Mavzu: quyosh sistemasidagi sayyoralar



Yüklə 337,35 Kb.
səhifə2/2
tarix17.01.2023
ölçüsü337,35 Kb.
#79438
1   2
4-amaliy mashg`ulot

SAYYORALAR

Quyosh atrofida sayyoralar, kometalar, meteorlar va boshqa osmon jismlari aylanib yuradi. Quyosh va uning atrofida aylanib yuruvchi barcha osmon jism lari birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi. Tunlari ba’zida xira “yulduz”ning boshqa yulduzlar orasida siljiyotganini, ya’ni sayr qilib yurganini payqash mumkin. Bunday osmon jismi aslida yulduz emas, balki sayyoradir. Quyosh sistem asidagi yirik osmon jismlari sayyoralar deb ataladi. Sayyoralar oʻzidan nur chiqarmaydi. Biz sayyoralardan qaytayotgan Quyosh nurlarini koʻramiz, xolos.
Quyosh atrofida sayyoralar, kometalar, meteorlar va boshqa osmon jismlari aylanib yuradi.
Quyosh va uning atrofida aylanib yuruvchi barcha osmon jismlari birgalikda Quyosh sis temasini tashkil etadi.
Tunlari ba’zida xira “yulduz”ning boshqa yulduzlar orasida siljiyotganini, ya’ni sayr qilib yurganini payqash mumkin. Bunday osmon jismi aslida yulduz emas, balki sayyoradir.
Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanib yuradi. Ular quyidagicha nomlanadi: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun. Har bir sayyora oʻz orbitasiga ega. Sayyora orbitasi, bu - Quyosh atrofida sayyoraning harakat yoʻli bolib, rasmda aylana chiziqlar bilan koʻrsatilgan. Sayyoralar katta-kichikligi, Quyoshdan uzoq-yaqinligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Merkuriy
Sayyoralarning eng kichigi Merkuriydir. Uning diametrik Yernikidan deyarli 3 marta kichik. Merkuriy Quyosh atrofini 88 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Sirtida tuproq yoʻq. Sirti tosh va qumliklardan iborat. Mayda osmon jismlarining tushaverishidan sirti oʻnqir-choʻnqir boʻlib ketgan. Merkuriy sirtida havo va suv yoʻq. Unda hayot borligi haqida hech qanday belgi mavjud emas. Merkuriy sirtida harorat kunduzi +480 °C, kechasi esa -180 °C atrofida boʻladi.
Venera
Venera sayyorasi Yerdan biroz kichik. Quyosh atrofini 225 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Sayyorani qoplagan gazlar va bulutlar Quyosh nurlarini yaxshi qaytarishi natijasida tunlari bizga u yulduz kabi charaqlab koʻrinadi. Hatto erta tongda yulduzlar koʻrinmay qolganda ham Venera sayyorasi porlab turadi. Shuning uchun qadimda Venera sayyorasini “Zuhro yulduzi”, “Tong yulduzi” deb atashgan. Arabchada “zuhro” soʻzi “tong” degan ma’noni bildiradi.
Sayyorada vulqonlar otilishidan tog‘lar vujudga kelgan. Sayyora sirtida harorat kunduzi +470 °C gacha, kechasi +20 °C gacha boʻladi. Venerada hayot yoʻq.
Yer
Biz yashaydigan Yer ham Quyosh atrofida aylanib yuruvchi sayyoralardan biridir. Sayyoramiz Quyosh atrofini 365 sutka 6 soatda bir marta aylanib chiqadi.
Quyosh sistemasidagi mavjud 8 ta sayyoradan faqat Yerda hayot bor. Faqat bizning sayyoramizdagina hayot uchun sharoit mavjud. Yer va boshqa sayyoralarning atrofida osmon jismlari aylanib yuradi.
Sayyora atrofida doimiy aylanib yuradigan yirik osmon jismi tabiiy yoʻldosh deb ataladi. Sayyoralardan Merkuriy va Veneraning tabiiy yoʻldoshlari yoʻq. Boshqa barcha sayyoralarning tabiiy yoʻldoshi mavjud. Yerning bitta tabiiy yoʻldoshi bor. Bu – Oydir.
Mars
Marsning diametri Yernikidan ikki marta kichik. Mars Quyosh atrofini 687 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Mars sayyorasi siyrak turli xil gazlar bilan qoplangan. Bu gazlardan qaytgan Quyosh nurlari bizga qon rangiga yaqin boʻlgan qizg‘ish tusda koʻrinadi. Shuning uchun qadimda Mars sayyorasini “Urush xudosi” deb atashgan. Marsning sirti tosh va qumlar bilan qoplangan. Sayyorada harorat kunduzi +17 °C gacha, kechasi -100 °C gacha boʻladi. Mars sayyorasining 2 ta tabiiy yoʻldoshi bor. Marsdan muzlagan suv parchalari topilgan. Lekin bu sayyorada ham hayot yoqligi aniqlangan.
Yupiter
Yupiter eng katta sayyora hisoblanadi. Quyosh atrofini bizdagi hisob boʻyicha 12 yilda bir marta aylanib chiqadi. Uning diametri Yernikidan 11 marta katta. Bu sayyora ulkan boʻlsa-da, uning sirtida tog‘lar va chuqurliklar yoʻq. Chunki uning sirti, asosan, suyuq holatda boʻlib, turli xil gazlar bilan oʻralgan. Yupiter sirti kunduz kuni ham sovuq boʻlib, harorat -100 °C gacha pasayadi. Yupiter sayyorasining 79 ta tabiiy yoʻldoshi bor.
Saturn
Saturn ham ulkan sayyora hisoblanadi. U Yupiterdan biroz kichikroq. Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqishi uchun 30 yilga yaqin vaqt ketadi.
Saturn halqali sayyoradir. Uning halqalari turli qattiq jismlar va changlardan iborat. Sirti suyuq holatdagi moddalardan tashkil topgan. Uni turli gazlar oʻrab
turadi. Sirtidagi oʻrtacha harorat -180 °C atrofida boʻladi. Saturn sayyorasining 82 ta tabiiy yoʻldoshi bor.
Uran
Uran sayyorasining diametri Yernikidan 3 marta katta. Lekin Yerdan juda uzoqda boʻlgani uchun bu sayyorani koʻrib boʻlmaydi. Bu va undan uzoqdagi Neptun sayyorasini faqat maxsus asboblar yordamida koʻrish mumkin. Quyosh atrofini 84 yilda bir marta aylanib chiqadi. Sayyora sirti muzlagan moddalardan iborat boʻlib, turli gazlar bilan qoplangan. Sayyora sirtidagi oʻrtacha harorat -210 °C ni tashkil etadi. Uran sayyorasining 27 ta tabiiy yoʻldoshi bor.
Neptun
Neptun sayyorasi Uran sayyorasidan biroz katta. Quyosh atrofini 168 yilda bir marta aylanib chiqadi. Sayyora sirti suyuq holatdagi moddalardan iborat. Uni ham turli gazlar oʻrab turadi. Neptun sirtidagi harorat -200 °C atrofida boʻladi. Neptun sayyorasining 14 ta tabiiy yoʻldoshi bor.
4-sinfda berilgan quyidagi savollarga daftaringizga javoblarni toʻliq qilib yozib chiqing.
Savol va topshiriqlar
1. Quyosh sistemasini qanday osmon jismlari tashkil etgan?
2. Sayyora nima? U qanday ma’noni bildiradi?
3. Quyosh sistemasida sayyoralar qanday harakatlanadi?
4. Sayyoralarning harakatini tajribada sinab koʻring.
Yüklə 337,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin