Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Yahudiylik dini, tarixi, ta’limoti



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#120485
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
\'1-ÄÈÍ.ÁÓÄÄÀ.ÕÐÈÑÒÈÀÍËÈÊ.ÌÀÚÐÓÇÀ

Yahudiylik dini, tarixi, ta’limoti 
 
Yahudiylik dunyoda keng tarqalgan dinlardan biridir. Shu kunda Isroilda 4,7 
mln. (aholining 80 %), AQShda 6 mln. (40 % Nyu Yorkda), Rossiyada 1,5 mln., 


16 
G‘arbiy Yevropa davlatlaridan Fransiyada 0,6 mln., Buyuk Britaniyada 0,4 mln. va 
boshqa mamlakatlarda yashaydilar. 
Paydo bо‘lishi. Yahudiylik miloddan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida 
Falastinda vujudga kelgan, yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. 
Yahudiylik millat dini bо‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiy sо‘zining 
kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy о‘zining «Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida yozishicha, yahudiylar bu sо‘zni somiy 
tillaridagi hoda – «tavba qilmoq, tavba qilganlar» sо‘zidan kelib chiqqan deb da’vo 
qilsalar-da, aslida bu fikr notо‘g‘ri, «yahudiy» sо‘zi Banu Isroil xalqi ustidan 
hukmronlik qilgan YA’qub Payg‘ambarning о‘g‘li Yahudo nomiga nisbat berilgan. 
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil bо‘lib, Isroil – YA’qub 
payg‘ambarning ikkinchi ismi, banu – «bolalar» ma’nosini beradi, ya’ni – «Isroil 
avlodlari». 
Yahudiy xalqiga nisbatan ishlatiladigan yana bir atama yevrey sо‘zi zamonaviy 
adabiyotlarda «yahudiy» sо‘zining aynan tarjimasi sifatida ishlatiladi. Ammo bu 
ikki sо‘zning etimologiyasi turlicha: yevrey qadimiy somiy tillardagi ibriy 
sо‘zining о‘zgargan shaklidir. Ibriy sо‘zi (arab. ‘abara-ya’buru – «kechib о‘tmoq» 
fe’lidan) «kechib о‘tganlar» ma’nosini beradi. Tarixdan ma’lumki, yahudiy 
qabilalari Urdun (Iordan) daryosini kechib, hozirgi Falastin hududiga kelganlar. 
Shuning uchun ularga ibriylar yoki ibroniylar («kechib о‘tuvchilar») nomi 
berilgan. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin