Mavzu: Qishloq xo‘jaligida bozor infratuzilmasining mohiyati, ahamiyati va tashkil etilishi. Reja


I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash



Yüklə 62,57 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü62,57 Kb.
#206760
1   2   3   4   5   6   7   8
Norqobilov

I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash.
Oziq-ovqat xavfsizligi keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga bog‘liq bo‘lib, mamlakat rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligining to‘rt tarkibiy qismlari (oziq-ovqatning mavjudligi, uni xarid qilish qobiliyati, undan foydalanish va uning barqarorligi) bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligining davlat siyosati ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Aholi sonining o‘sishi, er, suv va energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek, iqlimning keskin o‘zgarishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillardir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha bir qator choralar amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston dunyoda egallagan o‘rnini mustahkamlashga erishdi va bosqichma-bosqich global reytinglarda o‘z mavqeyini yaxshilab oldi. O‘zbekiston Respublikasi 2018-yilda Global ochlik indeksi bo‘yicha 119 mamlakat orasida 52-o‘rinni egallab, 12,1 ko‘rsatkich bilan “mo‘tadil” darajaga erishdi.
II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish.
Qo‘shilgan qiymat zanjirining rivojlanishi qishloq xo‘jaligi raqobatdoshligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Mahsulotlarni daladan yakuniy iste’molchigacha yetkazib berish, ya’ni yig‘ish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va sertifikatlash xarajatlarining yuqoriligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan olinadigan foydani kamaytiradi.
Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatining past darajada rivojlanganligi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini cheklamoqda.
III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish.
Fermerlar uchun resurslar yetkazib berish hamda mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishda davlatning bevosita ishtirok etishi sohaga xususiy investitsiyalar jalb qilinishini cheklab qo‘ymoqda.
Agrobiznes subyektlariga maslahat xizmatlari ko‘rsatish tizimining rivojlanmaganligi, biznesni boshqarish ko‘nikmalarining yetishmasligi, agrosanoat majmui va bank sohalarida kadrlar salohiyatining cheklanganligi xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘larini samarali o‘zlashtirilishini cheklamoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyot (GAEP), maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va boshqa standartlarga rioya etilishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish lozim.
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ajratilgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini subsidiyalash;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining strategik yo‘nalishlari va ehtiyojlariga mos kreditlash va sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish;
(III qismning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)

Yüklə 62,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin