Mavzu: Qo‘g‘irchoq teatrining paydo b



Yüklə 495,82 Kb.
səhifə2/4
tarix01.07.2023
ölçüsü495,82 Kb.
#135587
1   2   3   4
Mavzu Qo‘g‘irchoq teatrining paydo b

Fonus xayol teatri qadimdan mavjud bo‘lib, ayniqsa, XI asrda Yava va Xitoy davlatlarida keng tarqalgan. Xitoy Fonus xayol teatrida qo‘g‘irchoqlar qo‘tos, eshak, qo‘ylarning terisidan qilingan. Ular har xil rangga bo‘yalgan. Masalan, qo‘g‘irchoqning yuzi oq bo‘lsa- u ayyor, qizil bo‘lsa-dono, qora bo‘lsa - saxiy degan ma’nolarni anglatgan. Agarda qo‘g‘irchoqning qo‘lida qamchi bo‘lsa, u otda; eshkak bo‘lsa, qayiqda ketayotganini bildirgan.
Xitoyda hozirgi kunda ham bunday teatr mavjud bo’lib, u Impuri deb ataladi. Bunday teatr Yavada ham bor bo’lib, uning nomi Vayan-purodir. Uning syujetida asosan qadimgi afsonalar yotadi. Qo’g’irchoqlar asosan hayvonlar terisidan tayyorlanib, tayoqchalarga mahkamlab qo’yiladi. Ular badiiy so’z ustasining hikoyasi yoki qo’shiq jo’rligida harakat qilishadi.
Bunday teatr Turkiyada ham keng tarqalgan bo’lib, ularda Qaraiz deb atalgan. Tomoshalar odatda qahvaxonalarda ko’rsatiladi. Qo’g’irchoqlar yaxshi oshlangan teridan yasalib, asosan qizil va ko’k rangga bo’yalgan ekan. Fonus xayol teatri Turkiyadan avval Italiyaga, so’ngra Angliya, Fransiya, Germaniyaga tarqalgan. XVIII asrning ikkinchi yarmi Fonus xayol teatrining yevropada eng gullagan davri bo’lgan. 1775 yilda Londonda tashkil etilgan Ambruz teatri butun yevropada gastrolda bo‘lgan. Rassom Anri-River rahbarlik qilgan Shapuor (Qora mushuk) teatri Parij va chet el mamlakatlari o’rtasida katta muvaffaqiyat qozongan.
Chodir jamol” da ijtimoiy va maishiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar satira va yumor vositalari bilan aks ettirilgan. Voqealar markazida Kachal polvon obrazi turgan. Kachal polvon mehnatkash xalq vakilidir. U jasur va bahodir. U hatto dev, shayton va ajdardan qo‘rqmaydi. Shunisi qiziqki Kachal polvonning tashqi qiyofasi ham‚ harakteri ham osiyo va yevropadagi shu tipdagi qahramonlarga o‘xshab ketadi. “Chodir jamol” teatrida sahnagalar safar bir juft qog’irchoq chiqib bir ko‘rinishli mitti pesa hosil qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra‚ 40ta qo‘g‘irchoq ishtirokida o‘yinlar namoyish qilingan. Demak‚ yigirmata sahna bo‘lgan, deb taxmin qilish mumkin. Ularda korfarmon nomidagi usta va tajribali qo’g’irchoqboz, ya’ni guruh boshlig’i tomoshabinlarga ko’ringan holda qo’g’irchoq qahramonlar bilan savol-javob qilib, gapini izohlab‚ shu yo’l bilan tomoshani boshqargan.2
“Qo‘l qo‘g‘irchoq” teatrida bir tomoshada ko‘pi bilan o‘n qo‘g‘irchoq ishtirok etgan bo‘lsa, “Chodir xayol” da bir yo‘la ellikdan ortiq qo‘g‘irchoq o‘ynagan. O‘zbek an‘anaviy qo‘g‘irchoq teatr turi. Odatda, qo‘g‘irchoqlarning boshi, iyagi, kindigi, tirsagi, bilagi, tizzasi, to‘pig‘i, iplar bilan bog‘lanib, bir uchi dastcho‘pga ulanadi. Parda ortida turgan qo‘g‘irchoqboz dastcho‘pdan ushlab qo‘g‘ichoqni sahnaga olib chiqadi va iplarni tortish orqali ularni harakatga keltiradi. Sayilgoh, ko‘cha yoki hovlida orti tabiy to‘sinli joy tanlanib, uzunligi 5-6 metr, bo‘yi 2-2,5 metr keladigan rangdor yoki hovlida yo‘l-yo‘l chitdan parda tutiladi. Uning o‘rtasi kesilgan bo‘ladi. Chodir deb atalgan bu joyning ortida uzunligi 3-3,5 metr, bo‘yi 20-25 sm keladigan ichki qora chodir bo‘lib, uning ham pastki tomoni 180 sm uzunlikda va 70-75 am balandlikda kesiladi va o‘yin joyi hosil qilinadi. Ichki chodir, ustun, bolor, tirgovuchlardan iborat moslama bilan tiklanib turadi. Yarim metrgacha ichkarida qora orqa parda bo‘ladi. Tomoshalar, odatda, kechqurun ko‘rsatilib, 50 tagacha qo‘g‘irchoq o‘ynatilgan. Chodir xayol O‘zbekiston hududida taxminan VI asrda maydonga kelgan. XIV asrning ikkinchi yarmidan boshigacha keng taraqqiy etgan. Dastlab xalq afsonalari, mifologik syujetlar yoritilgan bo‘lsa, XVII-XIX asrlarda unda satirik bo‘yoqlar bilan saroy hayoti, bozor manzaralari aks etgan. O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq teatri shu tariqa taraqqiy etib keldi.
O‘zbekistonda 1937-yillarda xalq qo‘g‘irchoqbozi Po‘latjon Doniyorov rahbarligida kichik truppa tashkil etildi. Po‘latjon Doniyorovning qo‘g‘irchoq teatri 1939-yil noyabr oyida rasman faoliyat yurita boshladi.3 Davlat qoʻgʻirchoq teatriga asos solgan Po‘latjon Doniyorov, S.A. Urazova, Ye.G.Podgurskayalar oʻzbek xalq qoʻgʻirchoq teatri anʼanalari va rus qoʻgʻirchoq teatri tajribalariga suyanganlar. Jamoa oʻz ishini bolalar teatri sifatida boshlagan boʻlsada, Ikkinchi jahon urushi davrida katta yoshdagi tomoshabinlarga ham xizmat qilgan.
Qo‘g‘irchoqlar bolalarni ovunchog‘i-o‘yinchog‘i hamdir. Har bir xalqning qadimiy milliy qo‘g‘irchoqlari mavjud bo‘lgan, masalan:
- O‘zbekistonda o‘zbeklarning milliy qo‘g‘irchog‘i Kachalpolvon va Bichixon bo‘lgan. Kachalpolvon shox, tili o‘tkir, hamma vaqt zolimlarga, riyokorlarga, shaytonu alvastilarga, keskin salbiy munosabatda bo‘lgan. Kachalpolvon va Bichixon (er-xotin) xushchaqchaq, halol, mehnatsevar, hazilkash bo‘lib xalqqa xursandchilik ulashgan. Kachalpolvon tabiatan Nasriddin afandiga o‘xshagan. Teatr qo‘g‘irchog‘ining kelib chiqishiga oid birinchi tadqiqotlar XIX asrlardanoq ma’lum bo‘lgan. 1842-yili fransuz yozuvchisi Sh.Node qo‘g‘irchoq teatrining kelib chiqishini insonning “bolalik” pallasiga bog‘liqligi g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi. Unga ko‘ra birinchi bo‘lib qo‘g‘irchoqni “birinchi qiz bola” o‘zining tabiiy onalik instinkti tufayli kashf etilishi bo‘lib chiqdi. Qo‘g‘irchoqlarning paydo bo‘lishiga yana bir qarash bor edi. Fransuz arxeologining fikricha qo‘g‘irchoq johiliyat davri odamlari “xudo”larini jonlantirish, ularni harakatga keltirishga intilishidan kelib chiqqan degan har ikki gipoteza juda ko‘p bahs-munozara va tortishuvlarga sabab bo‘lgan. XX asrda madaniyatshunoslik fanining rivojlanishi olimlarning izlanishlari natijalari va xulosalarini birlashtirib bir to‘xtamga kelishib, aniqlik kiritadi. Qo‘g‘irchoq teatrining ham kelib chiqishi xalqchil urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar bilan bog‘liqligini asoslaydi. Qadimiy urf-odatlar, ibtidoiy tafakkur, mifologiyaning ildizlari o‘rganilishi, qo‘g‘irchoqlarning sirtdan “o‘yinchoq” sifatida ko‘rishga qaramay, aslida insonning narigi dunyo haqidagi tasavvurlari bilan bog‘liq (xronik) mavjudot degan xulosa qaror topadi. Barcha xalqlar (osiyoliklar, afrikaliklar, qadimiy yevropaliklar, avstraliyaliklar, Shimoliy Amerika hindulari, slavyanlar va boshqalar)da qo‘g‘irchoqlar aslan marhumlar va ruhlar dunyosiga mansub bo‘lganlar. Ularda odamlarning o‘tib ketgan ajdodlarga munosabati aks etgan, qo‘g‘irchoqlar tiriklarga mansub bo‘lmagan ishlarni qilishga haqli hisoblanganlar.
Hozirda bolalar o‘yinchoqlariga Zumrad, Mashhura, Ra’no kabi ismlarni qo‘yib olishadi;
- rus xalqi milliy qo‘g‘irchog‘ining nomi Matryoshka bo‘lgan. Matryoshka o‘yinchog‘i butun dunyoga mashhur bo‘lib, u rus xalqining milliy ramzi sanaladi. Rossiyaga kelgan chet elliklar estalik sifatida Matryoshka qo‘g‘irchoqlarini xarid qilishib o‘zlari bilan olib ketishadi.. Matryoshka qo‘g‘irchoqlari yog‘ochdan, bir-birini ichiga joylashadigan qilib yasaladi. Matryoshka o‘yinchog‘i XIX asrda ko‘p miqdorda yasaladigan bo‘ldi. Matryoshka qo‘g‘irchoqlari asosan 3tadan 20tagacha bir komlekt qilib yasalgan. Bugungi kunga kelib Matryoshka qo‘g‘irchoqlarining eng ko‘pi o‘zida mujassamlashtirgan 72tagacha qo‘g‘irchoqlarni birlashtira oladigan matryoshkaga ega. Hozirgi vaqtda siyosatchilar aktiyorlar va multifilm qahramonlari suratlari tushirilgan qo‘g‘irchoqlarni ham xarid qilish mumkin.
R ossiya xalq qo‘g‘irchoq teatrining asosiy bosh qahramoni Petrushka bo‘lgan. U asosan kulgili xarakterda qizil ko‘ylakda, keng shimda, cho‘tka bilan ishora qilingan qopqoqda tasvirlangan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyada paydo bo'lgan bu qo'g'irchoqning kelib chiqishi ishonchli tarzda aniqlanmagan bo'lsa-da, Rossiyada petrushka XVII asrdan beri ma'lum bo'lgan. Rus qo'g'irchoqlari qo'g'irchoqlar (qo'g'irchoqlar teatri) XIX asrga qadar petrushka, asrning oxiriga kelib, Petrushka ko'rinishi rus emas: u mubolag'a katta qo'llari va boshi, gipertrofiyalangan yuz xususiyatlari bor, u (yog'ochdan kesilgan) o'ziga xos o'simlik suyuqligi bilan ishlov beriladi, bu esa quyuqroq ko'rinadi; katta bodom shaklidagi ko'zlar va katta burun burun, mutlaqo oq ko'zlar va qorong'u Kamalak, Shuning uchun petrushka ko'zlari qora ko'rinadi. Uning qo'lida to'rt barmoq bor. Teatr qo'g'irchoqlari bo'lishiga qaramasdan, qo'g'irchoqlar va iplar bilan boshqariladi. 4
- Ichimatsu yapon xalqinining qadimiy milliy qo‘g‘irchog‘i hisoblanadi. Yaponiya xalqi azal-azaldan shu ichimatsu nomli qo‘g‘irchog‘ini bir-birlariga sovg‘a tariqasida berishni xush ko‘rishar ekan. Yaponiyaliklar ichimatsu qo‘g‘irchog‘iga o‘yinchoq emas, san’at asari sifatida qarab kelisharkan va uylarini bezatish uchun ham foydalanar ekanlar. Avvallari Ichimatsu qo‘g‘irchog‘i qizlarga hadiya qilingan bo‘lib, qizlar bu o‘yinchoqdan kimanoni chiroyli kiyishni o‘rganishar, sochlarini turmaklashni, yuzlariga oro berishni, yurishini yaxshilashni o‘rganishgan ekan. Umuman olganda qizlar kiyinish, yurish-turish madaniyatini estetik tarbiyani Ichimatsu qo‘g‘irchog‘idan o‘rganishga harakat qilisharkan. Shu sababli Ichimatsu qo‘g‘irchog‘i – yapon qizlarining ideali bo‘lib xizmat qilgan. Yaponiya bayramlari va to‘ylarida yapon qizlarining tashqi ko‘rinishi – imidji Ichimatsu qo‘g‘irchog‘idek chiroyli ko‘rinishda bo‘lgan.
-Motanka Ukrainada eng mashhur milliy qo‘g‘irchog‘i hisoblangan. Bu qo‘g‘irchoq qo‘lda yasalgan bo‘lib, odamlar ushbu qo‘g‘irchoqni turli baxtsizliklardan asrashiga ishonishganlar. Hozirgi vaqtda esa motanka qo‘g‘irchog‘i chiroyli bezak sifatida foydalaniladi. Motanka qo‘g‘irchog‘ining boshqa milliy qo‘g‘irchoqlardan farqi yuz qismi bo‘lmasada tashqi qiyofasi juda chiroyli qomat, uzun sochlar hamda bejirim milliy libosga ega.
S hvetsiyada Tilda qo‘g‘irchoqlari mashhur sanaladi. Tilda qo‘g‘irchoqlari mato va mato qoldiqlaridan uy sharoitida qo‘lda tayyorlangan. Tilda shved dizayneri Toni Finnanger tomonidan yaratilgan. Tonim xonimning Tilda qo‘g‘irchoqlari butun dunyoga mashhur bo‘lib ommalashib ketgan. Bu o‘yinchoqlar qo‘l mehnatiga asoslanib tikilganligi, bezatilganligi, tabiiylikka yaqinligi va go‘zalligi uchun ham mashhurlikka erishgan. Tilda qo‘g‘irchoqlari zamirida xushbichim qizlar tasvirlangan bolib, ular estetik did va farosatni shakllantirgan.
- Italiyada Pulchinella sevimli qo‘g‘irchoq hisoblanadi. Pulcinella juda xushchaqchaq va kulgili bo‘lgan.
- fransuzlarniki Polishinel qiziqchi, jiddiy bo‘lmagan, boshida katta qoziqlar, yog‘ochdan yasalgan kulgili qilib tasvirlashgan. Ko‘zlari katta va pushti yonoqlari bor. Qo‘g‘irchoqning kayfiyati uning boshini o‘girishiga bog'liq. Polishinel 1650 yillarda yashab o‘tgan fransuz va italiya xalq qo‘g‘irchoq teatrining asosiy personaji bo‘lgan. XVI asrning oxirida xalq orasida mashhur bo'lib, qo'g'irchoq teatrining sevimli qahramonlaridan biriga aylandi.
‒ Angliya qo‘g‘irchog‘ining nomi mister Panch va uning partniyori Judi bo‘lgan. Punch va Judi XVII asrda Italiyada paydo bo'lgan an'anaviy ko'cha qo'g'irchoq teatri bo'lib, keyinchalik o'sha asrning oxirida Buyuk Britaniyada paydo bo'lgan. Teatrning Markaziy belgilar Punch (Pulcinella) va uning xotini Judi. Ushbu teatrning chiqishlari odatda uch daqiqadan oshmasligi kerak bo'lgan qisqa sahnalardir.
- nemis xalqining sevimli qo‘g‘irchog‘ining nomi – Kasperle bo‘lgan. U marionetka qo‘g‘irchoq teatrining bosh qahramoni bo‘lib XVIII asr oxirida ko‘plab tomoshalarda xalqni kuldirib, zavqlantirib sahna tomoshalari ko‘rsatgan. Nemis milliy folklor va qo'g'irchoq teatrining kulgili xarakteri. Odatda, bu qo'lidagi qo'g'irchoqni kiyib olgan, qo'pol hazil bilan ijro etilgan va sodda belgi, xatti-harakati bilan ajralib turadigan "ijro". Kasperlning obrazi uning oldingi shaxslari - boshqalar qatorida-Vena xalq sahnasidan Gansvurstga ega ekanligiga ishoniladi. Nemis tilida so'zlashadigan hududlarda Kasperl qo'g'irchoq teatri XVIII asr oxiridan beri ma'lum. Kasper va uning do'stlari ko'pincha bolalarga do'stlik, ehtiyotkorlik, adolat, ixtiro, qat'iyatlilik va yaxshi xulqli hazilning muhim qadriyatlarini o'rgatadi. Bolalarning reaktsiyalari ko'pincha rag'batlantiriladi va o'yin jarayoniga kiritadi. Kasperning yaxshi do'sti va ba'zan uning xotini. U aqlli, amaliy va foydali. U tez-tez Kasperga yordam beradi. U juda ko'p ijobiy fazilatlarga ega.
Seppel Kasperning yana bir yaxshi do'sti. U muloyim, ba'zan aqlli va kuchli. U hech qachon yaxshi ovqatdan bosh tortmaydi. U tez-tez Kasperni xavfli sarguzashtlar haqida ogohlantiradi va osongina qo'rqitadi
Politsiyachi jamiyatning kuchi va qonunlarini ifodalaydi. U yaxshi do'st va biznesni rivojlantirishga yordam beradi. Politsiya ko'pincha maslahat uchun murojaat qiladi. Kasperning hazillariga e'tibor bermasligi mumkin bo'lsa-da, u Kasperga qattiq qaraydi yoki jamiyatdagi qoidalarning qiymatini mustahkamlashini ogohlantiradi. O'g'ri chirigan, hiyla-nayrang, iflos, yolg'onchi va qo'shimcha ravishda dangasa! U juda kuchli, lekin xayriyatki, juda aqlli emas. Shuning uchun u har doim qo'lga olinadi va jazolanadi.
Yovuz, o'jar, osonlik bilan bezovtalanadigan va hiyla-nayrang bo'lishdan tashqari, Jodugar sehrlarni o'qiy oladi va ko'pincha boshqa yovuzlarni birlashtiradi.
Sehrgar kuchli, dono va foydalidir. U o'z kuchini faqat yaxshi uchun ishlatadi. Biroq, u o'zini juda jiddiy qabul qilishga moyil va Kasper o'z mablag'lari bilan qiziqqanida, u tez-tez so'raydi: "men kimligini bilmaymanmi?" Sehrgarning shafqatsiz ko'rinishi ko'pincha qahqaha manbai bo'lib qoladi.
Qo‘g‘irchoqlar teatri bolalarni eng birinchi navbatda xursand qiladi, zavqlantiradi, quvontiradi, o‘ynatadi, ovutadi, ruhiyatini ko‘taradi.
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati avvalo, maktabgacha yoshdagi bolalarni san’atni sevishga, voqealardan estetik zavq olishni, milliy urf-odatlarimizni, an’analarimiz va qadriyatlarimizni sindirishni, vatanimiz barchamizniki ekanligini uqtirib tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-olam haqidagi bilimlarni boyitadi va odob-axloq normalariga amal qilishni o‘rgatib boradi. Bolalar tomoshalarni shunchaki ko‘ribgina qolmay xulosa chiqarib, tafakkur, tasavvur doirasi kengayadi, voqealar yuzasidan fikr-mulohazalar yuritib idrok etib boradi. Qo‘g‘irchoq o‘yin tomoshalari bolalarni olam haqidagi bilimlarini shakllantiradi. Turli ruhiy salbiy holatlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ya’ni artterapiya vazifasini bajaradi.
Bugungi kunda bolalar sevimli qo‘g‘irchoq-o‘yinchoqlarini qo‘llaridan qo‘ymasdan o‘ynashadi. Ulardan ertak to‘qib sahnalashtirishadi. Ularning bu ishlarini tizimli yo‘naltirish zarurati tug‘iladi. Shu bois, tarbiyachilar bolalarni qo‘g‘irchoqlari bilan va o‘zlarini qahramonlar qiyofasida sahnalashtirib, televizion ko‘rsatuvlar tashkil etilsa, ko‘p sonli bolalarda ham sahna faoliyatiga qiziqish uyg‘onadi. Boshqa bolalarda ham rol ijro etish istagi paydo bo‘ladi. Bu istak sahna faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada orttiradi. Sahna faoliyati esa bolalarni har tomonlama jismoniy, ma’naviy, aqliy-axloqiy, ruhiy, estetik, ijtimoiy-madaniy jihatdan rivojlantiradi. Ertak, masal, hikoya, afsona va rivoyatlarni sahnalashtirish bolalar ongi-shuurida insoniy qadriyatlarni singdirishga yordam beradi. Albatta, bolajonlarni rag‘batlantirib borish, ularning ijodi samaradorligini oshiradi.

Yüklə 495,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin