10
“Mahobxorat” va “Ramayana” dostonlarida “Avatara” – insonning Vishnuga
qо‘shilib ketishi haqida sо‘z yuritiladi. Vishnu ba’zida tо‘rtqо‘lli qilib tasvirlanadi.
Vishnu hech qachon inson va hayvonni qurbonlik qilishlarini talab qilmagan.
Krishna murakkab obraz bо‘lib u haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq,
osmon, quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud.
Krishna jangovar, engilmas
qahramon sifatida ta’riflanadi.
Vishnuizm bayramlari turli-tuman bо‘lib, ular bir necha kunlarga chо‘zilib
ketadi. Ular duolar о‘qish, ta’zim bajo keltirish, ommaviy diniy marosimlarda
qatnashish, hadya, qurbonliklar atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi
hovuzlarda chо‘milish kabilar bо‘lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar
boshchiligida bajariladi. Sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi
uchun u xudolar
qatorida e’zozlanadi. U keyinchalik “tirik butga aylanib, Shivaning ma’budlik
о‘rnini tо‘ldirdi. Vishnuizmda muqaddas hayvon maymun bо‘lib Rigvedada
“Vrishakani (yerkak maymun) timsolida Xanumanning timsolini kо‘rishimiz
mumkin”,-degan rivoyat keltirilgan. Maymun Ram (Ramayana dostonidagi odam-
xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo Xanumanning vakili sifatida ulug‘lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb
e’tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy, ramziy sohalaridagi tizimi
murakkablashib ketadi. Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga
sig‘inish davom etmoqda.
Hinduiylik eramizdan oldingi dinlar - braxmanizm va vedaizmning
evolyusiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi о‘rtalarnga
kelib
shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Hinduizm
sinkretik din bо‘lib, turli e’tiqodlar, urf-odat va marosimlar, mahalliy diniy e’tiqod
va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voke bо‘lib, urug‘-qabila dinlari
elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy goyalarini qamrab
algan. Hinduizm о‘zining yagona tashkilotiga ega emas.
Hinduizm insonning tug‘ilganadan to vafot etishigacha bо‘lgan huquq va
vazifalarini belgilab va cheklab qо‘yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka
keng о‘rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy
tengsizligini oklaydi va
abadiylashtiradi, ruhning bо‘lmasligi va kо‘chib aylanib yurishi (sansara ta’limoti),
qayta tug‘ilishi (karma ta’limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va
dо‘zax kabi aqidalarni о‘z ichiga oladi.
Hinduizm politeistik din bо‘lib, unda kо‘p xudolilik elementlari saqdangan.
Hinduizm ta’limotida xudoning uch xil kо‘rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng
oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi
uch yuzli xudoga о‘xshaydi.
Hinduizm ta’limoticha, olam paydo bо‘lib, emirilib, yо‘q bо‘lib turadi, ya’ni
olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir
davr olamning yuksak rivojlangan chо‘qqisidan
boshlanib, uning inqirozga
uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yо‘qoladi.
Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bо‘linishini aks ettiruvchi savob va jazo
(karma) g‘oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da’vo
kilinadi: 1) dxarma - oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish: 2) artxa - foydali
ishlar qilish, zarur materiallarga ega bо‘lish; 3) kama - muhabbat tuyg‘ulariga
11
erishish, his-tuyg‘ularni qondirish; 4) moksha - о‘zgarish zanjiridan butunlay xalos
bо‘lish.
Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari о‘z xudolariga bag‘ishlab
minglab katta-kichik ibodatxonalar kurganlar. Bu dinga e’tiqod kiluvchilar
"muqaddas joylar", daryolar va boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi
orasida yovuz ruhlarga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar - hо‘kiz,
sigar, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar.
Masalan, hinduizm tarafdorlari sigirni sahiylik manbai va gо‘zal ayol timsoln deb
hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni sо‘ymaslik va gо‘shtini emaslikni targ‘ib
kiladilar. Ammo hinduizm sigar sutini ichishni va undan xо‘jalikda ish hayvoni
sifatida foydalanishni ta’qiqlamaydi.
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi.
Hinduizm diniga
e’tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham mukaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga
kо‘ra, gо‘yo Gang daresi qirgog‘ida kishi hayotdan kо‘z yumsa, narigi dunyodagi
hayoti ancha engillashar, jannatga yо‘l olar degan diniy fikr bor.
Hinduizmning
xarakterli
xususiyatlari,
yuqorida
qayd
kilingandek,
jamiyatdagi kishilarni tabaqalarga - kastalarga
1
ajratishdir. Hozirgi paytda
kishilarni tabaqalarga bо‘lish taqiqlangan. Ammo tabaqalarga bо‘linish minglab
yillar davom etganligi va kishilarning ongiga chuqur singib ketganligi uchun bu
masalada muayyan qiyinchiliklar yuz bermoqda. Hinduizmning "muqaddas"
yozuvlariga Veda
2
,
Upanishadlar
3
kiradi. Keyinchalik "Maxabxarata" va "Ramayana" dostoniga
о‘xshash, diniy marosimlar va urf-odatlar
singdirilgan har xil afsona, rivoyat,
hikmatli sо‘zlar, epik dostonlar paydo bо‘la boshladi.
XIX asrning boshlarida hinduizm milliy-ozodlik harakati g‘oyalariga katta
ijobiy ta’sir kо‘rsatdi. Shu bilan hinduizmda shovinistik diniy e’tiqodlarni targ‘ib
qilgan bir qator oqimlar ham paydo bо‘lgan.
Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka,
Bangladesh, Gavana va hindlar yashaydigan boshka hududlarda tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: