Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning
rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini
konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik — olamdagi alohida,
individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa-hodisalarning
turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning
mushtaraklashgan holda namoyon bolishidir. Alohidalik
va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabat
≪xususiylik≫ kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan,
bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning
mantiqiy ifodasi konkretlik bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan,
≪alohidalik≫, ≪xususiylik≫, ≪umumiylik≫ narsa va hodisalarning
makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil
mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bolishi mumkin.
Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon
bolish shaklidir.
«Butun», «qism», «struktura», «sistema», «element» kategoriyalari. Falsafaning ≪alohidalik≫, ≪xususiylik≫, ≪umumiylik≫ kategoriyalari
bilan ≪butun≫, ≪qism≫, ≪struktura≫, ≪sistema≫, ≪element
≫ kategoriyalari o‘rtasida uzviy bogliqlik va muayyan farqlar
mavjud. Ya’ni ≪alohidalik≫, ≪xususiylik≫, ≪umumiylik≫ narsa va
hodisalar rivojlanish jarayonidagi boglanish, aloqadorlik munosabatlarining
yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, ≪butun
≫, ≪qism≫, ≪struktura≫, ≪sistema≫, ≪element≫ kategoriyalari esa,
ularning makon va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini jarayon
tarzida ifodalashdir. Shu nuqtayi nazardan, butunni — umumiylik,
qismni yoki elementni — alohidalik tarzida olib qarash
holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o‘xshashlik bolishiga
qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin
emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmuyi
ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy
jihatdan ≪butun≫, ≪qism≫, ≪element≫larga ajratish bilishga xos nisbiy
hodisa bolib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy
shartdir. Shunga ko‘ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar
tizimi bilishnihg bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib
qaralishi kerak.