Real maktablar Real maktablar ikkinchi bosqich I ga qarashli bo‘lib, odatda 5-10 sinflarni o‘z ichiga oladi. 7-sinfni bitirib, real maktabga o‘tishni hoxlagan asosiy maktab ta’lim oluvchilari uchun real maktabning alohida 3 sinf varianti mavjud. Real maktab yuqori darajali kengaytirilgan umumiy ta’lim beradi va ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlash, mas’uliyat hissi, insonlarga raxbarlik qilish ko‘nikmalariga, yuqori talab qo‘yadigan kasb egalari bo‘lishi uchun kasbiy ta’lim kurslariga tayyorlaydi.
Ta’lim oluvchilar ularga tavsiya etilgan o‘quv yo‘nalishlaridan bitta asosiysini tanlab olish imkoniga ega. Bu tabiiy-matematik, texnik, lingvistik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-tibbiy, musiqiy-badiiy yo‘nalish bo‘lishi mumkin. Har bir maktabda tavsiya qilinayotgan fanlar aniq. U maktablararo va FElararo farqlanadi. Real maktabni etarli yuqori darajadagi baholar bilan bitirgan bitiruvchi II bosqichdagi o‘quv muassasasiga kirish huquqiga ega.
Barcha ta’lim oluvchilar chet tilini bilishlari shart. Asosiy maktablarda chet tilini tanlash huquqi yo‘q, faqat ingliz tili o‘rganiladi. Real maktablarda esa bir necha chet tilini tanlash tavsiya etiladi, ta’lim oluvchi bittasini tanlaydi. Real maktablarda o‘qish yuqori darajada olib boriladi, fanlarni tizimlashtirishga katta e’tibor beriladi. Haftasiga darslari soni 30dan 34gacha bo‘ladi.
Boshlang‘ich va asosiy maktab o‘qituvchisi ixtisosligini olganlar malaka oshirish kursiga qatnashib, imtihon topshirib real maktablarda dars berish imkoniga ega bo‘ladilar.
Gimnaziya Gimnaziyalar umumta’lim o‘quv muassasalari hisoblanadi. Unda o‘qish 5-13-sinfgacha 9 yil davom etadi. 11-13gacha o‘qiydiganlar gimnaziyaning yuqori bosqichi deb ataladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan gimnaziya bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kirish huquqini beruvchi etuklik attestati oladi. Umumiy etuklik attestati beruvchi, hohlagan yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtiga kirish xuquqini beruvchi gimnaziyalar va “fan gimnaziya”lari mavjud. Bunday tipdagi maktablar ta’limning ikkinchi bosqichi IIga tegishlidir. Bu gimnaziyalarda aniq kasblar sohasiga zarur bo‘lgan bilimlarni berishga alohida e’tibor qaratiladi.