Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish Reja; I bob. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi va tanasiga kirish yo’llari



Yüklə 190,78 Kb.
səhifə12/13
tarix20.06.2023
ölçüsü190,78 Kb.
#133321
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish Reja

Amyobiazni aniqlash usullari
Amyobiaz kasalligida laborator tekshiruvda bemor najasidan bir tomchi olib
buyum oynasiga qo`yiladi, ustidan yopqich oyna bostiriladi va bo’yalmagan holda
mikroskop ostida ko’riladi. Agar tekshiriluvchi materialda amyoba topilsa, uni
haqiqatdan E.histolytica ekanligini tasdiqlash lozim. Buning uchun topilgan
amyobani saprofit E.coli bilan solishtirib ko’riladi. Mikroskop ostida sistalar va
glikogen donachalarini aniqlash kerak bo’lsa u holda najasga kuchli Lyugol
eritmasi qo’shib tekshiriladi. Patogen amyobalarni shikastlangan to’qimalardan
kesmalar tayyorlab ularni metilen ko’ki, safronin, gematoksilen, eozin, bo’yab
gistologik usullar yordamada topish mumkin.
Amyobani ko’paytirish uchun turli murakkab oziq muxitlar taklif etilgan.
Hozir uni Pavlov muxitida 34 haroratda ko’paytiriladi. Oziq muxit avval 500 ml
distirlangan suvga 4,25 g NaCl, 0,3g Na2HPO4, 0,5 KH2PO4 qo’shib eritma
tayyorlanadi. Bu eritmani 9,5 ml dan probirkalarga quyiladi va uning har biriga 0,5
ml dan ot zardobi va 1 qovuzlokdan kraxmal qo’shiladi. Amyoba hujayra
kulturalarida ham yaxshi ko’payadi.[46]


Xulosa
Ichburug’ amyobasi – Entamoeba histolytica odamning yo’g’on ichagida
ikki xil vegetativ shaklda bo’ladi:
a) yirik vegetativ shakli – Ent. histolytica forma magna
b) kichik vegetativ shakli - Ent. histolytica forma minuta.
Ushbu shakllar odam organizmining fiziologik holatiga qarab o’zaro bir
shakldan ikkinchi shaklga o’tib turadi. Ichak bo’shlig’ida, shuningdek sistalari ham
uchraydi. Ular kichik vegetativ shaklidan hosil bo’ladi. Kichik vegetativ shakl
aslida universal vazifani bajaruvchi bosqichdir. U ichakda kommensal usulda
yashaydi. O’lchami 7-25 mkm (o’rtacha 13 mkm) ga teng, yadrosi dumaloq,
psevdopodiylari kalta, sekin harakatli. Sitoplazmasi ekto va endoplazmaga
chegaralangan, lekin ushbu chegarani faqat psevdopodiylarni hosil bo’lishi vaqtida
ko’rish mumkin. Hazm vakuollari ichida bakteriyalarni ko’plab topish mumkin.
Amyobaning kichik vegetativ shakliga ega bo’lgan odamlar sog’lom bo’ladi, lekin
bunday organizm ichburug’ amyobasini tashuvchi bo’lib xizmat qiladi [9].
Kichik vegetativ shakllar ichak bo’shlig’ida vaqti-vaqti bilan po’stga o’ralib
sistaga aylanadi. Sistalar dumaloq (sharsimon), ba’zan oval shaklda, shilliq po’stli,
sarg’ish rangda, ba’zan och qo’ng’ir ko’rinishda. O’lchami 10-15 mkm ga teng.
Sista sitoplazmasida bitta yoki ikkita yadro ko’rinadi (to’la shakllanmagan yoki yetilmagan sistalarda shunday), lekin shakllanib bo’lgan va tashqi muhitga
chiqishga tayyor, yetilgan sistalarda yadro to’rtta bo’ladi va har bir yadroning
o’lchami 2-3 mkm ga tengdir.


Yüklə 190,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin