913 yilni oxirida Fitrat Turkiyadan qaytib kelganda uning qarindosh - urug`lari hatto tanimay qolishgan. O`qishga mullavachcha qiyofasida, salla va chopon kiyib ketgan Abdurauf endi batamom yevropacha kiyinib qaytgan edi. Uni bunday holatda ko`rganlar orasida: "Esiz, shunday mullavachcha yigit to`rt yilda kofir bo`lib qolibdi", deb afsuslanganlar ham bo`libdi. Fitrat Turkiyadan ancha ilg`or qarashlar bilan qaytgan edi. Buni ustiga, 1916 yili milliy - ozodlik harakati, 1917 yilgi fevral inqilobi, oktabr to`ntarishi voqealari uning siyosiy - ijtimoiy ongining tez shakllanishga zamin hozirladi.
1923-1924 yillarda Moskvada Sharq tillari institutida tahsil oladi. Fitratni ijodiy va ijtimoiy faoliyatining uch davrga bo`lish mumkin. U birinchi davr: 1908-1918 yillarda «Yosh buxoroliklar» harakatini g`oyaviy programmasi bo`lib xizmat qilgan "Munozara", "Sayyohi hindi", "Rahbari najot", "Oila" kabi asarlarni yaratgan va jadid adabiyotini ko`zga ko`ringan arboblaridan biriga aylandi. 1918-1924 yillarni o`z ichiga olgan ikkinchi davrda, oktabr voqealariga o`z munosabatini bildirib bordi. Uchinchi davr: 1925-1937 yillarni o`z ichiga oldi.
Adib yaratgan asarlarini Buxoro amirligida kasb etgan ulkan ijtimoiy ahamiyati haqida S. Ayniy shunday yozgan edi: "Munozara" davr taraqqiyotiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatdi. Bir tomondan "Munozara" dushmanlarni uyg`otib yubordi... ikkinchi tomondan, "Munozara" olimlar va yoshlar qatlamini o`ziga jalb etdi va siyosiy fikrlarni uyg`onishiga yordam berdi.
Andijondagi qatli om qurbonlaridan biri "Xalq professori" degan faxriy nomga sazovor bo`lgan serqirra olim va shoir, bir qarashda ijtimoiy kurashga unchalik yaqin bo`lmagan doira vakili Husanxon Niyoziydir. Husanxon Niyoziyning qalamiga mansub maqolalar XX asr boshlaridagi davriy matbuot sahifalarida e`lon qilingan. Sovet tuzumi sharoitida ham u xalq maorifi uchun jon kuydirdi, mehnat qildi. Biroq, barcha millatparvar ziyolilarimiz qatori u ham mash`um qatag`on yillari qurboni bo`ldi. U 1956 yili KPSS XX s`yezdi qarorlariga binoan oqlandi.
Keyingi yillarda O`zbekistan mustakilikka erishganidan so`ng respublikamiz Prezidenti I. Karimov xalqimiz manfaatlaridan kelib chiqib, uni taraqqiy etgan xorijiy dunyo bilan mustaqil iqtisodiy, madaniy aloqalarini yo`lga qo`yish, buning uchun hatto chet ellarga eng talantli talaba va mehnat kishilarini o`qish va ish tajribalarini o`rganishga yuborish masalalarini qo`ydi.
Qadimda va XX asr boshlarida ham Turkiston xalqlari Rossiya, Volgabo`yi, Qrim, Kavkazorti, Kichik Osiyo, xorijiy Sharq, Misr, G`arbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalarda bo`lganlar. Bu aloqalar ayniqsa, XX asrning boshlarida katta ahamiyat kasb etdi. 30-yillarda qatag`on etilgan milliy ziyolilarimiz ham ayni chog`da xorijiy aloqalarni yaxshi yo`lga qo`yish, ko`proq talabalarni chet ellarda ta`lim olish uchun chiqarish tarafdorlari edilar. Biroq, davr siyosati bunga yo`l qo`ymadi. F. Xo`jayev, T. Risqulov, A. Rahimboyev, Fitrat singari davlat arboblari, olimlar, xorijda o`qib qaytgan A.Murodiy, S. Jabbor, S.Muhammad, F.Sherahmedov, R.Rasuliy singari agronom, genetik, tibbiy olimlar, jurnalistlar, pedagoglar assosiz ravishda nemis josuslari, u yerdagi allaqanday millatchilik tashkilotini a`zolari sifatida ayblanib, repressiya qurbonlari bo`ldilar.
Qatag`on davrini qonli qatag`onlari natijasida o`zbek xalqi o`zining ming - minglab dono, mustaqil fikrli, ko`zi ochiq, taffakuri tiniq, insoniy qadr - qimmatlarini bilgan kishilarni yo`qotdi. Natijada, xalqimizni kelajagi markazga bo`ysinuvchi kishilar qo`lida qolish bilan birga, bu holat sobiq imperiya «dohiy»lari uchun O`zbekistonni boshqarishda ancha qulayliklar tug`dirdi.




    1. Yüklə 68,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin