Mavzu: rim tarixiga oid manbalar



Yüklə 27,4 Kb.
səhifə4/4
tarix12.01.2022
ölçüsü27,4 Kb.
#51224
1   2   3   4
Moddiy manbalar

Qadimgi Rim tarixi bo'yicha moddiy manbalar xilma-xil bo‘lib, Italiyaning paleolit va neolit davridan dalolat beradigan tosh qurollar, sopol idishlar, qoyatosh tasvirlari mavjud. Shimoliy va o‘rta Italiyada etrusk madaniyatiga tegishli bo‘lgan sog‘onalar, uy joy ibodatxona qoldiqlari topilgan. Rim shahrining o‘zida palatin, eskvilin va boshqa tepaliklarda hamda forumda ko‘p sonli qabrlar, ibodatxona poydevorlari, ona bo‘rining jez haykali, Serviy tulliy davridagi shahar devori qoldiqlari qazib ochilgan. Italiyaning boshqa shaharlarida ko‘p sonli arxeologik yodgorliklar mavjud. Jumladan, eramizning 79-yjlida vulqon otilishi natijasida kul ostiga qolib ketgan Pompeya va Gerkulanum shaharlari arxeologlar tomonidan to‘la qazib ochilgan. Bu shaharlardagi ko‘chalar, uylar, ibodatxonalar to‘laligicha saqlanib qolgan va eramizdan awalgi birinchi ming yillikdan eramizning II asrigacha mavjud bo'lgan shahar me’morchiligi to‘g‘risida boy ma’lumotlar beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarida ba’zida yozuvlar ko‘p bo‘lgan. Qazib ochilgan inshootlardan etrusk, latin, yunon yozuvlari topilgan. Bu yozuvlar bino devorlari, sopol idishlarda va toshlarga bitilgan. Vespasianning hokimiyati tog'risidagi senat qarori, An- oninlar davridagi kolonat munosabatlari to'grisidagi hujjatlar, xudolarga murojaat va boshqalar. Jami 10 mingga yaqin hujjatlar saqlanib qolgan. Misrning Rim imperiyasining turli bosqichlaridagi hayoti to'g'risida ma'lumot beradigan papirus yozuvlari Misrda topilgan. Rim tarixiga oid manbalardan biri qadimgi tangalar hisoblanadi. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, komediya kabi yozma yodgorliklari bizgacha juda katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan birga, Rim imperiyasi qaramog'ida bo'lgan Italiyadan tashqari Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada ko'p miqdorda me'moriy inshootlar: saroy-ibodatxona, inshootlari qoldiqlari, ko'priklar, portlar saqlanib qolgan. Rim tarixini o'rganish uyg'onish davridan lotin va yunon matnlarini to'plash va chop etishdan boshlandi. Antik mualliflarning asosiy asarlari XIV-XVI asrlarda izlab topildi. XVII asr oxirida fransuz olimi Abbat Tillemon- ning 16 tomli «Cherkov tarixi- kitobining 6 tomi Rim imperiyasi tarixiga bag'ishlangan. XVIII asrda fransuz olimi Monteske Rimliklarning buyukligi va halokati to'g'risida mushohadalar asarini Rim tarixini tahlil qilishga bagishladi. Eduard Gibbon (1737-1794 yillar) •Rim imperiyasining tushkunligi va yemirilishi» nomli asarida Rim tarixini Antoninlar davridan Konstantinopolning halokatigacha - 1453-yilgacha tasvirladi. Bu asar juda ko'p manbalar asosida yaratilgan. Navbatdagi asar Bartold Georg Niburning (1776-1831-yillar) 3 tomli "Rim tarixi» bo'lib, asar jamoa davridan birinchi Puni urushigacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan. Teodor Mommzen (1817-1903-yillar) 3 tomli Rim tarixi», 3 tomli «Rim davlat huquqi» asarlarini yozdi. Birinchi asarda Rim hayotining barcha tomonlari yoritiladi, asosiy e'tibor siyosiy tarixga qaratiladi. Ikkinchi asarda Rim davlat muassasalari (magistratura, komisiyalar, senat, munisepial kengashlar) tizimli yoritiladi.

XIX-XX asrlarda E. Meyer, E. Paysa, G. Ferrero va boshqa olimlarning asarlarida Rim tarixining turli muammolari yoritiladi. Bu asarlarda Rim davlati va jamiyati taraqqiyoti masalalari bo'yicha turli konsepsiyalar ilgari suriladi. «Kembrij qadimgi tarixi- ko'p jildli kitobning VII tomidan Rim tarixi bayon qilinadi, IX jilddan XII jildgacha to'la qadimgi Rim tarixiga bagʻishlangan. Boshida uncha ham katta polis-davlat bo'lmagan Rim mil. avv. 265-yilga kelib, butun Italiyani o'ziga bo'ysundirdi. Mil. avv. II asr o'rtalarida eng qudratli O'rtayer dengizi davlatiga aylandi. Milodiy I II asrlarga kelib, O'rtayer dengizi qadimgi sivilizatsi- yalarining ulkan madaniy merosini o'zlashtirgan bepoyon imperiyaga aylandi. Jahon tarixida antik madaniyatning buyuk yutuqlarini qabul qilgan, o'zlashtirgan va keyingi avlodlarga yetkazgan davlat va jamiyat sifatida Qadimgi Rim tarixi muhim ahamiyatga ega. Qadimgi Rim davlati va jamiyati tarixi uzluksiz taraqqiyot jarayonida bo'lgan iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy voqelikdir. Rim tarixi uning taraqqiyotini belgilovchi tarixiy jarayonlarga ko'ra, olti davrga bo'linadi: 1. Podsholik davrida Rim (mil. avv. VIII-VI asrlar). Bu davrda urug-qabila munosabatlari, tuzilmalari yemiriladi. Ilk sinfiy jamiyat paydo bo'ladi va Rimning bo'lajak siyosiy, ijtimoiy-iqti- sodiy taraqqiyotida asos bo'lib xizmat qilgan ilk davlat muassasalari shakllanadi.

2. Ilk respublika davri (mil. avv. V-III asrlar). U Italiyada quldor- lik jamiyati va davlatining uzluksiz taraqqiyoti bilan belgilanadi. 3. So'nggi respublika davri (mil. avv. Il-I asrlar). Bu davrda klassik qulchilik shakllanib, Rim O'rtayer dengizi davlati tashkil topadi. 4. Ilk imperiya yoki prinsipat (milodiy 1-II asrlar) davri. Bu davr Rim imperiyasining oltin davri. O'rtayer dengizi antik sivilizatsiyasining gullab-yashnashi, iqdisodiyot va madaniyatning o'sishi bilan belgilanadi; 5. Umumiy tushkunlik. Rim imperiyasining yemirilish xavfi (milodiy III asr). Bu davrda Rim jamiyatining barcha tuzilmalarida kuchli tushkunlik belgilari yaqqol ko'rinadi va Rim davlatchiligining halokati xavfi tug'iladi; 6. So'nggi Rim imperiyasi yoki Dominat (milodiy IV-V asrlar). Bu davr quldorlik jamiyatining yemirilishi, uning bag'rida feodalizmning ilk belgilari shakllanishi va G'arbiy Rim imperiyasining qulashi bilan belgilanadi, 5. Apennin yarim orolining qadimgi aholisi. Arxeologik

460 qazishmalar Italiyada odamlar paleolit davrida joylashganini tasdiqlaydi. Ular dastlab g'orlarda yashaganlar va ovchilik bilan shug'ullanganlar. Mil. avv. 1800-yillar atrofida Apennin yarim orollariga shimoldan yangi qabilalar kelib o'rnashdilar, Ularo'zlari bilan Terra-Marra (italyancha - qora unumdor yer») dehqonchilik madaniyatini olib keldilar. Bu qabilalar suvdan ko'tarilgan ustunlarga o'rnatilgan yoki to'g'ridan-to'g'ri qirg'oqda qurilgan uylarda yashaganlar. Keyinchalik bu madaniyatning vakillari lotin, samniy, umbr qabilalariga bo'linib ketdilar. Mil. avv. I ming yillik atrofida qabilalarning yangi to'lqini Villan madaniyatini (Boloniya yaqinidagi joy nomi bo'yicha) olib keldilar. Bu madaniyat vakillari mayitlarni gulxanda yoqib, kulini maxsus idishlarda saqlaganlar. Mil. avv. VIII asrda Italiyada ikki til guruhida so'zlaydigan: lotin-sikull, sabin-umbrlar qabilalar guruhi tashkil topdi. Lotinlar dastlab qadimgi Lat- siya hududida yashadilar. Umbrlar Tibrning yuqori qismida, samniylar tog'li Samniy viloyati, Shimoliy Kampaniya, Apuliya, Lukaniya va Bruttiyada hayot kechirganlar. Tili umbrlar va sabin qabilalariga yaqin bo'lgan volsklar lotinlardan janubdagi hududda joylashganlar. Aterna daryosining so'l qirg'og'ida vestin va marusin qabilalari yashaganlar. Ularning ijtimoiy munosabatlari mutlago ibtidoiy edi.



Xulosa

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak Qadimgi Rim tarixi noyob va juda katta ko'plab qadimiy yozma va moddiy manbalar saqlanib qolgan. Rim tashqi dushmanlar va ichki nizolarga qarshi ko'plab urushlarga qaramay insoniyatga juda qimmatli madaniy va badiiy meros qoldirgan.



Foydalanilgan adabiyotlar

Boynazarov F. A. Qadimgi dunyo tarixi. T: 2004.

Rajabov. Qadimgi dunyo tarixi. T: 2009.

Немировский А. И. История раннего Рима и Италия.



Воронеж, 1964.
Yüklə 27,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin