UILPYaM TeKKeReY. (1811-1863)
Angliyada tanqidiy realizmning yirik vakillaridan biri. Hindistonning Kalkutta shahrida tug‘ilgan. 6 yoshida onasi o‘limidan so‘ng Angliyaga qaytadi. Bu yerda u bilim oladi. 2 yil Kembridj universitetida ta'lim oladi.
Adabiy faoliyatini 1840 yili jurnalist sifatida boshlagan. Uni o‘tkir ocherk, parodiya va karikaturalari «Panch» hajviy jurnalida bosiladi.
U ko‘plab xajviy hikoyalar, qissalar va bir necha romanlar yozgan. («Snoblar kitobi») (1847)» Shuhratparastlik g‘ulg‘ulasi» (1848) «Pendonis» (1850), «»Npyukomler» (1855) va boshqalar.
Tekkerey ijodida satira va ijtimoiy asosiy o‘rinni egallaydi. Bu borada u Dikkensdan bir oz farq qiladi. Dikkens ijodkorning vazifasi ijtimoiy hayotning faqatgina salbiy tomonlarini ochib tashlashdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak, u o‘quvchiga o‘sha illatlar bilan qanday kurash yo‘llarini ko‘rsatib berish kerak deb hisoblaydi. Tekkerey uchun muhimi – hyech qanday pardozlarsiz hayotiy haqiqatni ochib tashlash. Uning realistik estetikasini asosini «Haqiqat har doim ham yoqimli bo‘lavermaydi, lekin haqiqat barcha narsadan afzal», insonni tabiiiy holda tasvirlamoq kerak» kabi tezislar tashkil etadi. Ular uning eng yaxshi asarlari uchun asos bo‘ladi. (Navoiy: Xiradmand chin so‘zdin o‘zgani demas, Valekin har chin ham degulik emas.)« Shuhratparastlik g‘ulg‘ulasi» romanida Angliyaning XIX asr I yarmidagi hayoti keng tasvirlanadi. Asardagi voqyealar Angliya poytaxtida, London atroflaridan Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya davlatlariga ham ko‘chadi. Qahramonlar esa turli tabaqa vakillari (Aristokratlar, parlament a'zolari, chinovniklar, harbiylar, o‘qituvchilar va boshqalar). Ular «g‘ulg‘ula» (yarmarka) qonunlari asosida yashadi. Bunda inson qimmati kapitalining miqdori bilan o‘lchanadi. Bu muhitda yozuvchi asarda asosiy o‘rinni egalovchi bosh qahramon topishga qiynaladi. Asarga «qahramonsiz roman» sarlavhasi qo‘yilgan.
Tekkerey asarining bunday nomlanishiga XVII asr Angliya yozuvchisi Jon Benyanning «Ziyoratchining yo‘li» (1678) asari sabab bo‘ldi. Allegorik - falsafiy bu asarida bir sayyohning Shuhratparastlik (London) shahriga kelishi hikoya qilinadi. Payshanba kunlari bu shaharda barcha-barcha (uy, yer, mansab, mamlakatlar, bola-chaqa, ota-ona, hayot, oltin…) narsalar sotiluvchi yarmaka bo‘ladi.
Tekkerey zamonaviy Angliyani ham shunday yarmarkaga o‘xshatadi. Asarga qo‘g‘irchoq obrazi ham kiritilgan. Adabiyotlar: Azizov Q. Qayumov O. Chet el adabiyoti tarixi. T., O‘qituvchi, 1982.
Istoriya fransuskiy lit-rq. M., 1951. T.2
Balzak Onore de. Gobsek, Sag‘ri teri tilsimi.T., Adab va san'at. 1981.