Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish Reja; I bob. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi va tanasiga kirish yo’llari



Yüklə 190,78 Kb.
səhifə10/13
tarix20.06.2023
ölçüsü190,78 Kb.
#133321
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish Reja

c) Qon preparatlarini bo’yash. Surtmalar va tomchilarni bo’yash uchun
Romanovskiy–Gimza bo’yog’ini kommersiya suyuqligining 3-5% suvli eritmasi ishlatiladi. Bo’yoq eozin (pushti rangli) va metilen ko’kining aralashmasidir. Azur miqdori tufayli bo’yoqlarining turli seriyalari o’zaro bir xil emas. Shuning uchun yangi olingan bo’yoq bilan qon preparatlarini bo’yashdan oldin ularda azur miqdorini tekshirib ko’rish kerak.
Azur miqdorini tekshirishning 2 ta asosiy usuli bor: 1) eng oddiy usul –
surtma va qalin tomchilarni (parazitlar bo’lishi shart emas) sinama yo’li bilan
bo’yab ko’rish. Yaxshi bo’yalgan preparatlarda azurofil substansiyalar –
trombositlar, leykositlar yadrolari, bezgak parazitlari yadrolari, zararlangan
eritrositlar donadorligi – qizil olcha rangiga bo’yaladi; 2) azur miqdorining borligi
xloroform yoki efir yordamida tekshiriladi. Kimyoviy probirkaga tekshirilayotgan
bo’yoqning 3-5% ishchi eritmasidan 7-9 ml quyiladi. Ushbu probirkaga 2-3 ml
xloroform qo’shiladi (u probirkaning tubiga cho’kadi) yoki efir qo’shiladi (u
bo’yoq eritmasi yuzasida qoladi). Xlorofm yoki efirni bo’yoq eritmasi bilan yetarli
darajadi aralashtirish maqsadida probirka silkitiladi. Efir va xlorofm azurni
chiqarib yuboradi va qizil olcha rangiga bo’yaladi. Bo’yalish darajasiga qarab,
bo’yoq tarkibida azurning mavjudligi va tekshilayotgan eritmada uning taxminiy
miqdori haqida so’z yuritish mumkin. Kichik miqdori azurga ega bo’lgan bo’yoq
xloroform yoki efirni och suyoh-pushti rangga bo’yaydi, agar bo’yoqda azur yo’q
bo’lsa, efir yoki xloroformning rangi o’zgarmaydi. Bunday bo’yoqdan foydalanish
mumkin emas. Azur miqdori kam bo’lgan bo’yoqni Manson bo’yog’ini
qo’shgandan keyin ishlatish mumkin.
Mason bo’yog’i 1,5 g metilen ko’ki, 2,5 g bura, 100 ml distillangan suv
aralashmasidan iboratdir. Tayyorngan bo’yoq 18-200 S haroratida 12-14 kun
davomida va 370 S haroratida esa 3 kun davomida termostatda tayyor bo’ladi.
600 C li suv xammomida bo’yoq 1 soat davomida tayyor bo’ladi. Bo’yoq
xona haroratida shkafda po’kak bilan zch yopilgan holda ishlatilib bo’lguncha
shisha idishda salanadi. Romanovskiy–Gimza: bo’yog’ining suvli ishchi eritmasiga
Manson bo’g’ini 10 mlga 1 -2 tomchi hisobida qo’shish kerak. Romanovskiy–
Gimza bo’yog’ining ishchi eritmasini tayyorlash uchun uning 3-5 ml birlamchi
eritmasiga 100 ml gacha bufer suvidan quyiladi. Bu suv neytral (pH 7,0-7,2)
reaksiyaga ega bo’lishi kerak. Suvning reaksiya haqidagi taxminiy tasavvurni
qonning surtmalari va qalintomchilarini sinab ko’rish uchun bo’yalgandan
keyingina olish mumkin. Keyin bo’yalgan suv aralashtilgan neytral yoki unga
yaqin reaksiyaga ega bo’lgan surtmalar va qalin tomchilar och binafsha oangiga
o’tadilar. Bezgak parazitlarining yadrolari, trombositlar, eritrositlar donadorligi
bunday preparatlarda aniq ko’rinadilar. Agar preparatlar bo’yalgandan keyin
ko’zga tashlanadigan pushti rangni, olsa, demak, bo’yoqni suyultirish uchun
ishlatilgan suv nordon reaksiyaga ega bo’lgan. Bunday preparatda qonning
shakldor elementlari yomon ko’rinadi, bezgak parazitlari yadrolari och pushti
rangda bo’ladi yoki umuman ko’rinmaydi, zararlangan eritrositlarning donadorligi
umuman aniqlanmaydi. Agar pH 7,2 dan yuqori bo’lsa, surtma kul rang ko’kish
yoki havo rangga ega bo’ladi. Parazitlar yadrolari to’q havo rangga bo’yaladi va
sitoplazmadan kam farqlanadigan bo’lib qoladilar.
Qonning preparatlarini sinab ko’rish uchun bo’yashdan tashqari, suv
reaksiyasi haqida taxminiy tasavvur olish uchun gematoksilindan foydalanish
mumkin. Kimyoviy probirkaga tekshirilayotgan suv quyiladi va unga
gematoksilinning 10% spirtli eritmasidan 3–4 tomchi yoki quruq gematoksilinning
ozgina kristallari qo’shiladi. Neytral yoki unga yaqin reaksiyaga ega bo’lgan suv
gematoksilin qo’shilgandan keyin sarg’ayadi, ya’ni gematoksilin rangini oladi.
Ishqorli suv (pH 7,2 dan yuqori) qizg’ish suyoh rangga aylanadi. Suvning
reaksiyasi haqida aniq tasavvurni indikator qog’ozchalari, ya’ni pH – metrlar
yordamida ham olish mumkin.
Suvning reaksiyasi to’g’ri kelmasa, uni o’zgartirish mumkin, buning uchun
nordon suvga ishqorning 1% li eritmasi yoki ishqori suvga kislotaning 1% li
eritmasi tomchilab qo’shiladi. Bu usul har doim ham standart natijani
beravermaydi. Preparatlarni bo’yashning turg’un natijalarini bo’yoqni
suyultirishda (ishchi eritma olishda) bufer suvidan foydalanib erishish mumkin.
Uni tayyorlash uchun fosfat tuzlarining 2 ta asosiy eritmalari kerak bo’ladi:
1) Suvsiz Na2 HPO4 ning 9,5 g 1 l distillangan suvga yoki Na2HPO4
kristallining 23,7 g 1 l distillangan suvga qo’shiladi;
2) KH2 PO4 ning 9,07 g 1 l distillangan suvga qo’shiladi.
Tayyorlangan eritmalar alohida saqlanadi. Ishlatilishga qarab, ular kerakli
pH holatiga ega bufer suvni tayyorlashda ishlatiladi (binobarin, suvning pH
qiymatini har qanday sharoitda ham tekshirish kerak bo’ladi).
pH 7,0 bo’lgan 1 l bufer suvini tayyorlash uchun darajalangan silindrga
Na2HPO4 ning 63 ml eritmasini quyish kerak, keyin KH2PO4 ning 37 ml eritmasi
va 900 ml distillangan suv quyiladi.(2.1.-jadval)


