18
Qadimiy Ahd
ning ichidagi diniy ta’limot va aqidaga bag‘ishlangan eng asosiy
va obrо‘li qismi Tavrotdir. U xristianlik an’anasiga kо‘ra «Besh kitob», yahudiylar
an’anasiga kо‘ra «Tora» (ta’limot) hisoblanadi.
Qadimiy Ahd
dagi «ahd» sо‘zi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini
bildiradi.
Qadimiy Ahd
matni ibriy (eski yahudiy) va oromiy tillarida yozilgan. U
qadimgi payg‘ambarlarning kitoblari (Ketuvim), Sulaymon payg‘ambarning
matallari (Nevi’im) va (Torah) nomli kitoblardan iborat. Unda «Xudo yarlaqagan»
Isroil xalqining tarixi haqida hikoyalar beriladi.
«Ibtido» mil. av. 1400 yillarda Xudoning buyrug‘iga kо‘ra, Muso payg‘ambar
tomonidan yozib olingan. Unda Xudo olamni qay yо‘sinda yaratgani, odamzotning
gunohga botgani, buning natijasida olamga azob va о‘lim
kelishi haqida xabar
beriladi.
Shuningdek, unda dunyodagi xalqlarning vujudga kelishi va jahonga
tarqalishi tarixi bayon qilingan. Odam Ato va Momo Havvo, Hobil va Qobil, Nuh,
Lut, Ibrohim, Ishoq, Ismoil, YA’qub, Yusuf, Fir’avn va boshqa shaxslar, Tо‘fon,
Bobil minorasi va tillar chatishuvi, Sadom va Hamoraning xarob bо‘lishi singari
eng qadimiy hodisalar ham
Ibtidodan
о‘rin olgan.
«Chiqish» kitobida Muso payg‘ambarning tug‘ilishi, hayoti, Misr Fir’avni
tomonidan qattiq zulmga tortilgan yahudiylarni
Yahve amri bilan xalos qilgani,
unga Tur tog‘ida Yahve tomonidan о‘nta ”vasiyat” (zapoved)ning berilishi
haqidagi rivoyatlar keladi. Bundan tashqari yahudiylikning ibodatlari, rasm-
rusmlariga taalluqli kо‘rsatmalar berilgan.
«Levit» kitobi turli tuman urf-odat va diniy marosimlarga oid kо‘rsatmalarni
о‘z ichiga olgan. Unda, asosan, qurbonlik haqida sо‘z yuritilib, Xudo yо‘liga
qanday hayvonni qurbonlik qilish yoxud, qay tarzda amalga oshirish lozimligi
bayon qilingan. Shuningdek, yahudiy xalqiga hayvon va parrandalardan
qaysilarining gо‘shtini yeyish mumkin va qaysilarini yeyish ta’qiqlangani hamda
boshqa turli hayotiy masalalar yuzasidan kо‘rsatmalar berilgan.
«Sonlar» kitobiga kо‘ra yahudiy xalqining Muso payg‘ambar boshchiligidagi
Misrdan chiqishining ikkinchi kuni ularga urushga yaroqlik barcha erkaklarning
hisobini olishga buyurdi. Bu kitobda Muso payg‘ambar rahbarligidagi
yahudiylarning qabila, urug‘, avlodlar bо‘yicha asosiy namoyandalarining nomlari
sanab о‘tiladi. Yana, unda Misrdan chiqqan
Banu Isroil qavmining Muso
payg‘ambar bilan kechirgan hayotlari va tortgan qiyinchiliklari va olib borgan
janglari haqida sо‘z boradi. Yahve Musoga janglarda qо‘lga kiritilgan о‘lja va
asirlarning hisobini olish va ularni qanday taqsimlash borasida kо‘rsatmalar beradi.
«Ikkinchi qonun» kitobi 34 bobdan iborat. 27, 31, 34-boblardan tashqari qolgan
qismlari birinchi shaxs nomidan yozilgan. Bibliyada keltirilgan rivoyatga kо‘ra,
birinchi avliyo Xilkiya nomli shaxs Iosiya podshohligining 18 yilida, ya’ni mil. av.
621 yilda Quddus (Iyerusalim) ibodatxonasida Qonun kitobini topgan. «Ikkinchi
qonun»ning asosi ana shu Qonun kitobi hisoblanadi.
«Nevi’im» (Payg‘ambarlar) kitobi ikki qismga bо‘linadi. Birinchi qismga
avvalgi payg‘ambarlarning kitoblari kirgan bо‘lib, ular: Iisus Navin, «hukmlar»,
Samuilning ikki kitobi va ikkita «Podshohlik», Ruf, Yesfir, Yezdra, Neyemiya,
Paralifomenon kitoblari; ikkinchi qismga keyingi payg‘ambarlar
kitoblari kirgan
19
bо‘lib, ular uchta katta payg‘ambar – Isaiya, Iyeramiya, Iyezekiil va 12 ta kichik
payg‘ambar – Osiya, Ioil, Amos, Avdiy, Iona, Mixey, Naum, Avvakum, Sofoniya,
Aggey, Zaxariya, Malaxiyalarning kitoblaridir.
«Ketuvim» qismi «Zabur», «Qissalar», Iov kitobi, Solomonning «qо‘shiqlar
qо‘shiqlari», Ruf kitobi, «Iyeramiya yig‘isi», Yekkleziast, Yesfir, Daniil, Yezdra
kitoblari va Solnomalar kitobini о‘z ichiga oladi.
Talmud.
Milodning I-IV asrlarida yahudiy davlati boshdan kechirgan iqtisodiy
va ijtimoiy tanazzuli xalq orasida ruhoniylar obrо‘yining benihoya oshib ketishiga
sabab bо‘ldi. Ular о‘zlarini
ravvinlar
(
hazrat, janob
) deb atadilar. 66-70 yillardagi
qо‘zg‘olonda Isroil xalqini halokatdan qutqarib qolgan Ioann ben Zakkai nomli
shaxs yashirincha О‘rta yer dengizi bо‘yida Yavne (Yavneh) degan joyda diniy
maktab (akademiya) tashkil qildi. Bu maktab
ravvinlar
ta’limotini
tarqatish
markazi bо‘lib qoldi. Natijada Lidda, Sepforis, Ush, Tiveriada degan joylarda
shunga о‘xshash maktab – «akademiya»lar tashkil etildi. Bu akademiyalarning
rahbarlari «
nasi
» (knyaz) yoki
patriarx
deb ataldi. Ular bu maktablarga rahbarlik
qilish bilan bir qatorda о‘z hududlarida fuqarolik ishlari bо‘yicha hakamlik
vazifalarini bajardilar hamda jamoaning
barcha ishlarida rahbar, barcha
yahudiylarning diniy rahnamosi hisoblanar edilar.
Talmud (qad. yahud. “lameyd” – “о‘rganish”) mil. av. IV asrlarda vujudga
kelgan va yozma Toradan farqli о‘laroq, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda о‘tib
borgan. Shuning uchun Tora «yozma qonun» (
Torah shebikhtav
), Talmud esa
«og‘zaki qonun» (
Torah shebe’al peh
) deb yuritilgan.
Savollar :
1.
Iudaizm - yaxudiy milliy dini paydo bо‘lishi tarixi
2.
Yaxudiylik ta’limoti.
3.
Yaxudiylik muqaddas kitobi
4.
Yahudiylik dini payg‘ambari xaqida nimalarni bilasiz
5.
Yahudiylik dini qachon vujudga kelgan?
6.
Yahudiylik dinining muqaddas kitobi qaysi?
7.
Yahudiylik dinining asosiy ta’limoti nimalardan iborat?
8.
Yahudiylarning qanday diniy bayramlarini bilasiz?
9.
Mustaqil О‘zbekistonda yahudiy jamoalarining diniy hayoti qanday?
Dostları ilə paylaş: