a) Buyum oynachalarini tayyorlash. Ishlatilmagan va juda toza bo’lmagan
buyum oynachalari sovunli eritmada yuviladi, keyin ular idishga solinib, oqar suv
tagiga qo’yiladi. Chit mato bilan artilib, Nikiforov aralashmasiga (1 oynachaga 1
ml hisobidan etil spirti va efir aralashmasi barobar miqdorda olinadi) solib
qo’yiladi. Nikiforov aralashmasida oynachalar ishlatilguncha qolishi mumkin.
Moysizlantirilgan oynachalar spirt va efir aralashmasidan 1 sutkadan keyin olinishi
va chit mato bilan quritilib, 3050 donadan toza qog’ozga o’rab qo’yilishi mumkin.
Ishlatilgan oynachalarda bundan ham puxtaroq tozalanishi kerak. Agar
oynachalarda immersion moy yuqi bo’lsa, benzol (ksilol, tolulol) bilan artiladi,
keyin sovunli eritmaga solib qo’yib, har biri yana latta bilan yuviladi. Bundan
keyingi tozalash ishloviishlatilmagan oynachalarni tozalash usuli kabi olib
boriladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan oynachalar qonning yupqa surtmasi va
qalin tomchisini tekshirishga mo’ljallangan holda maxsus tayyorlanmoqda.
Bunday buyum oynachalari (agar o’rami ochilmagan bo’lsa) dastlabki tozalash
ishlovini talab etmaydi.
Muolaja paytida buyum oynachalarini shunday ushlash kerakki, barmoqlar
oynachalar yuzalariga tegmasligi lozim.
b) Qon preparatlarini tayyorlash.Terini tozalash. Odatda qonni chap
qo’lning uchinchi yoki to’rtinchi barmog’idan olinadi (kuloqning yumshoq
qismidan, emizikli yoshdagi bolalarda esa oyoqning katta barmog’i yoki tovonidan
olinishi ham mumkin).
Terining skarifikator bilan teshiladigan qismi toza bo’lishi muhim, chunki
preparatga tushib qolgan mikroorganizmlar diagnostik xatolar sababi bo’lib qolishi
mumkin. Ifloslangan qo’llar sovun bilan yuviladi. Teshiladigan teri qismi 700li etil
spirti bilan yaxshilab artiladi. Qonning birlamchi tomchisi quruq paxta bilan artib
tashlanadi. Bunda preparatda qon fiksasiyasiga sabab bo’luvchi spirt qoldig’i ham
artilib ketadi.
Yupqa surtma tayyorlash. Buyum oynachasiga o’ng tomondan chetdan 1 -1.5 sm qoldirib, qonning kichik tomchisi tomiziladi. Oynachani gorizontal yuzaga
qo’yib, chap qo’l bilan mahkam ushlanadi. O’ng qo’lga chetlari yassilangan
oynachani olib, u 450 burchak ostida tomchi yoniga qo’yiladi va shu holatda old
tomonga tomchiga qadar suriladi. Qon ikkala oynachalar orasida bir xil tarqalgach,
tezkor harakat bilan surtma tayyorlanadi.
Yupqa surtma juda tez quriydi. Qurigandan so’ng esa unga oddiy qalam
bilan belgi qo’yiladi (surtma ustidan uning qalinroq chetiga belgi yozib qo’yiladi).
Shundan so’ng surtma 20-30 daqiqa davomida 960li etil spirtida yoki 3-5 daqiqa
davomida etil spirtida ushlanadi. Fiksasiyadan so’ng surtma quritiladi va
bo’yaladi.
Qalin tomchi tayyorlash. Uning diametri 20 mm atrofida bo’lishi kerak,
to’g’riburchaksimon tomchining kattaligi taxminan 15-20 mmga teng. Tomchi
juda ham katta va juda ham kichik bo’lmasligi kerak. Bir oynachaga ikkita tomchi
tomizish maslahat beriladi, bunda biri mabodo ishdan chiqsa, ikkinchisini ishlatish
mumkin bo’ladi. Qalin tomchini tayyorlashning bir nechta usullari bor:
a) teri teshilgach 3-4 mm diametrli sizib chiqqan qon, buyum oynachasiga
tekkiziladi, bunda oynacha teriga tegmasligi kerak. Qonni esa doira shaklida bir
harakat bilan yoyiladi;
b) 3-4 mm diametrli kattalikdagi qon tomchisi buyum oynachasiga
o’tkazilib, u ikkinchi oynachasiga o’tkazilib, u ikkinchi oynacha qirrasi bilan yoki
igna bilan doira shaklida tarqatiladi;
c) 3-4 mmli diametrli kattalikka ega bo’lgan qon tomchisi buyum
oynachasiga o’tkazilib, ignaning uchi qonga tiqiladi va uni oynacha yuzasiga
nisbatan katta bo’lmagan burchak ostida ushlab turib, qon biroz oqiziladi va
perredikulyar holatda ikki martalik harakat bilan oynachaning uzun o’qi bo’ylab
qonni to’g’riburchakka tarqatiladi;
d) buyum oynachasida surtma avval odatdagidan ko’ra biroz qalinroq
tayyorlanadi, keyin u qurib qolmasdan oldin ustiga 2 tomchi qon tomiziladi va u
ho’l surtmani ustidan tekis disk ko’rinishida yoyiladi.
Qalin tomchilarni quritishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: ular
sekin quriydilar, ularni isitgich asboblari yoki quyoshning nurlaridan uzoqroq
ushlash lozim.
Qalin tomchi yuzasiga yozish mumkin emas. Belgilar qo’yish uchun
oynachaga qo’shimcha qon surtma qalin tomchi va oynacha qirrasi orasida yoki
oynacha qirg’og’iga yaqin joylashadi. Surtma ustiga tomizilgan tomchilarni
surtmaning bo’sh joyida belgilaydilar. Preparat qurigandan keyin belgilar oddiy
qalam bilan yoziladi. Qonning bo’yalmagan preparatlarini hasharotlar jarohatidan
asrash kerak. 5-7 kundan keyin buyalishi lozim bo’lgan preparatlar issiqdan qurib
qolmasligi uchun ular gemoglobindan ozod qilinishi kerak, bunda yuvish uchun
distillangan suv yoki pH 7,0-7,2 bo’lgan bufer eritmasidan foydalaniladi, buyashni
keyinchalik qulay bo’lgan vaqtda o’tkazish mumkiin.