DIN (arab. – ishonch, ishonmoq) — borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bо‘lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy kо‘rinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, ya’ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir. Ibodat obyektlariga kо‘ra – jonivorlarga, ruhlarga, butlarga, turli ilohlarga va Allohga sig‘inuvchi Diniy ta’limotlar bir-biridan farqlanadi .
Genezisi va tarqalishiga kо‘ra Dinning eng qadimgi milliy va jahon Dinlari kabi
shakllari mavjud. Har bir aniq Din о‘ziga xos sig‘inish obyekti va rasm-rusum, ibodat,
urf-odat va aqidalarga ega. Din va Diniy ta’limotlar ilohiyotchilar (ulamolar), ateistlar
(Dinni inkor etuvchilar) va dinshunoslar tomonidan о‘rganilgan.
Dinning paydo bо‘lishi tо‘g‘risida yagona fikr yо‘q. Islom dini ta’limotiga kо‘ra,
Din – Alloh tomonidan о‘z payg‘ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur
bо‘lgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga tо‘g‘ri,
haqiqiy hayot yо‘lini kо‘rsatadigan va о‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda
etadigan ta’limotdir.
Din — ijtimoiy-tarixiy hodisa, kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bо‘lgan ijtimoiy ong shakllaridan biridir, umuminsoniy qadriyatdir degan yondashuvga kо‘ra, u muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat- ibodatlar va D.iy tashkilotlarning faoliyatida namoyon bо‘ladigan olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida usulidir. Dinning mohiyati turlicha izohlansa-da, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg‘usi yotadi. Insoniyat tarixida Din turli shakllarda nmoyon bо‘lgan. d.ning dastlabki
kо‘rinishlari
1.
Shuningdek, urug‘-qabila Dinlari, fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir.