Savol:Qish fasli sizga nimasi bilan yoqadi? — Qishda tabiatda qanday o'zgarishlar bo'ladi?
Nega shoir qish fasli oq choyshabga o'ranadi degan?
— Qishda ko'chalarda odamlar qanday yurar ekanlar? — Bolalar qishda nima qiladilar?
O'qituvchi ana shunday savol-javoblar vositasida o'quvchilar bilan birga she'r mazmunini tahlil qiladi. O'quvchilar savolga javob bera olmasalar, she'rning o'sha joyini o'qishni buyuradi.
Lug'at ishi: shudgor — haydalgan yerlar;
Ayoz bobo — qish o'rnida ishlatilgan;
"Oq choyshabga o'ranib" — qishda qor yog'ib hamma yerga oq choyshab yopganga o'xshaydi;
piyma — kigiz etik.
IV. Darsni mustahkamlash: Maqol: • Qish g'amini yozda ye.
Topishmoqlar:
•Qishda terlab ishlaydi,
Boshqa mahal qishlaydi.(pechka)
• Tunukani chertadi,
Kesaklarni kertadi.
Biroz «sho'xlik» qilgach u Yerga singib ketadi. (qor)
Qish chog'i kapalaklar
Uchib yurar osmonda.
Qiziq, yo'qolib qolar
Asfaltga qo'ngan onda. (qorparcha)
Tez aytish: •Qishda kishmish pishmasmish,
Kishmish pishsa, qishmasmish.