Mavzu: Rivojlangan davlatlarda davlat va huquqga oid fanlarning mazmuni va uni o‘qitishda ilg‘or tajribalar



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə5/16
tarix14.06.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#130328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Rivojlangan davlatlarda ta\'lim

7. Mustaqillik Finlyandiyada maktab bolani eng asosiysi - mustaqil muvaffaqiyatli hayotga o‘rgatishi kerak deya hisoblanadi. SHu bois u erda fikr yuritish va o‘z xohishiga ko‘ra bilim olishga o‘rgatiladi. O‘qituvchi yangi mavzularni so‘zlab o‘tirmaydi - barchasi kitobda bor. YOd olingan formulalar emas, ma’lumotnomadan, matndan, internetdan, kalkulyatordan foydalanish - joriy muammolar echimini topish uchun kerakli resurslarni jalb qilishni bilish muhim. SHuningdek, maktabdagi pedagoglar ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi mojarolarga ham aralashishmaydi, ularga hayotiy vaziyatlarga mustaqil tayyorlanish va o‘zlari uchun javob berish mas’uliyatini rivojlantirish imkoni beriladi. Finlyandiya maktablari bir xil bo‘lsa-da, ulardagi o‘quv jarayonlari turlicha tashkil qilingan.
Qachon va qancha vaqt o‘qiladi? Finlyandiyada o‘quv yili avgustda boshlanadi, ya’ni 8 avgustdan 16 avgustgacha, yagona kun yo‘q. O‘quv yili may oyi oxirida yakunlanadi. Kuzgi yarim yillikda 3-4 kunlik ta’til bor, shuningdek Rojdestvo munosabati bilan 2 haftalik ta’til beriladi. Bahorgi yarim yillik fevral oyidagi “chang‘i” ta’tilini ham o‘z ichiga oladi, bunda fin oilalari, qoidaga ko‘ra, oilaviy chang‘i uchishga borishadi. Bundan tashqari, bahorgi yarim yillikda Pasxa ta’tili ham bor. Ta’lim- besh kunlik, faqat kunduzgi smenada. Juma - qisqartirilgan kun.
Nima o‘rganiladi? 1–2 sinf: Ona (fin) tili va o‘qish, matematika, tabiat, din (e’tiqodiga qarab) yoki hayotiy tushunchalar (dinga qiziqmaydiganlar uchun), musiqa, tasviriy san’at, mehnat va jismoniy tarbiya. Bir darsda biryo‘la bir necha fan o‘tilishi mumkin.
3–6 sinflar: Ingliz tili o‘rgatila boshlanadi. 4-sinfda - tanlov asosida yana bir chet tili: fransuz, shved, nemis yoki rus tillari. Qo‘shimcha fanlar kiritiladi (tanlov asosida, har bir maktabda har xil): klaviaturada ishlash tezligi, kompyuter bilimlari, daraxt bilan ishlash, xor ijrosi. Deyarli barcha maktablarda musiqiy asboblarda o‘ynashni o‘rgatishadi, bolalar 9 yillik ta’lim davomida barcha musiqiy asboblarida o‘ynashni mashq qilib ko‘rishadi. 5-sinfda biologiya, geografiya, fizika, kimyo va tarix qo‘shiladi. 1-sinfdan 6-sinfgacha deyarli barcha fanlardan bir o‘qituvchi kiradi. Jismoniy tarbiya darsi haftada 1-3 marta istalgan sport o‘yini shaklida o‘tadi (maktabning tanlovi asosida). Darsdan keyin dush qabul qilish majburiy. Adabiyot bizning tushunchamizdagidek o‘qitilmaydi, bu ko‘proq shunchaki o‘qishni eslatadi. Fan o‘qituvchilari faqat 7-sinfdan kira boshlaydi.
7–9 sinflar: Fin tili va adabiyoti (o‘qish, o‘lka madaniyati), shved, ingliz tili, matematika, biologiya, geografiya, fizika, kimyo, salomatlik asoslari, din (yoki hayotiy tushunchala musiqa, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, tanlov asosidagi fanlar va mehnat (o‘g‘il va qiz bolalar ajratilmaydi). Barcha birdek sho‘rva tayyorlashni va arralashni o‘rganadi. 9-sinfda ikki hafta davomida “mehnat hayoti” bilan tanishiladi. Bolalar o‘zlari uchun istagan “ishchi o‘rni”ni topib, katta ishtiyoq bilan “ishga” borishadi.

Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin