Mavzu: Qish (T. Adashboyev). Sana: Darsning maqsadi: ta`limiy



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə2/3
tarix15.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#155945
1   2   3
1-sinf o\'qish ochiq dars ishlanmmasi

Tursunboy Adashboyev
Shudgor uzra uvullar
Ayoz bobo bo'roni.
Mehmon boldi qish fasli
Oq choyshabga o‘ranib.

Bundan buyon ko‘cha-ko‘yda


Piyma, etik g‘archillar.
Tinim bermas chanalarga
Shokir, Ra’no, Barchinlar.


Savol:Qish fasli sizga nimasi bilan yoqadi? — Qishda tabiatda qanday o'zgarishlar bo'ladi?

  • Nega shoir qish fasli oq choyshabga o'ranadi degan?

— Qishda ko'chalarda odamlar qanday yurar ekanlar? — Bolalar qishda nima qiladilar?
O'qituvchi ana shunday savol-javoblar vositasida o'quvchilar bilan birga she'r mazmunini tahlil qiladi. O'quvchilar savolga javob bera olmasalar, she'rning o'sha joyini o'qishni buyuradi.
Lug'at ishi:
shudgor haydalgan yerlar;
Ayoz bobo — qish o'rnida ishlatilgan;
"Oq choyshabga o'ranib" qishda qor yog'ib hamma yerga oq choyshab yopganga o'xshaydi;
piyma kigiz etik.
IV. Darsni mustahkamlash:
Maqol: • Qish g'amini yozda ye.
Topishmoqlar:

•Qishda terlab ishlaydi,


Boshqa mahal qishlaydi.(pechka)



• Tunukani chertadi,
Kesaklarni kertadi.
Biroz «sho'xlik» qilgach u Yerga singib ketadi. (qor)

Qish chog'i kapalaklar
Uchib yurar osmonda.
Qiziq, yo'qolib qolar
Asfaltga qo'ngan onda. (qorparcha)



Tez aytish: • Qishda kishmish pishmasmish,
Kishmish pishsa, qishmasmish.




q

i

sh




g’


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin