esa ukasi qo‘ymadi. Halim o‘qirdi, ([WPm, WPm])
ukasi qo‘ymadi.
Halim o‘qigan bo‘lur edi, ukasi o‘qigani qo‘ymadi. ([WPm WPm])
[-(a)r ekan] shakli qo‘shma gapning [WPm WPm] tipik ko‘rinishining ham nomustaqil kesimini shakllantiradi. Misol: Davron papirosini og‘ziga keltirar ekan, qo‘li hayajondan qaltirardi. [-(a)r ekan]shakli[WPm,WPm]qolipli gaplar uchun ham xizmat qiladi: U kelar ekan, demak, mening bormaganim ma’qul. [-(a)r] shakli qo‘shma gapning [WPm WPm] tipik ko‘rinishi hosilalari tarkibida kelganda quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
a) shart: Agar ana shu ishga munosib hissa qo‘shar ekanman, xalq ishonchini oqlagan bo‘laman.(SH.Rash.)
b) payt: Jannat xola begona betob bola tepasida o‘tirib, o‘z bolasini o‘ylarkan, ko‘zlaridan dumalab tushayotgan achchiq yoshlari ajinli yuzlarini kuydirardi. (S.Ahm.)
v) sabab: Kechani kecha, kunduzni kunduz demay ter to‘kar ekanmiz, turmushimiz ham farovon bo‘lishi shart. (SH.Rash.) [-gan edi]shakli, odatda, [WPm, WPm] qolipli gaplarni ham hosil qiladi. CHunki bu ham omonimik tabiatli shakl. Lekin uning tarkibiga boshqa birlik kiritilishi bilan qo‘shma gap a’zolari orasidagi tenglik munosabati so‘nib, tobelik munosabati vujudga keladi. Masalan, Qopqon tomonga burilgan edi, baqiriq-chaqiriq boshlandi gapi [WPm, WPm] va [WPm WPm] qolipiga tushadi.
[-gan ham edi]: Ergash ko‘ringan ham edi, bolalar yugurishdi. (S.Nur.)
[-gan edi hamki]: Arz qilishga og‘iz juftlagan edi hamki, kulimsirab turgan Burgut polvonga ko‘zi tushdi. (S.Ahm.)
[-ganda edi]: Bizning duomiz ijobat bo‘lganda edi, hammamiz sevinardik. (A.SHorah.) Keltirilgan misollarning barchasida gaplarning birinchi qismlari ikkinchi qismlarining kelishini talab qiladi.
[-(i)b edi]shakli ham ayrim hollarda [WPm WPm] tipini vujudga keltirishda ishtirok etadi: SHu kuni endi ko‘chaga chiqib edi, Zunnun boshliq besh nafar bola poylab turgan ekan. (M.Ism.) [deb]vositasi: 1. Xolmurod Gulsunning o‘qituvchisini ko‘rsam deb, deraza orqasidan sekin qaradi. (P.Turs.). 2. Bolalar ovqatlanamiz deb, birdan shiypon tomon yo‘l oldilar. (H.Naz.)
Qo‘shma gapning [WPm WPm] tipik ko‘rinishi hosilalari tarkibiy qismlari uchun nafaqat qo‘shimcha, balki ularga ko‘makchi maqomidagi nisbiy so‘zlar ham muhim: 1. Kim ko‘p ishlasa, ko‘p haq oladi. 2. Kimki chindan sevsa yorini, umri hamisha bahor. 3. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. (Bob.)4. Gulnora qachon kelsa, Jahongir hoziru nozir. Ko‘rinadiki, qo‘shma gap tarkibiy qismlarining hokim-tobelik munosabatini namoyon qilishda nisbiy so‘z nomustaqil kesimlik shakliga qo‘shimcha vositadir.
Qo‘shma gap tarkibiy qismlari inversiya holatida ham bo‘ladi: 1. Borishim kerak, aytmasa ham. Bunday gaplar qo‘shma gapning [WPm WPm] qolipi ham mavjudligidan dalolat bermaydi, balki ular [WPm WPm] tipik ko‘rinishining nutqiy xoslangan mahsuli. Demak, qo‘shma gapning ko‘p hosila beruvchi tipik qolipidan biri [WPm WPm] dir. Bunda birinchi gap kesimi shaklan va mazmunan ikkinchi bir gapga ehtiyoj sezadi, lekin aksincha emas.
Tobelik munosabatini ta’minlashda sof nomustaqil kesimlik shakli ham, omonimlik kesimlik shakllari ham xizmat qiladi.
Nisbiy so‘zlar nomustaqil kesimlik shakllarining vazifasini mustahkamlovchi vositadir.