Ayniyat va ziddiyat bilan bogliq qonuniyat. Olamdagi har bir
narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-
birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat.
Demak, voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning
bolishi ham odatiy hoi. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, ke~
cha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik
va yomonlik, adolat va jaholat va h.k. qarama-qarshi tomonlar
bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo
etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bola olmaydi. Faraz qilaylik,
magnitning manfiy zaryadi bolmasa, u holda ushbu narsa magnit
bololmaydi.
Miqdor va sifatning bogliqligi qonuni. Olamning mavjudligi
— miqdor va sifat voqeligi tarzida ham namoyon boladi. Buning
mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli
bolmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib,
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash
yoli bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
116
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z
sifati bilan ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki va tashqi
muayyanligi bolib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini
ifodalaydi. Sifat narsa qanday bolsa, uni shundayligicha ko‘rsatib
beradi, jismning barcha tashqi xossalarini bogliqlikda namoyon
qiladi.
Inkorni inkor qonuni. Borliqning hamma sohasida doimo eski,
umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi
narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bolib turadi.
Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
0 ‘zgarish va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish
tamoyili nihoyatda muhim. Bunda vorislik — eskining inkori va
yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ana shu jarayonlarning
doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mohiyatini
bildiradi.
Inkor tushunchasi kundalik ongda ≪yo‘q≫ so‘zi bilan
qo‘shilib ketadi, inkor qilmoq — ≪yo‘q≫ demakdir, biror narsani
rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor kundalik ongda
ishlatiladigan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qilish
to‘g‘ridan to‘g‘ri ≪yo‘q≫ degani emas, ya’ni narsani mavjud
emas, deb e’lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo‘qotib
tashlamoq emas.
Dostları ilə paylaş: |