Mavzu: Qishloq xo‘jaligida bozor infratuzilmasining mohiyati, ahamiyati va tashkil etilishi. Reja


-rasm. Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi



Yüklə 62,57 Kb.
səhifə7/8
tarix07.01.2024
ölçüsü62,57 Kb.
#206760
1   2   3   4   5   6   7   8
Norqobilov

3-rasm. Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi.
Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilma obyektlariga kommunal uy xo’jaliklari, tibbiyot muassasalari, ta’lim va maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, sport-sog’lomlashtirish tashkilotlari, o’quv markazlari, mehnat muhofazasi bo’yicha xizmat sohalari, aholiga transport hamda aloqa xizmati ko’rsatuvchilar va boshqa shu kabilar kiradi.

Ijtimoiy infratuzilma ishchilarning mehnat jarayonida samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan sohalar majmuidir. Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining madaniy-maishiy sharoitlarini yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari yakuniy mahsulot yaratishda bevosita ishtirok etmaydi, lekin ular ishlab chiqarish jarayonining normal davom etishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydilar. Bu o’rinda xalqimizning “Yaxshi dam - mehnatga hamdam” maqolini misol keltirish mumkin. Qishloq xo’jaligi mehnatkashlarining yashash sharoiti, madaniy dam olishi, ularga ko’rsatiladigan maishiy xizmatlar qanchalik yaxshi bo’lsa, ularning mehnat unumdorligi ham shunga yarasha bo’ladi.


Ijtimoiy infratuzilma bo’limlari nafaqat korxona ishchilari, balki ularning oila a’zolari kommunal-maishiy talablarini qondirish uchun ham shart-sharoitlarni yaratishda qatnashadi.
Mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llabquvvatlash uchun qilingan xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlar 1jadvalda keltirilgan.
1-jadval Mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llabquvvatlash uchun qilingan xarajatlar


2018

2019

mlrd. so’m


xarajatlarga nisbatan foizda


mlrd. so’m


xarajatlarga nisbatan foizda


Xarajatlar (maqsadli jamg’armalarsiz) - jami


79736,1

100,0

118008,6


148,0



shundan:








Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari


39026,9

48,9

63542,3

79,7



shundan:








ta’lim

20631,9

25,9

33536,1

28,4

sog’liqni saqlash

9585,9

12,0

14977,4

12,7

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.


Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari 2019yilda 2018-yilga nisbatan keskin oshgan. 2018-yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari jami xarajatlar tarkibida 48,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2019-yilda 79,7 foizni tashkil etgan.

Ijtimoiy infratuzilma qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlarini aks ettiradigan o’ziga xos jihatlarga ega. Ijtimoiy infratuzilma obyektlari qishloq xo’jaligi korxonalarining moliyaviy resurslari va tadbirkorlarning pul mablag’lari hisobiga yoki davlat investitsiyalarini qishloqlarda turar-joylar, bolalar bog’chalari, maktablar, poliklinikalar, aloqa tarmoqlari va boshqalar qurilishiga samarali sarflash orqali barpo etiladi. Qishloq joylardagi ijtimoiy infratuzilma sohalari nafaqat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band ishchilarga, balki qishloq xo’jaligi korxonasi hududida yashovchi aholining boshqa qismiga ham xizmat ko’rsatadi.


Ijtimoiy infratuzilma obyektlarining tashkil etilishi va maqsadga muvofiq ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo’jaligi korxonasining iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Xo’jaliklar ijtimoiy infratuzilma bo’limlarini shakllantirishga zarur moddiy-pul va mehnat resurslarini ajratadilar. Qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda xizmat ko’rsatish tarmoqlari asosan shahar va tuman markazlarida ko’proq joylashgan bo’lsa, endi uni shahar atrofidagi aholi punktlari, qishloqlarda tashkil etish zarurati ortmoqda. Xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanganlik darajasi mamlakatning taraqqiy etganligi, jamiyatning rivojlanganligi va aholining turmush farovonligini ko’rsatuvchi muhim mezondir.
Bozor infratuzilmasi subyektlari tarkibiga quyidagi tashkilot, idora va muassasalar kiradi:
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo’mitasi; birjalar va ularning tarkibida ish yuritadigan brokerlar, maklerlar va agentlar xizmatlari;
Savdo-tijorat markazlari, savdo uylari, savdo-sanoat palatalari, tashqi savdo firma va birlashmalari;
Ulgurji, chakana savdo va boshqa turdagi barcha savdo tashkilotlari;
Kim oshdi savdosi o’tkazuvchi idora va yarmarka;
Markaziy va tijorat banklari;
Lizing va injiniring bo’yicha muassasa va tashkilotlar;
Marketing maslahati va menejment markazlari;
Mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash muassasalari, markazlar;
Mehnat bandligi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar;
Tijorat va ilmiy-texnika axborotlari markazlari;
Reklama byurolari;
Sug’urta xizmatini ko’rsatuvchi muassasalari;
Soliq tizimi idoralari va inspeksiyalari;
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari va shunga o’xshash barcha xo’jalik yuritish subyektlari va jismoniy shaxslar o’rtasida sodir bo’ladigan bozor munosabatlarini tashkil etuvchi va muvofiqlashtiruvchi muassasalar hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasining ham o’rni beqiyosdir. Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasining bir subyekti bo’lgan lizing kompaniyalari tarmoqni yuqori samarali zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligiga yetkazib berilayotgan traktorlar va o’rim-yig’im texnikasi sonini oshirish hamda ular uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo’jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 424-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga asosan “O’zqishloqxo’jalikmashlizing” kompaniyasi tashkil etildi va uning tuzilmasi tasdiqlandi. Bundan tashqari “O’zqishloqxo’jalikmashxolding” kompaniyasi zavodlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi mashinalarini (birinchi navbatda traktorlar va o’rim-yig’im texnikasini) mashina-traktor parklariga va fermer xo’jaliklariga lizingga berishning tashkiliy, iqtisodiy hamda texnikaviy mexanizmlari belgilab qo’yildi. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda lizing imkoniyatlaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yüklə 62,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin