Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#120485
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
\'1-ÄÈÍ.ÁÓÄÄÀ.ÕÐÈÑÒÈÀÍËÈÊ.ÌÀÚÐÓÇÀ

Jaynizm (sanskritcha “jina” - “muzaffar” sо‘zidan olingan). Jaynizmning 
kelib chiqishi haqida kо‘plab afsonaviy rivoyatlar mavjud. Rigveda kitobida 
jaynizmning ikki tirtxakarlari (yо‘l tuzuvchi, ruhlarni ozod qiluvchi) Rishabxa va 
Arishtanem haqidagi rivoyat keltirilgan. Ulardan birinchisi – Rishabxa jaynizm 
ta’limotining asoschisi hisoblanadi. Bu rivoyatlarda Rishabxa shaxsida ilohiyot 
1
Ҳиндистонда кишиларни бир-бирига аралашмайдиган табақаларга; брахман (кощин)лар, 
кшатрий (ҳарбий)лар, вайший (савдогар), ҳунарманд, ўрта табақалар), шудрийларга, яъни бошқа 
табақаларга хизмат қилувчи энг паст табақа ҳисобланган хизматкорга бўлишдан иборат қатьий 
диний таьлимотга асосланган.
2
Ведаиар эрамиздан илгариги 11 минг йиллик ўрталаридан бошлаб пайдо бўлган. "Веда" - 
қадимги ҳинд тили - санкскритда "билим" демакдир. Улар 4 тўпламдан иборат: 1) гимнлар ва 
дуолар; 2) маросимчиликда ижро этиладиган гимнлар; 3) қурбонликка оид қоидалар ва дуолар; 4) 
ёвуз кучларга карши дуо ва афсоналар. 
3
Упанишадлар эрамиздан олдинги минг йилликлар бошларида пайдо бўлган. Упанишадлар - 
санкскритча,"сирли таълимот" деган маънони англатувчи, ведаларни шархлаш жараёнида юзага 
келган ахлоқни ва бошқа характердаги рисолалар бўлиб, 250 га яқиндир. 


12 
Naroyana, ya’ni Vishnu mujassam bо‘lgan. Bu ma’lumotlar jaynizmning veda 
dinlaridan ham qadimiyroq ekanligini kо‘rsatadi. 
Jaynizm dini vakillarining e’tiqod qilishicha, bu ta’limotga 24 tirtxakar 
(payg‘ambar yoki avliyo) asos solgan. Ularning barchasi kshatriylar xonadonidan 
bо‘lgan. Ushbu tirtxakarlarning 22 tasi haqida ma’lumot deyarli yо‘q, 23-si – 
Vardxamana Maxaviradan 250 avval yashagan Parshvanadxa – Banoras podshohi 
Ashvasanning о‘g‘li bо‘lgan. Biroq rohiblik yо‘lini ixtiyor etib, otasining saroyini 
tark etgan. U о‘zidan keyin juda ham chiroyli nizomga solingan diniy kо‘rsatmalar 
qoldirgan. Vardxamananing ota-onasi, oila a’zolari Parshvanadxaning dinida 
bо‘lganlar. Vardxamanada yoshligidan jaynizm ta’limotiga kuchli qiziqish paydo 
bо‘lgan. Shunday qilib, Vardxamananing о‘zi jaynizmning navbatdagi va sо‘nggi 
tirtxakari bо‘lib etishgan. 
Vardxamana mil. av. VI asrda Hindistonning Bixar shtatida boy kshatriy 
oilasida tug‘ildi. Otasi Siddxardxa Jnatrik qishlog‘ining kshatriylar sulolasi 
boshlig‘i edi. Onasi Trisala Lichchxavi sulolasidan bо‘lgan mashhur podshoh 
Vayshali hukmdori Chetakining singlisi edi. Magadxi podshohi Bimbisara 
Chetakining qizi Chillanaga uylangach, Vardxamana qudratli Magatxi sulolasi 
bilan qarindosh bо‘ldi. Buning natijasida uning oldida oliy darajada ta’lim olish, 
ilm va san’atning barcha sohalari bilan tanishish imkoni paydo bо‘ldi. 
Maxavira Yashoda ismli qizga uylandi va undan qiz farzand kо‘rdi. Aynan 
mana shu qizining eri Jamali Maxaviraning birinchi shogirdi, keyinchalik esa 
jaynizm ibodatxonasining hinduizmdan ajralib chiqishining tashabbuskori bо‘ldi. 
Vardxamana о‘ttiz yoshigacha oddiy dunyoviy kishilardek hayot kechirgan. Keyin 
esa barcha mulkidan voz kechib, kо‘p yillar sayohat qilgan. Doimiy о‘y-fikrga 
chо‘mib, о‘zini ichki iztiroblar domiga tashlagan. 13 yildan keyin Parshvanadxa 
tepaligida gо‘yoki, “botiniy” bilimga ega bо‘ladi. Bu eng oliy bilim bо‘lib, 
Vardxamanani 42 yoshida shodlik va qayg‘ulardan butkul ozod qilgan va uni 
yuqori darajadagi diniy ustozlarga beriladigan Jina nomi bilan mashhur qildi. 
Keyinchalik unga Maxavira (“ulug‘ qahramon”) unvoni berildi. Maxavira kо‘p 
yillik sayohatlari davomida kо‘plab insonlarni о‘ziga ergashtirdi. Uning shogirdlari 
nigrantxa (“kishandan ozod qilinganlar”) deb atala boshlandi. 
Vardxamana Maxavira rohiblar, oddiy erkak va ayol insonlar barobar e’tiqod 
qila oladigan diniy ta’limotga asos soldi. Maxavira mil. av. 527 yili 73 yoshida 
vafot etdi. Jaynizm adabiyotida keltirilishicha, u nirvana – sо‘nggi ozodlik holatiga 
erishgan. 
Jaynizm ta’limotining asosiy g‘oyasi deyarli barcha hind dinlari uchun 
umumiy bо‘lgan karmalar va nirvana haqidagi ta’limot hisoblanadi. Nirvanaga 
erishgan inson qayta tug‘ilishdan ozod bо‘ladi. Bunga esa faqat tarkidunyo 
qilganlargina erishishi mumkin, xolos. Shuning uchun ham ushbu ta’limotda 
tarkidunyochilikka alohida e’tibor beriladi. Inson dunyoda о‘zining barcha 
ehtiroslaridan voz kechgach, о‘z nafsini tiyishi, о‘z-о‘zini engishi – yangi karma 
hosil bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaydi. Natijada karmaning kuchi emirilib, uning ruhi 
kishanlardan ozod bо‘ladi. Kishining karmasi qanchalar zaiflashsa, uning ichki 
dunyosi shuncha boyib boradi. Bu jarayon ruhning tо‘la ozod bо‘lgunigacha 


13 
davom etadi. Va, nihoyat, ruhning butunlay ozod bо‘lishi – nirvana holati yuz 
beradi. 
Dunyoviy kishidan ham, tarkidunyo qilgan rohibdan ham ma’lum axloqiy 
qoidalarni bajarish talab qilinadi. Chunki hayotning maqsadi ruhni yomon 
karmadan saqlash, yangi karmaning yuzaga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik, borini ham 
asta-sekin yо‘q qilib yuborishdan iborat. Buning uchun dunyoviy odam besh 
narsaga amal qilishi kerak: birinchisi – zarar etkazmaslik (axinsa), ikkinchisi – rost 
sо‘zlash (satya), uchinchisi – о‘g‘irlik qilmaslik (asteya), tо‘rtinchisi – zino 
qilmaslik (braxmacharya), beshinchisi – tamagirlik qilmaslik (aparigraxa). Mana 
shular insonning axloqiy mezonini tashkil qiladi. Bundan tashqari, u yana ikki asos 
chin e’tiqod va tо‘g‘ri bilim tamoyillariga ham amal qilishi lozim. Ularning 
birinchisi – jaynizm diniga e’tiqod qilishni bildirsa, ikkinchisi – ruhning abadiy 
ozodligi va hayotning har bir jismda mavjudligini bilishdir. Rohiblar uchun bir 
muncha murakkab qoidalar ishlab chiqilgan. 
Jaynizm ta’limoti borliqning ilohiyot tomonidan yaratilgani va uning borliq 
ustidan nazorat qilib turishini tan olmaydi. Unga kо‘ra, ruh – abadiy mavjudot, 
olam esa azaliydir. Ruh moddiy tanani engib о‘tib, abadiy hayotga etishi mumkin. 
Maxaviraning fikricha, dunyodagi har bir jism, uning jonli yoki jonsiz bо‘lishidan 
qat’i nazar, qandaydir darajadagi anglash xususiyati bilan yaratilgan. Shuning 
uchun jaynizmda axinsa – zarar etkazmaslik qoidasiga kо‘proq e’tibor beriladi, 
ya’ni jonli yoki jonsiz narsalarga ozor etkazmaslik talab qilinadi. 
Maxavira vedalarning ulug‘ligini inkor etdi va veda urf-odatlariga 
braxmanlarning hukmronligiga qarshi chiqdi. U insonni ma’naviy yuksaklikka olib 
boruvchi hayot qonunlarini, ashaddiy rohiblikni, ruhni ozodlikka olib chiquvchi 
deb hisoblangan nafsni tiyish fazilatini keng targ‘ib etdi. 
Maxaviraning ashaddiy rohiblik tamoyillari va sodda bayon qilingan ta’limoti 
kо‘pchilikni о‘ziga jalb qildi. Uning ganadxara (“maktab boshliqlari”) nomi bilan 
mashhur bо‘lgan 11 shogirdi bо‘lib, ular Maxavira vafotidan keyin uning 
ta’limotini davom ettirganlar. 
Jaynizmning asosiy qoida-tamoyillarini о‘z ichiga olgan 45 ta asar mavjud 
bо‘lib, ular Maxavira tomonidan bitilgan. Biroq mil. av. III asrda og‘zaki matnlarni 
kitob holatiga keltirish maqsadida qilingan harakatlar oqibatida jaynizm ikki oqim 
shvetambarlar yoki svetambarlar (“oq kiyim kiyganlar”) va digambarlar 
(“moviy kiyim kiyganlar”)ga bо‘linib ketgan. Digambarlar jaynizmning asl 
holatini saqlab qolishga kо‘proq ahamiyat berganlar. Ular Rishabxaning qadimiy 
qonunini yо‘qolgan deb hisoblab, shvetambarlardagi matnlarni haqiqiy emas deb 
e’lon qildilar. Jaynizmning ikki oqimga bо‘linishi har ikki oqimning о‘ziga xos 
urf-odatlari, kiyinishi va boshqa hayotiy qirralarning shakllanishiga sabab bо‘ldi. 
Vaholanki, ular asosiy diniy qoidalarda о‘zaro farqlanmaydilar. 
Hozirgi kunda dunyoda bir yarim milliondan ortiq jaynizm dini tarafdorlari 
mavjud. Ular, asosan, Hindistonning Rajputan, Gujarot va bir qator janubiy 
mintaqalari, Madxya, Bxarat shtatlarida istiqomat qiladilar. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin