4. Ta’lim II ning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga gimnaziyaning yuqori sinflari, shuningdek kasbiy ta’lim va muassasalarda kasbiy ta’lim kiradi. Muassasalarda kasbiy ta’lim “dual tizim” deb ham ataladi, unda ta’lim va ishlab chiqarishda amaliyot 2 yil davomida olib boriladi, bu o‘qishni tugatish o‘rta ta’limni tugatish bilan teng bo‘lib, yakunida faqat kasbiy sohada o‘qishni davom ettirish mumkin. Gimnaziyada 3 yil o‘qib, ta’lim oluvchilar umumiy shahodatnoma “etuklik attestati”- oladilar, bu ularga istagan oliy o‘quv yurtiga kirishga imkon beradi.
5. Ta’limning uchinchi bosqichi oliy ma’lumot haqida diplom beruvchi oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish o‘quv muassasalari.
Germaniyada oliy ta’lim Germaniya oliy o‘quv yurtlari o‘zining ko‘p asrlik an’analari va buyuk ma’rifatparvarlari bilan faxrlanadi. Universitet ta’limining reformatori Vilgelm fon Gumboldt joriy qilgan “ilm-fan va ta’lim birligi” tamoyili hanuz amalda bo‘lib, bu o‘z navbatida ilmiy izlanishlar bilan o‘qituvchilar ham, o’quvchilar ham shug‘ullanishi lozimligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda mazkur ideal qarash birmuncha o‘zgargan bo‘lib, o’quvchilar foydali kasb va amaliy ko‘nikmalar egallash tarafdoridirlar. SHu bois ham Germaniyada “oliy maxsus maktablar” (Fachhochschulen)juda ommalashgan, unda o‘qish muddati kam, o‘quv dasturi universitetlarga qaraganda amaliyotga yaqinroq.
GFR ta’lim tizimi umumevropa ta’lim tizimiga integratsiyalashgan: o‘quv muassasalarining barcha turlari Evropa Ittifoqi (EI) dasturini amalga oshirishga mo‘ljallangan, EI davlatlari ta’lim standartlari unifikatsiya (bir xillashtirish) qilingan, diplomlar bu davlatlarda kuchga ega. Germaniya uzoq davrlardan beri fan va madaniyat markazi sifatida mashhurdir. SHiller, Gyote, SHneger, Gumboldt, Kant, Gegel va boshqalar kabi buyuk shoirlar, yozuvchilar, filosoflar va jamoat arboblari hammaga tanish. Germaniyada o‘rta asrlarda tashkil topgan 1-universitet mavjud. Eng qadimiy universitet bu Geydelberg universiteti bo‘lib, 1386 yil tashkil topgan. 1388 yil tashkil topgan Kyoln universiteti qadimiy universitetlardan sanaladi. Bu o‘quv muassasalari qadimiy an’analari va klassik ta’limi bilan mashhurdir.
Hozirgi kunda universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari soni sezilarli darajada ortdi, ta’lim tizimi ham o‘zgardi. Avvalgiday gumanitar ta’lim an’analari muhim o‘rinni egallaydi, lekin texnik ta’lim, nazariya bilan amaliyot birligi, fanlararo ta’lim ham birinchi o‘ringa chiqmoqda. Oliy o‘quv yurtlari fan va texnikaning oxirgi yutuqlariyo‘nalishlarni aks ettiruvchi dasturlarni kiritmoqdalar. SHu maqsadda o‘quv rejalari qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Germaniyada 300dan ortiq oliy maktablar bo‘lib, ular 16ta Federal erlarda joylashgan. SHulardan Geydelberg universiteti eng qadimiy bo‘lib, 1385 yil tashkil topgan. Turli mutaxassisliklar bo‘yicha 400dan oshiq o‘quv dasturlari juda keng tanlash imkonini beradi, bunda istagan mutaxassislikni egallash va fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish mumkin.
Germaniya OO‘YUlarida “akademik erkinlik” hukmron, ya’ni qat’iy o‘quv reja yo‘q, majburiy ma’ruzalar kam, o’quvchilarning tanlov imkoniyati ko‘p. SHu bois ham o‘z yurtida qat’iy tartibga o‘rgangan chet ellik o’quvchilar o‘quv yilining boshida birmuncha qiynaladilar. Bu haqda AQSHning Viskonsin shtatidan kelgan Djon Vulf “Mustaqil ishlashga o‘zingni tayyorla. Bu erda professorlarni AQSHdagiga nisbatan kamroq ko‘rasan. Ustingdan nazorat ham yo‘q. Men bu erda bilimni o‘qituvchi uchun emas, o‘zim uchun egallash lozimligini o‘rgandim”-deydi.
Germaniya Federativ Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi asosiy qonuniga” ko‘ra har bir fuqaro o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, o‘z iqtidori, moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o‘qish joyi va kasb tanlash xuquqiga ega. Ta’lim sohasidagi bunday siyosatning maqsadi har bir shaxsning qiziqishi va talablarga javob beradigan malakali tayyorgarlikni olish imkonini berishida imkon qadar ko‘proq yordam berishdan iboratdir.
Germaniyaing har bir fuqarosi butun hayoti davomida umumiy, oliy va kasbiy ta’lim olish imkoniyatiga ega. CHunki Germaniya yuqori rivojlangan sanoat davlatlaridan biri bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj katta. Germaniya xukumati turli sohalarda sifatli mutaxassis kadrlarni tayyorlashga manfaatdor. SHu bois nemis ta’lim tizimining rivojlanishiga katta miqdorda mablag‘ ajratiladi.