Mazmun va shakl. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi
narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish
usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun — narsa va
hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan
elementlarning strukturaviy bog‘lanishi bo‘lib, uni boshqa sistemalardan
farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini
ifodalaydi.'
Shakl esa — sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy
boglanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir.
Zaruriyat va tasodif.Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va
tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega.
Zaruriyat — narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi
va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar
majmuasidir. Tasodif esa — zaruriyatning namoyon bolish shaklidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning
mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.