Mavzu: romantizm adabiyoti (G‘arbiy yevropa). ReJA



Yüklə 45,25 Kb.
səhifə6/10
tarix03.02.2023
ölçüsü45,25 Kb.
#82613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-k filologiya J.Adabiyoti 6-mavzu

Nazorat savollari:

  1. «Chaylpd Garolpd» dostonsida qanday anoanalar ko‘zga tashlanadi?

  1. «Yahudiy ohanglari»da shoir qanday obrazlarga murojaat qiladi:

  2. Bayron o‘zining «Manfred» dostonsida qanday lirik qahramonni yaratdi?

  3. Shoir sheoriyatining ideal qahramonlari qanday shaxslar?



Adabiyotlar:

  1. Q.Azizov, O.Qayumov. Chet el adabiyoti tarixi.

  1. A.Anikst. Istoriya angliyskoy lit-rq, M., 1956

  2. M.yelizarova i dr. Istoriya zarubejnoy lit-rq XIX veka, M., 1972.

  3. Dhyakonova N.Ya. Liricheskaya poeziya Bayrona. M., 1975.

  4. Jirmunskiy V.M. Bayron i Pushkin, M., 1978.

  5. Vinogradov A. «Bayron». M., 1985.

  6. Bayron. Saylanma, sheorlar, dostonlar, T., 1974

18-MAVZU: ReALIZM VA TANQIDIY ReALIZM. (yeVROPA ADABIYoTIDA ReALIZM).

ReJA:

  1. Adabiyotda realizm tushunchasi.

  1. Fredik Stendal ijodi.

  2. Onore de Balzak ijodi.

  3. Angliyada tanqidiy realizm. Charzl Dikkens ijodi.

  4. Uilyam Tekkerey ijodi.

Borliqni, inson va uni o‘rab turgan dunyoni xarakterli tomonlarini aks ettiruvchi uslub sifatida realizmni ilk bor toshlarga solingan suratlarda, antik davr asarlarida uchratishimiz mumkin. Biz uyg‘onish davri, ma'rifatparvarlik davri realizmining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin. Ammo burjua aloqalari asosida yetilgan adabiy oqim sifatida XIX asrning 30-40 yillarida shakllanadi. (Bu vaqtga kelib burjua sinfi va ishchilar orasida ziddiyat kelib chiqdi. Shu ziddiyat negizida esa adabiyotga olamni tanqidiy realistik aks ettirish tamoyili paydo bo‘ldi).


XIX asr realizmini unga xos bo‘lgan tadqiqotga moyilligini (analitizm) hisobga olib «tanqidiy» yoki «klassik» deb ataydilar. Chunki realizmga xos bo‘lgan xususiyatlar XIX asarda shakllandi.
(Tanqidiy realizm romantizm va realizmning uyg‘unligidan pado bo‘lgan).
M.B.Xronchenkoning fikricha realizm shaxs va jamiyatning doimiy xarakatida, dinamik aloqalarda aks ettiradi. Buning uchun badiiy tasvirning turli formalaridan foydalaniladi.
Roman faqat o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lgan holda, boshqa adabiy sistemalar «kashfiyotlaridan» foydalanadi, ularni to‘ldiradi. Masalan, asr boshlarida romantizmga xos bo‘lgan tipiklashtirishning bir qancha hususiyatlarini qabul qilsa, asr oxirida naturalizm va simvolizm yutuqlaridan foydalanadi.
«Realizm» termin paydo bo‘lishiga Shanflyori va Dyuranti boshchiligidagi bir guruh fransuz yozuvchilari sababchi bo‘ldilar.Ular 50-yillarda ushbu termin bilan haqqoniy avtor munosabatisiz, borliqni aks ettirilishini atadilar.
Realistik sanoat o‘z tadqiqotlarida fan kashfiyotlariga, avvalombor, jamiyat rivoji haqidagi fanlarga tayanadi. (20-30 yillarda Angliya va Fransiyada tarix fanining rivoji. Buyuk ingliz iqtisodchisi Adom Smitning Tannarx, jamiyatining sinfiy sutrukturasi haqidagi tadqiqotlari va boshq.)
Realist dunyoqarashining shakllanishida dunyoviy bilimlarda erishilgan kashfiyotlar ham katta rol o‘ynaydi.
(XVIII asr o‘rtalarida K.Linniy o‘simliklari va hayvonot dunyosining birinchi klassifikatsiyasini tuzdi. J.Byufonning barcha jonzotlarning birligi va uning turlarining muhit almashuviga qarab o‘zgarishi haqidagi fikri. J.Kyuve XIX asr boshlarida tirik organizm organlari orasidagi aloqa va ularning bir-biriga ta'siri haqidagi fikri va boshq.) Balzak ham «Insoniyat komediyasi»ni so‘zboshisida Kyuve va Sent - Ilerlarning tilga olib o‘tadi.
Realizmining umumiy qonuniyatini ishlab chiqqan, milliy hususiyatlarini shakllantirgan yozuvchilar sarasiga Fransiyada F.Stendal, O.Balzak, P.Merime, G.Flober, Sh.Bodler, P.J.Beranje;
Angliyada – Ch.Dikkens, Utekkeriy, E.Gaskell, Sh.Bronte, J.Eliot, Amerikada esa realistik sanoatning muhim bir davri deb U.Uitmen, G.Bicher–Stou ijodi, romantizm ko‘proq saqlanib turgan Germaniyada esa Geyne va Fontane ijodining so‘nggi davrlari kiradi.
Fransuz realizmining shakllanishi mamlakatdagi muhim siyosiy voqyealar bilan bog‘liq. Ayniqsa 1830 y. iyul inqilobi katta ahamiyatga ega.
1831-34 yillar ionlar qo‘zg‘aloni. Lui Filipp monarxiyasi krizis holatga keladi.
Revalyusiyadan so‘ng 1830-31 yillarda matbuotning roli oshdi. Gazetalarda professional jurnalistlardan tortib student, etikdo‘zgacha o‘z maqollariri bilan qatnashadilar.
Fransuz adabiyotida realizmning hukmronlik davrini ikki bosqichga bo‘lish mumkin: 1) Realizmning paydo bo‘lishi va tan olinishi (20-yillarning oxiri va 40-yillar) Beranje, Merimi, Stendal, Balzak.
2) 50-70 yillar. G.Flober nomi bilan bog‘liq (1848 yildan keyingi adabiyot)
Realizmning metod-sifatida paydo bo‘lishi 20-yilllarning oxiriga, asosiy rolni romantiklar o‘ynagan davrga to‘g‘ri keladi. 1830yil revalyusiyasidan so‘ng ularni ijodiy yo‘llari turlicha bo‘lgan.
Realizmning gullab-yashnagan davri 30-40 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu esa Stendal, Balzak, Merime kabi realist yozuvchilar ijodlari bilan bog‘liq. O.Balzak «Inson komediyasi»da. «Fransuz jamiyati o‘ziga-o‘zi tarixchidir. Men esa uning tarixini tasvirlovchi oddiy kotibman» deydi.


Yüklə 45,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin