Janubiy Koreyada maktab tizimi: o‘rta va yuqori maktablar Koreys tilida o‘rta maktab ―”chunxakyo”deb nomlanadi va “o‘rta maktab” ma’nosini beradi. O‘rta maktabda ta’lim majburiy, bepul va 3 yil o‘qitiladi. O‘rta maktabga 11 yoshdan oshgan, 12 yoshdagilar qabul qilinadi.
Boshlang‘ich maktabga nisbatan o‘rta maktabda ta’lim oluvchilarga ancha yuqori talablar qo‘yiladi. Sinf rahbarlari-xangыllar ta’lim oluvchilar hayotida muhim o‘ringa ega, ta’lim oluvchilar ularni qattiq xurmat qilishadi. O‘rta maktabda bir kunda 6 ta fan o‘qitiladi, shuningdek, alohida maxsus 7-dars ham bor. O‘quv dasturining negizini quyidagi fanlar tashkil etadi: matematika, koreys va ingliz tili, qator aniq fanlar, “qo‘shimcha”fanlar: san’at sohalari bo‘yicha, jismoniy tarbiya, tarix, xancha (xitoy peroglifi), etika, uy iqtisodini yuritish, kompyuter savodxonligi.Mashg‘ulotlar 45 daqiqa davom etadi. Boshlang‘ich sinfdagi 9 ta fanga, o‘rta maktabda yana 4 ta fan qo‘shilib, jami 13 ta fan o‘qitiladi. Maktabda chet tillariga e’tibor kuchli. Ko‘pchilik ingliz tilida bemalol gaplasha oladi.
Koreyalik ta’lim oluvchilar ingliz tilidan tashqari klassik xitoy tilini majburiy ravishda o‘rganadilar va 5-sinfdan boshlab, Xitoy tarixi o‘rgatiladi. Boshlang‘ich maktabdagi kabi o‘rta maktabda ham ta’lim oluvchi sinfdan-sinfga imtihonsiz o‘tadi. Ma’lum fanlar uchun imtihonlarning standart shakllari mavjud, fan o‘qituvchilar tavsiya qilingan o‘quv qo‘llanma va darsliklardan foydalanadilar. O‘rta maktabning ko‘plab ta’lim oluvchilari darsdan keyin qo‘shimcha kurslar “xagvonlar”ga boradilar, yoki xususiy repetitorlarga qatnaydilar. Alohida e’tibor ingliz tili va matematikaga qaratilgan. Ba’zi xavgonlar bitta fanga asoslanadi, ba’zilari barcha asosiy fanlarni
oladi. Bu o‘z navbatida maktab mashg‘ulotlarining yanada qiyin bo‘lgan ikkinchi qismiga aylanadi. Undan tashqari juda irodali ta’lim oluvchilar kurash turlari va musiqa maktablariga qatnashadilar. Ta’lim oluvchilar shu tariqa darsdan keyin uylariga juda kech qaytadilar.