Entomopatogen bakteriyalar bo’lgan preparatlarni qo’llash. Qon
so’ruvchi chivinlarni lichinkalariga qarshi kurash asosida ikkita entomopatogen bakteriyalar bo’lgan preparatlar (ya’ni hasharotlar uchun patogen); Bacillus thuringiensis ssp. israelinsis (Bti) va Bacillus sphaericus (Bsph) ishlatilmoqda.
Bti asosidagi preparatlar Culex, Aedes va shuningdek Anopheles urug’idagi
lichinkalariga nisbatan samarasi juda yaxshi, Bsph asosidagi preparatlar Culex urug’iga kiruvchi lichinkalarga nisbatan samarali, Anopheles lichinkalariga
nisbatan esa samarasi juda kam va Aedes lichinkalariga esa ta’sir qilmaydi. Bu
preparatlar ichak zahari bo’lib, ya’ni uni zaharlik ta’sirini namayon bo’lishi
uchun, lichinka preparatni kichik zarrachasini yutishi kerak bo’ladi.
Entomopatogen bakteriyalar asosidagi preparatlar g’umbaklarga va
g’umbakoldi katta lichinkalarga ta’sir qilmaydi.[19]
Fizikaviy usullar.Bu usullar suv havzalariga ishlatilganda yengil,
suvga aralashmaydigan suyuq va suv yuzasida yupqa moy pardasini hosil qilib,
lichinka va g’umbaklarni nafas olishiga to’sqinlik qilishi natijasida ular nobud
bo’ladi.
Xususan hammani qo’lidan keladigani turli xildagi neft mahsulotlari –
solyarka (dozirofkasi – 50 ml/m², ishlov berish muddati – 30 kunda 1 marta),
kerosin (20 – 30 ml/m², 15 kunda 1 marta), benzin (1 ml/m², 10 – 12 kunda 1
marta). Solyarka suv faunasi uchun zaharli, shuning uchun uni xo’jalik
ahamiyatiga ega bo’lmagan suv havzalarida ishlatsa bo’ladi. Kerosinni xo’jalik
ahamiyatiga ega bo’lgan va gambuziya qo’yilmagan suv havzalarida ham
ishlatsa bo’ladi.
Yuqori moyli spirtlar asosida tijorat preparatlar (ishlatilish dozirofkasi 0,1-
0,5 ml/m²) va yog’li kislotalar (1-12 ml/m²) ham chiqarilmoqda va ulardan
foydalansa bo’ladi.[18]
Ishlov berish samaradorligini chivinlarning soniga qarab aniqlash. Aholi
punktiga ishlov berishdan oldin, shu joyga o’xshash (xarakterli) 10 ta xonadon
(suv havzalari) tanlab olinadi. Tanlab olingan har bir xonada (suv havzasida)
ishlov berilishdan oldin va ishlov berilgandan keyin bir sutkadan so’ng
imagolarni yoki lichinkalarni soni hisobga olinadi. Undan keyin ishlov berilgan
xonalarda 7-10 kunda bir marta chivinlarni soni, suv havzalaridagi lichinkalar
soni 5 sutkada 1 marta to chivinlarni aktivlik mavsumi tugaguncha kuzatuv olib
boriladi. Nazorat nuqtasi sifatida xuddi shunday miqdordagi xonalar (suv
havzalari) ham tanlab olinadi, ularda ham ishlov beriladigan xonalardagi (suv
havzalardagi) muddatlarda chivinlar hisobga olinadi.
Bezgak uchoqlarini tekshirish va bezgak chivinlariga qarshi kurash tadbirlarini tashkil etish. Bezgak o’choqlarini tekshirish va bezgak chivinlariga
qarshi kurash tadbirlarini rejalashtirish davlat sanitariya – epidemiologiya
nazorat markazi (DSENM) entomologi bilan parazitologi hamkorligida ishlab
chiqadi. Turli o’choqlarda tadbirlarni o’tkazishni entomolog tanlaydi (18-
jadval). Buning uchun entomolog bezgak o’chog’idagi vaziyatdan yaxshi
xabardor bo’lishi lozim.
Bezgakni faol (aktiv) o’choqlarida chivinlarga qarshi kurashni
rejalashtirishda entomolog quyidagilarga e’tibor berishi kerak. Bezgak kasalligi
paydo bo’lishiga sabab bo’lgan vaziyatni, uni kelajakdagi o’zgarishini, shu
yerdagi bezgak tashuvchilarni ekologik va biologik xususiyatlarini, ishchi
kuchiga va zarur bo’ladigan ashyolarga bo’ladigan talablarni o’rganib chiqishi
zarur.
Ishlov berish turini lichinkalarga va chivinlarning imagolariga yoki
ikkalasiga ham qarshi kurash usulini tanlashi lozim. Etomolog lichinkalarga
qarshi kurashda qaysi usul bilan ishlov berishni, suv havzalariga kimyoviy
insektisidlar yoki biologik usul (gambuziyalashtirish va bakteriologik
preparatlar) bilan ishlov berishni tanlashi kerak.
2.2. Qonda parazitlarni aniqlash usullari
Bezgak kasalligini aniqlashda ham laboratoriya sharoitida bemordan qon
olinib, undan qalin tomchi preparati va surtma tayyorlanadi. Preparat va
surtmalarni Romonovskiy-Gimza usuli bilan bo’yab mikroskop ostida ko’riladi.
Plazmodiyni qidirib topilgach uning turi aniqlanadi. Bezgak qo’zg’atuvchisini
sun’iy sharoitda qon, glukoza qo’shilgan muxitda hamda metionin, izoleysin,
riboflavin sun’iy muhitlarda ko’paytiriladi.
Dala sharoitida bezgak chivini hamda ularni lichinkalariga qarshi kurashish
uchun lichinkalar ko’payadigian ko’lmak suvlar, sholi poyalar botqoqliklarga turli
dori preparatlari bilan ishlov beriladi.