Mavzu: Rivojlangan davlatlarda davlat va huquqga oid fanlarning mazmuni va uni o‘qitishda ilg‘or tajribalar



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə11/16
tarix14.06.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#130328
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Rivojlangan davlatlarda ta\'lim

Fan gimnaziyalariga real maktabni bitirganlik haqidagi attestat bo‘lsagina qabul qilinadi. Bu gimnaziyalarda ta’lim davomiyligi 3 yil. Bitiruvchilar fan etuklik attestatini oladilar, bu esa ma’lum doiradagi fanlarni o‘rganish uchun oliy o‘quv yurtiga kirish xuquqini beradi.
Gimnaziyada o‘qitishdan maqsad: umumta’lim bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish va shular asosida ta’lim oluvchilarni zamonaviy ma’lumotlarni olish va qayta ishlashning ilmiy metodlari bilan tanishtirish, oliy o‘quv yurtida muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. 5-10sinflar 11-sinfda boshlangan individuallashtirilgan ta’lim dasturi uchun poydevor yaratish vazifasini bajarishga mo‘ljallangan. Gimnaziyaning o‘ziga xos xususiyati fanlarning differensial tuzilgani bo‘lib, ta’lim oluvchiga tanlash imkoni beriladi. Masalan, chet tillar soni va ularni navbatma-navbat o‘rganish, 9-sinfda ta’lim oluvchiga aniq yo‘nalishdagi fanlarni (tabiiy-matematik, ilmiy-iqtisodiy, musiqiy-badiiy) tanlash imkoni beriladi. SHunga ko‘ra gimnaziyalar maxsus xarakterga ega bo‘ladi va an’anaviy klassik, tabiiy-matematik va zamonaviy tillar turlariga bo‘linadi. Undan tashqari iqtisodiy, pedagogik, qishloq xo‘jaligi, texnik- texnologik, ijtimoiy-ilmiy, musiqiy gimnaziyalar va kommunal xo‘jalik gimnaziyalar bor.
Klassik gimnaziyalarda albatta lotin, yunon va birorta zamonaviy til o‘rganilishi shart. Tabiiy-matematik gimnaziyalarda matematika, fizika, ximiya chuqur o‘rganiladi. Gimnaziyaning yuqori sinflarida asosiy, ya’ni xamma uchun majburiy kurslar, hamda individual tanlangan o‘ta qiyin (yuqori) kurslar kiritilgan.
Aralash (umumiy) maktab
Birlashgan maktab 5-10 (7-10) sinflarni o‘z ichiga oladi. U ikkinchi bosqich Iga qarashli. Birlashgan umumiy maktabning maqsadi: barcha ikkinchi bosqich I maktablari fanlari, kurslarini bitiruv attestati
talablari bilan birlashtirishdir. U o‘quv muassasalari va ikkinchi bosqich II kasbiy ta’lim kurslariga o‘tuvchi bitiruvchilarni tayyorlaydi. Undan tashqari, aksariyat umumiy maktablarda o‘qitish kurslari mavjud, uni muvaffaqiyatli yakunlagan ta’lim oluvchi oliy o‘quv yurtiga kirish xuquqini oladi.

Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin