Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish Reja; I bob. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi va tanasiga kirish yo’llari



Yüklə 190,78 Kb.
səhifə5/13
tarix20.06.2023
ölçüsü190,78 Kb.
#133321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish Reja

Teri leyshmaniozini - Leishmania tropica Leyshmaniyalarning kattaligi 3-mkm, ovalsimon bo’lib, tanasining o’rta qismida yadro, uning yonida kinetoplast
joylashgan. Xivchini bo’lmaydi. Odamning ichki organlaridan jigar, taloq, limfa
bezlari, qon tomirlari va ko’mik endoteliysining hujayralari ichida yashaydi.
Hujayra ichida ikkiga bo’linib ko’payadi. Ba’zan bitta xujayraning ichida 200
tacha parazit hosil bo’lishi mumkin. Zararlangan hujayra halok bo’lgandan keyin,
leyshmaniyalar qon yoki limfaga o’tib, yangi sog’lom hujayralarni zararlaydi.
Teri leshmaniozi “pendin” yarasi, “tropik” yara nomlariga ega.[39]
Kasallik qo’zg’atuvchi parazitlarni itlardan odamlarga yuqtirishda qon
so’ruvchi iskabtoparlar (Phlebotomus)ning roli kattadir. Iskabtoparlarning
oshqozoniga tushgan leyshmaniyalar ancha kattalashadi, duksimon shaklga
aylanadi va gavdasining oldingi uchidan uzun xivchini chiqib turadi (leptomonad
shaklga aylanadi).
Odamda teri leyshmaniozi (shuningdek sharq ko’ydirgisi, avg’on yara,
pashshaxo’rda yoki pendinka nomlari bilan ataladi) kasalligining qo’zg’atuvchisi
Leishmania tropica hisoblanadi. Ushbu parazitlarni tabiiy manba holida
saqlanishida cho’l va chala cho’l zonalarida tarqalgan qumsichqonlar, ba’zan
yumronqoziqlar katta rol o’ynaydi. Ushbu kemiruvchi hayvonlarning inida
iskabtoparlar ham o’zlariga boshpana topishadi. Ular teri leyshmaniozi bilan
kasallangan hayvonlarni chaqib, qonini so’rganda parazitlarni ham o’ziga olib,
navbatda boshqa sog’lom kemiruvchilarga yuqtiradi. Xuddi shunday qon so’rish
uchun odamning tanasini ochiq joylari (bet, bo’yin, qo’l va oyoqlar, yelka)ga
qo’nib, so’lak suyuqligi bilan birga parazitlarni yuqtiradi.
Niyazmatov B.I., Marufov A.A. [32] ma’lumoti teri leyshmanioz kasalligini
1984-2003 yillarda O’zbekiston Respublikasida tarqalishi 3.1. jadvalda keltirilgan.
Ushbu jadvaldan ma’lumki bo’ldiki terileyshmaniozi kasallagini 1989 yilda eng
ko’p (2178), eng past (123) ko’rsatkich 2001 yilda qayd etilgan.
Bizning kuzatishlarimizga ko’ra (3.2-jadval) odamlarda uchragan yaralar
joylashishi bo’yicha qo’llarda 7 ta, buyinda esa 5 tani tashkil etdi. Yaralarni 10 tasi
yakkaka-yakka, 3 tasi bir joyi o’zida 2 tagacha, bir tanaga 3 ta yara esa 1 marotiba
uchratdik.
Odamda teri leyshmaniozi iskabtopar chivini chaqqan joyda kichikkina shish
paydo bo’lishdan boshlanadi va u sekin-asta (1-1,5 oy) ochiq yaraga aylanadi. Yara
6 oydan bir yilgacha, ba’zan 1,5 yilgacha davom etib, keyin to’zaladi, lekin yara
o’rni chandiq bo’lib qoladi.


Yüklə 190,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin