20
kirishadi. Yangi ustozning ong haqidagi fikrlari, chuqur ma’noli sо‘zlari mamlakat
bо‘ylab keng tarqaladi. Shundan sо‘ng Konfusiy
huzuriga mamlakatning turli
mintaqalaridan ilmga chanqoq yoshlar oqib kela boshlaydilar. U ilm istab
keluvchilarga hech qachon rad javobini bermas edi. Konfusiyning 3000
ga yaqin
shogirdlari orasida 72 eng kо‘zga kо‘ringan izdoshlari orasida mamlakatning
obrо‘li xonadonlaridan bо‘lgan kishilar bilan bir qatorda kambag‘al, oddiy kishilar
ham bо‘lgan. Konfusiy maktabi qadimgi Xitoyda asta-sekin katta ta’sir
doirasiga
ega bо‘lib bordi. Uning kо‘plab shogirdlari qadimgi Xitoy podshohliklarida
e’tiborli mansablarni egalladilar. Konfusiy yoshlar tarbiyachisi
va ustozi sifatida
keng shuxrat qozonib, ilk Xitoy ma’rifatparvari nomiga sazovor bо‘lgan bо‘lsa, u
tomonidan taklif qilingan islohotlarning amalga oshirilishida buning aksi bо‘ldi.
Garchi Konfusiy о‘zining ish faoliyatida podshohlar xizmatida bо‘lgan
paytlarida ba’zi islohotlarni amalga oshirishga harakat qilgan bо‘lsa-da, ammo
uning kо‘pchilik takliflari amaldorlar va hukmdorlar tomonidan qо‘llab-
quvvatlanmadi. Konfusiyning asosiy e’tiborini tortgan narsa о‘z zamonasining
kamchiliklari va aybu nuqsonlari edi.
Oddiy
xalqning nochorligi, amaldorlarning zolimligi, hukmdorlar о‘rtasidagi
о‘zaro
ziddiyatlar, qadimgi ma’naviy an’ana va qadriyatlardan uzoqlashish –
bularning hammasi Konfusiyning keskin tanqidiy qarashlarining yuzaga kelishiga
turtki bо‘ldi. U mavjud muammoni hal qilishda yangicha qarashlarga tayanish
lozimligini anglab yetdi. Biroq u о‘z fikrlarining jamoatchilik
tomonidan qabul
qilinishi uchun hamma e’tirof qilgan obrо‘ga ega bо‘lish kerak edi. Konfusiy xuddi
ana shu obrо‘ni uzoq о‘tmishning yarim afsonaviy obrazlaridan topdi. Konfusiy
vafotidan bir necha asr о‘tgach, uning ta’limoti xalq
hayotining ajralmas bir
qismiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: