Yozma manbalar
Qadimgi Rim tarixini an’anaviy xronologik chegarasi Rimshahrini barpo qilinishi 754—753-yillardan boshlanib, G'arbiy Rim imperiyasining qulashi 476-yil bilan tugallanadi. Rim tarixini o‘rganishda turli xil manbalar: Rim va Yunon tarixchilarining asarlari, tabiiy, ilmiy va badiiy adabiyot, huquqiy yodgorliklar,
arxeologiya, epigrafika, numizmatika va papirologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi. Rim tarixi bo'yicha eng qimmatli manbalardan biri bu yozma adabiyotdir. Er. aw. III asrdan boshlanib Rim xalqaro siyosatda yetakchi roi o‘ynashi bilan uning tarixi to‘g‘risida boy ma’lumotlar to'plana boshlandi. Er. aw. II asrda Polibiv kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Rimdagi fuqarolar urushi davri Gay Sallyustiy Krispning tarixiy monograflyalarida aks etdi. Rim respublikasini so‘nggi davridagi yirik siyosiy arboblar Sitseron va Sezaming asarlari, ilk imperiya davrida Tit Livivning Rim tarixi. eramizning I asrida Velley Patirkulning ham shu nomdagi asarlari yaratildi. Liviy târixïda Rimning ichki va tashqi siyosati, diniy hayoti to‘g‘risida boy ma’lumotlar berilgan. Velley Patirkulning ikki iildli asanda Rim butun dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlangan. Er. aw. I asr so'ngida Rimda yashagan yunon galikarnaslik Dionisiyning «Rim qadimiyatjari « nomli 20 kitobida Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan-9 j asi to'la saqlanib qolgan bo'lib, er. aw. 442-yilgacha bo‘lgan voqealar bayon qilinadi. ' Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit (eramizning I asrining 2-yarmi, I asrning boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim tarixiga oíd german qabilalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. II—III, asrlar tarixiga oid asarlar to‘la saqlanmagan. Ulami ichida IV asrda tuzilgan sAvgustlar tarixi yozuvchilari», «imperatorlar tarjimai hollari» kabi to‘plamlami ko'rsatish mumkin. So‘nggi imperiyaning yirik tarixchisi Ammian Martsellin asarlarida tarixiy voqealar eramizning 378-yiligacha bayon qilingan. Qadimgi Rim tarixi bo‘yicha muhim ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, Appian(II asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud. Bundan tashqari, tarixiy voqealami borishini tiklash uchun Askoniy Pidian (eramizning I asri), Lutsiy Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri yozuvchilarining yirik asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari, xronografiyalar va obzorlami ko‘rsatish mumkin.
Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida ahamiyatga ega. Bu yerdan topilgan qabrlar, uy-joylar, jamoat binolari, mudofaa devorlari, Rim forumi, suv quvurlari muhim arxeologik manba bo'lib xizmat qildi. Italiyalik arxeologlar hozirgi kungacha bu yodgorliklami tarixiy-madaniy jihatdan to‘la tadqiq qilib, Rim
tarixini qayta tiklashda ilmiy jihatdan qimmatli bo‘lgan 100 ga yaqin tadqiqotlarni e’lon qildilar. Rimning etrusklar davri, respublika imperiya davrlari, diniy hayoti bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar qadimgi kohinlar kollegiya jadvallari, qabrtosh yozuvlari, nasroniy dini kitoblari, nasroniy tarixchilarning asarlari orqali bilib olish mumkin. Rim davlatiga oid davlat aktlari, sénat qarorlari va sud hujjatlari Rim kalendari kabi tarixiy hujjatlar mavjud. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, komediya kabi yozma yodgorliklari bizgacha juda katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan birga Rim imperiyasi qaramog‘ida bo‘lgan Italiyadan tashqari Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada ko‘p miqdorda me’moriy
inshootlar: saroy-ibodatxona, mudofaa inshootlari qoldiqlari, ko‘priklar, portlar saqlanib qolgan.
Dostları ilə paylaş: |