Fosfat tuzlari, bufer suvi po’kak bilan zich yopilgan shisha idishda maishiy
sovutgichda saqlanadi. Qon preparatlarini bo’yashni oynachalarni vertikal
joylashtiruvchi maxsus kyuvetlarda o’tkazish maqsadga muvofikdir. Konteyner
bo’lmaganda preparatlarni oynachalarga bo’yoqni quyish yo’li bilan bo’yash
mumkin, bunda oynachalar maxsus ko’prikchalarda (2 ta shisha tayyoqchalarda,
ularning tomonlari rezina naychalar bilan juft qilib biriktirilgan), lekin natijalar
bunday usulda yomonroq olinadi. Bo’yash jarayonida oqib tushadigan cho’kma,
birinchi holda, asosan konteyner tubiga, ikkinchi holda esa, preparat ustiga
yig’iladi va uni ishdan chiqaradi. Bundan tashqari, ko’prikchalar yordamida
bo’yash oqibatida cho’kmaning oqib tushishi bo’yoqning ko’p bo’lmagan
miqdorining qattiq bug’lanishi hisobiga tezlashadi. Standart konteyner o’ziga 20 ta
oynachani joylashtiradi. Qalin tomchilar 15-30 daqiqa bo’yaladi, surtmalar esa 40-
45 daqiqa. Bo’yashning muddatini bo’yoqning har bir yangi seriyasi uchun
eksperimental ravishda normal qon preparatlari bo’yicha tanlash kerak.
Bo’yash tugatilgach, preparatlar yaxshilab yuviladi. Konteyner suvning
kichik oqimida yuviladi. Konteynerdan bo’yalmagan suv oqib chiqqachgina, suv
qoldiqlari to’kiladi, preparatlar yana yuviladi. Avval bo’yoqni o’zi to’kilib, keyin
suv bilan yuvish tavsiya etilmaydi, chunki bunda bo’yash yuzasid hosil bo’lgan
qatlam preparatlarga tushib ketishi mumkin va diagnostik xatoga olib kelishi
mumkin. Yuvish vaqtida suv oqimi qalin tomchi ustiga yo’naltirmaydi, chunki u
oynachadan ko’chib ketishi mumkin. Oynachalarni quritish uchun tagliklarga
qo’yiladi, bunda tomchi oynachaning pastki yuzasida joylashishi kerak.
Qon preparatlarini sifatli bo’yashni ta’minlash uchun Romanovskiy – Gimza
bo’yog’ini to’g’ri saqlash va ishlatish lozim. Bo’yoqning asosiy eritmasi
ishlatilmagan vaqtda bo’yoq solingan flakon mahkam qilib po’kak bilan yopilishi
kerak, bu erituvchi bug’lanib ketishini va bo’yoqning oksidlanishini oldini oladi,
bunan tashqari uni uzoqroq vaqt davomida saqlashga yordam beradi. Bo’yoq
qoramtir shishadan ishlangan flakonda quruq, salqin va quyosh nurlari to’g’ridan
to’g’ri tushmaydigan joyda saqlanishi kerak.

Yüklə 190,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin