Mavzu rejasi: 1


Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik – integratsion vazifa deb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/30
tarix28.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#166902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik – integratsion vazifa deb 
ataladi.
Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni qamrab olishga 
intiladi. Buning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga
axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga chambarchas bog‘lanib keta 
olgan.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun 
ularning bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo – Yahvening eng 
sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni unga yanada kо‘proq jalb etish uchun diniy 
me’moriy, tasviriy san’at, musiqa kabi san’at turlaridan unumli foydalaniladi. 
Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat kо‘rsatadi.



Uchinchidan,
har bir din о‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat 
qiluvchilik – regulyativ vazifani bajaradi.
Dinlar о‘z urf-odatlarining, marosim va 
bayramlarining qavmlari tomonidan о‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda 
bajarilishini shart qilib qо‘yadi.
Misol uchun, islomda kuniga 5 mahal namoz о‘qilishi, har hafta juma namozini jome 
masjidlarida ado etilishi, ramazon oyida bir oy rо‘za tutilishi, rо‘za va qurbon 
hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
Tо‘rtinchidan

din aloqa bog‘lashlik, birlashtiruvchilik – kommunikativ vazifani 
ham bajaradi,
ya’ni har bir din о‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning о‘zaro 
aloqadorlikda bо‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi 
kishilarning о‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, о‘zaro huquq va 
burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bо‘lib bajarilishi lozimligi nazarda 
tutiladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin