Mavzu rejasi: 1


Oila va nikoh tushunchasi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/30
tarix28.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#166902
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

Oila va nikoh tushunchasi. 
Konfusiychilik Xitoyda oila masalalariga hal 
qiluvchi ta’sir о‘tkazdi. Konfusiychilik ta’limotiga kо‘ra, oila nikohdan, 
yoshlarning kelishuvi bilan boshlanmaydi. Balki, oila ehtiyojlari uchun nikoh 
amalga oshiriladi. Konfusiychilar urf-odatlariga kо‘ra, avlodlar о‘z ajdodlari ruhi 
oldida qilishlari kerak bо‘lgan barcha marosimlarni о‘z о‘rnida, muntazam 
ravishda bajarishlari lozim.
Xitoyda ilk Chjou va In davrlarida о‘tganlar ruhlari tiriklar uchun madad 
bо‘lishi kerak deb e’tiqod qilinsa, Konfusiy ta’limoti buning aksini, ya’ni tiriklar 
о‘tganlar oldida qarzdordirlar degan g‘oyani ilgari surdi. Konfusiy о‘zidan oldin 
jamiyatda mavjud bо‘lgan о‘tganlar ruhlari haqidagi aqidalarni tamoman 
о‘zgartirib yubordi.
Modomiki, tiriklarning asosiy vazifasi о‘tganlarni rozi qilish, ularga xizmat 
qilish ekan, butun oila mana shu asosiy g‘oyaga xizmat qiluvchi bir jihozni tashkil 
qiladi. Mana shuning uchun ham har bir oila boshliqlari о‘z ajdodlari oldidagi 
qarzlarini ado etishlari uchun oila naslini davom ettirishlari kerak.
Konfusiychilikning Xitoyda tarqalishi. 
Konfusiy fikricha, dunyodan 
befarzand о‘tish va о‘zidan nasl qoldirmaslik nafaqat shu insonning yoki shu 
xonadonning, balki butun jamiyatning fojiasidir. 
Konfusiychilikning 
yoyilishi 
sekin 
kechdi. 
Konfusiyning 
о‘zi esa 
zamondoshlari tomonidan tan olinmay vafot etdi. Uning shogirdlariga ham oson 
bо‘lmadi.
Garchi konfusiychilar о‘z ta’limotlarini qadimgi Chjou aqidalariga bog‘liq urf-
odatlar, marosimlar, axloqiy meyorlar asosiga qurgan bо‘lsalar-da, ular mazkur 
aqidalar orasida о‘z munosabatlari, qolaversa, har bir masala yuzasidan о‘z 
xulosalarini ham berib bayon qilar edilar. Mana shu narsa konfusiychilikning 
muvaffaqiyatga erishishiga sabab bо‘ldi. Undan tashqari uning muvaffaqiyatiga 
sabab bо‘lgan omillardan yana biri konfusiychilarning о‘zlari foydalangan qadimgi 
kitoblar, she’rlar, risolalarni yig‘ib о‘quvchilariga о‘rgatganliklaridir. Bu ishning 
asosiy qismi Konfusiyning о‘zi tomonidan bajarilgan edi. U turli podshohliklarda 
mavjud bо‘lgan uch mingdan ortiq qadimiy qо‘shiqlar, yozuvlarni jamlab, ularni 


22 
qayta tahrir qilgan edi. Konfusiy va uning shogirdlari tomonidan tahrir qilingan 
asarlar keyinchalik konfusiychilikning asosiy manbalariga aylandi. 
Mil. av. IV-III asrlarga kelib Konfusiy ta’limoti ancha keng tarqaldi va katta 
ta’sir doirasiga ega bо‘ldi. Xan sulolasi davriga kelib (mil. av. III-II asrlar) 
konfusiychilik davlat mafkurasi darajasiga kо‘tarildi. Xan podshohlari Konfusiy 
ta’limotlarini tо‘liq qabul qilmagan bо‘lsalar-da, uning kuchini, jamiyatda egallab 
ulgurgan mavqeini e’tirof qilgan holda undan davlat boshqaruvida foydalandilar.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin