Mavzu: qo‘shma gaplar tasnifi. Ularni bog‘lovchi vositalar. Reja



Yüklə 152,41 Kb.
səhifə6/9
tarix07.01.2024
ölçüsü152,41 Kb.
#210270
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10 -ma\'ruza

[WPm,WPm] tipik ko‘rinishli gaplarda mustaqil kesimlik shakli (MKSH)dagi gaplar birlashtiriladi. Birlashish intonatsion va mazmuniy omil asosida, ko‘p hollarda bog‘lovchi vositasida amalga oshiriladi.
[WPm, WPm] tipik ko‘rinishli qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gap orasida turli ma’noviy munosabat mavjud bo‘ladi. Masalan, mazkur qolip asosidagi O‘qituvchi keldi, dars boshlandi gapida quyidagi rang-barang munosabatlar bor:
a) uzilishli birin-ketinlik;
b) uzilishsiz birin-ketinlik;
v) payt munosabati;
g) natija munosabati;
d) sabab munosabati va hokazo. Bu munosabat har bir gapning tarkibidagi (W) va (Pm) lar, qo‘llangan bog‘lovchi vositaning ma’no va vazifalari bilan bog‘liq, bevosita sintaktik strukturaga daxldor emas. CHunki bir fikrni turli sintaktik shaklda, turli fikrni bir sintaktik shaklda berish mumkin bo‘ladi.
Demak, [WPm,WPm] tipik ko‘rinishining umumiy xususiyatini quyidagicha belgilab olamiz: [WPm,WPm] bu mustaqil sodda gap sifatida qo‘llana oladigan birdan ortiq gapning nutqda ma’lum bir bog‘lovchi vosita bilan o‘zaro bog‘lanishi va bitta tugal ohangga, bitta gap to‘xtamiga ega bo‘lishi. Ma’lum bo‘ladiki, [WPm, WPm] [WPm-WPm] umumiy qolipining oraliq bir ko‘rinishi sifatida lison va nutqqa daxldor bo‘ladi. [WPm,WPm] tipik qurilishli gap (W) va (Pm), shuningdek, (S) xususiyatiga ko‘ra farqlanadi.
[WPm,WPm] tipik ko‘rinishli gapni ular kengaytiruvchilarining xususiyati (tuzilishi, ifodalanishi), bog‘lovchi vositalarining xossalari asosida ham yanada kengroq va batafsilroq tavsiflash mumkin.


[WPm WPm] tipik ko‘rinishli qo‘shma gap


[WPm WPm] tipik ko‘rinishli gapda har ikkala sodda gap ham shakllangan (Pm) ga ega bo‘lsa-da, birinchi gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi (MKSH) bo‘la olmaydi. U hamisha tobe gap markazini shakllantiruvchi vosita sifatida o‘z mazmunini namoyon qilish uchun o‘zidan keyin mustaqil holda namoyon bo‘la oladigan, voqelanishi uchun oldingi gapga ehtiyoj sezmaydigan gap bo‘lishini taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, bu tipik ko‘rinishli gap tarkibidagi oldingi sodda gapning kesimi NKSH bilan, keyingisi MKSH bilan shakllangan bo‘ladi: 1. Firuza toshli uzukni olar ekan, Saidaxonning ko‘zlari quvonchdan yaltirab ketdi. (S.Ahm.) 2. Dilshoda guruchni endi tuzlagan ham ediki, ichkaridan Anvar chiqib keldi. (A.Qod.) 3. Botirjon telefonda endi gaplashib bo‘luvdiyam, choy ko‘tarib Qirmizxon kirib keldi. (N.Amin.) 4. Havo ochilsa, aylanishga boramiz. (S.Nur.) 5. Unga ustozi chin dildan «barakalla», «barakalla» desa, Aziz ko‘nglida to‘lib turgan niyatini ham aytadi. (S.Ahm.)
Bu gaplarning barchasidagi birinchi sodda gap mustaqil qo‘llana olmaydi, qo‘llanganda ham ushbu qo‘shma gap tarkibidagi ma’noni bera olmaydi. Keyin turgan sodda gap esa bunday emas.
[WPm WPm] tipli qo‘shma gap tarkibidagi nomustaqil kesimni hosil qiluvchi turli-tuman vosita bor. Nomustaqil kesim shaklining o‘zbek tilidagi tipik vakili shart mayli qo‘shimchasi [-sa] dir. Masalan, Men o‘qisam, u eshitadi gapida U eshitadi gapi o‘z holicha mustaqil sodda gap bo‘lib kela oladi, Men o‘qisam qismi esa qo‘shma gap tarkibidan tashqarida shu holicha mazkur mazmunni bera olmaydi.
[-sa] qo‘shimchasi bilan shakllangan kesimli gap mustaqil qo‘llanaverishi ham mumkin. Masalan: 1. Avra-astarini ag‘darib mohiyatiga nazar tashlasangiz. (S.Az.) 2. Qishloqqa borsam. (A.Qah.) 3. Vatangadolikning men tortmagan azobu-uqubati, ozori bo‘lmasa kerak. (S.Az.) 4. Nahotki, o‘ldirsalar. 5. Menga, Iskandariyadagi mashhur devonaga, Berlindan telegramma kelsa bo‘ladimi? (S.Az.) 6. Qani, hey Mamadali, gapirsang-chi.. (A.Qah.) Ushbu gaplarda [-sa] shart mayli qo‘shimchasi istak, achinish, sevinch, qistash kabi ma’noviy bo‘yoqlarga ega. Bu gaplar o‘zidan keyin keluvchi gaplar bilan mazmunan bog‘lanib, matn yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi. SHu kabi gaplar qanchalik mustaqil qo‘llana olmasin, baribir o‘zidan keyin qandaydir qurilmalarning bo‘lishini taqozo qiladi. Masalan, 1. – Uyga qaytsam. Nima deysiz? – YAxshi bo‘lardi kabi.
[-sa] biriktiruvchi unsur sifatida quyidagi mazmunning ifodalanishiga sabab bo‘ladi:
a) payt: Borsam, joyi gulzor ekan, ko‘rsam o‘zi jonon ekan. (Qo‘shiqdan);
b) to‘siqsizlik: Alisher Navoiy dunyodan o‘tgan bo‘lsa, uning asarlari tirik;
v) shart: Sen bo‘lmasang, gullar kulmaydi, sen bo‘lmasang, bo‘lmaydi bahor.
[-sa] unsuri tobelik vositasi sifatida ko‘p hollarda ergash gapning kesimini shakllantiradi (yuqoridagi misollar). Mehmonlarni jo‘natdik, endi tarqalsak gapidagi bosh gapni, Mehmonlar kelsa, men ketsam gapida ergash gapni ham, bosh gapni ham shakllantirgan.
[-sa] unsurining qo‘shma gap tarkibida shart mazmunini ifodalashi bir xil emas. [-sa] shaklli ba’zi gapda shart mazmuni kuchli bo‘lsa, ba’zilarida kuchsiz namoyon bo‘ladi. SHart ergash gapli qo‘shma gapda shart ma’nosi o‘ta kuchli bo‘ladi: Siz bo‘lmasangiz, men yashay olmayman. Boshqa ergash gapli qo‘shma gaplarda shart ma’nosi boshqa ma’nolar «soya»sida juda kuchsizlanadi: 1. Aytsam, ko‘nmadi. 2. CHaqirsam, eshitmadi. 3. Dutor chalib o‘tirsam, tori uzilib ketdi. 4. Kim gapirsa, o‘sha aybdor sanaladi.
Ko‘rinadiki, [-sa] shart mayli shakli faqat shart ergash gapli qo‘shma gap uchungina xizmat qilmaydi.
[-(a)r+di] shakli ham [WPm WPm] tipik ko‘rinishidagi gapni hosil qiladi. Bu shakl ko‘p hollarda [-ar edi] ko‘rinishida keladi.
[-(a)r+di] shakli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gap kesimini shakllantirganda ikki xil vazifa bajaradi: Halim o‘qirdi gapida fe’lning zamon shakli vazifasida kelgan. Halim o‘qirdi, ukasi qo‘ymadi gapida esa [-(a)rdi] «o‘qigan bo‘lardi» ma’nosini voqelantirishi uchun keyingi gap zarur. Demak, bunday holda [-(a)rdi] bog‘lash, tobelash vazifasini bajarmoqda. Ko‘rinadiki, Halim o‘qirdi, ukasi qo‘ymadi gapi omonimlik tabiatiga ega. YA’ni:
Halim har kuni o‘qir edi, bugun

Yüklə 152,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin