Mavzu: romantizm adabiyoti (G‘arbiy yevropa). ReJA



Yüklə 45,25 Kb.
səhifə2/10
tarix03.02.2023
ölçüsü45,25 Kb.
#82613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-k filologiya J.Adabiyoti 6-mavzu

Nemis romantizmi. Germaniyada Fransiyada bo‘layotgan voqyealarni zo‘r qiziqish bilan kuzatib bordilar. Germaniyaning ilg‘or vakllari ularning qoloq, o‘nlab mustaqil knyazliklarga bo‘lingan mamlakatida inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lmasligiga ko‘zlari yetdi. Shuning uchun ular maonaviy sohada inqilob qilishga harakat qildilar.
Nemis romantiklari idealist Fixte falsafiy qarashlarini yoqlab chiqdilar. «O‘z diqqat-etiboringni seni o‘rab turgan atrof-olamga emas, balki o‘zingga qarat» (Fixte).
O‘z intilish va harakatlari tufayli inson yanada yaxshi bo‘lishi mumkin va bo‘lishi kerak. Bunda unga yordam berish kerak. Nemis romantiklarining asosiy vazifa va maqsadi ana shundan iborat edi.
Bu yerda Gofman, Shamisso, Hyeyne (ilk ijodi) va Byuxerlar ijod qiladi.
Nemis romantiklarining katta ishlaridan biri-xalq og‘zaki ijodini o‘rganishlari bo‘ldi. Yakob (1785-1863) va Vilpgelpm (1786-1859) Grimmlar folpklorning estetik qimmati yuksak qadrlaganlardan edi: Ularning tarix, til tarixi, huquq va mifologiya bo‘yicha bir qancha ilmiy maqolalar mavjud. Ammo ularga xalqdan yozib olingan 3 tomli va 200 ta ertakdan iborat «Bolalar va xonadon ertaklari» (1812-1822) katta shuhrat keltirdi. Ertaklarni ular butun Germaniya bo‘ylab yurib turli toifa odamlardan yozib olishadi.
Ertaklarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: sehrli, hayvonlar haqidagi (Bo‘ri va yetti echkicha», «Bremen muzikantlari») va maishiy ertaklar.
Barcha ertaklarda mehnatni sevuvchi, dono, sabr-toqatli qahramonlar doimo g‘alaba qozonishadi.
Pushkin «Oltin baliq va baliqcha haqida» ertagi uchun «Kambala baliq haqidagi ertak» epizodidan foydalangan.

ERNST TeODOR AMADeY GOFMAN (1776-1822).
Gofmanning fantastik novella va romanlari nemis romantizmining eng katta yutug‘i hisoblanadi. U muhitni aql bovar qilmaydigan (irotsional) holda qabul qiladi, chunki shunday holda dunyoviy uyg‘unlik (garmoniya) mumkin emas.
Gofman asarlarida ko‘pincha personajlarning ikkiga ko‘payish hollarini kuzatish mumkin. U XIX asr yozuvchilari orasida birinchi bo‘lib, inson naturasining ikkiga ko‘payishini ochdi. Yaoni, Gofman asarlarida insonning qarama-qarshi hislatlari alohida, aralashmagan holda maydonga chiqadi.
Bo‘lajak yozuvchi Kyonisbergda tug‘ildi. Huquq fakulptetini bitiradi. Tirikchilik vajidan boy byurgerlarning qizlarini musiqaga o‘qitadi. 1814 yilda to umrini oxirigacha Berlinda yashaydi. Gofman umr bo‘yi nochorlikda hayot kechirdi.
Sanoat va sanoatkor mavzusi - Gofman ijodining asosini tashkil etadi. Uning asrlarida iqtidorli musiqachilar, sanoatkorlar doimo Germaniyaning zerikarli, pastkash hayotida bo‘g‘iladilar, o‘z ideallari va nemis hayoti o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ko‘rib azob chekadilar.
1809 yilda “Umumiy musiqa gazetasi”da “Kavler Glyuk” novellasi bosilib chiqadi. Bundan so‘ng kompozitor Kreyeslerga bag‘ishlangan boshqa asarlari ham paydo bo‘lgan va ularni “Kallo ruhidagi fantaziya” to‘plamiga biriktiradi (1814-1815). (Jak Kallo – XVII asr fransuz rassomi). Ushbu to‘plam hikoyalari markazida musiqachi va kompozitor Iogan Kreysler turadi. Kreysler - darbadar musiqachi. U juda ham istedodli bo‘lsa-da tirikchilik uchun ko‘chada kezib yurishga majbur. U sanoatni hayotdan ham ustun qo‘yadi. Haqiqiy sanoat ko‘plab burjua – zodogonlar uchun tushunarli emas. Ushbu jamiyatda sanoat ularning past, jirganch, maonaviyatdan uzoqdagi hayotini bezash, ovunish uchun xizmat qiladi xolos.
Gofmanning «Sinnober laqabli mitti Saxes» (1819) ertagidagi voqyealar mitti nemis knyazligida yuz beradi. Romantik bo‘yoqlarda tasvirlangan barcha voqyealar Gofman yashagan davrini hajviy qiyofasini ochib tashlaydi.
Gofman hayotidagi qarama-qarshiliklarini «qora va yorug‘» kuchlar kurashi sifatida tasvirlaydi. Qora kuchlar – boylik, mansabparstlik, egoistik ko‘rinishlari. U bu kuchlarni chizishda groteks va satiradan unumli foydalanadi. Ular baozida dahshatli kuchlar sifatida tasvirlanadi. Yorug‘ (sof) kuchlar esa insonning sof xislari va uning orzu hayollar dunyosidir.
Gofmanning «Magnitizor» da «Qo‘rqinchili mehmon» novellalarida sevgi yirtqich instinkt sifatida tasvirlanadi. Birinchi novellada Alpban ismli yigit baron xonadoniga keladi. Baronning Mariya ismli qizi bo‘lib, u Ippolit degan yigitga unashtirilgan edi. Alpban Mariyani sevib qoladi va asta-sekin uni o‘ziga bo‘ysundirib, ixtiyorini o‘ziga bog‘lab qo‘yadi. Ippolit bilan Mariyaga nikoh o‘qilayotgan paytda qiz hushsiz yiqiladi. U endi Alpbansiz yashay olmas edi. Alpbanning yirtqichlarcha istagi Mariyani halok etadi.
Gofmanning «Mushuk Murning xotiralari» romani (1821) ham juda mashhurdir.

Yüklə 45,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin