Mavzu: Sanash, sanashning turli tizimlari


Katta guruhda son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish. Son va sanoq



Yüklə 9,71 Kb.
səhifə3/3
tarix01.02.2023
ölçüsü9,71 Kb.
#82253
1   2   3
Mavzu Sanash, sanashning turli tizimlari

Katta guruhda son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.
Son va sanoq.
Bolalarga to‘g‘ri usullardan foydalanib 6, 7, 8, 9, 10 sonlarining hosil bo‘lishi bilan tanishtirish. Bu sonlar doirasida sanashni o‘rgatish: bir qator qo‘yilgan predmetlarni sanab, sonni tartib bilan aytish, sonni ot bilan moslashtirib, oxirgi sonni sanalgan predmetlarga taalluqli qilib aytish. Masalan, “Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti - hammasi bo‘lib oltita kitob”.
Bolalarga predmetlarning ikki guruhini qiyoslashni mashq qildirish (“Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti – hammasi bo‘lib yettita sabzi”, “Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti – hammasi bo‘lib oltita quyon. Yettita ko‘p, oltita kam. Agar quyonlarga sabzilarni berib chiqsak, bitta sabzi ortib qoladi”).
10 gacha bo‘lgan sanoq va tartib sonlarni o‘rgatish, “Nechta?”, “Nechanchi?”, “Sanoq bo‘yicha nechanchi”, “Qancha?”, “Qaysi?”, “Nechanchisi?” “Jami qancha?” savollariga javob berib, sanoq va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish.
Soni 10 gacha bo‘lgan ikki guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash, tenglashtirish, bittaga kamaytirish va bittaga orttirish.
Predmetlarning kam guruhiga yetishmagan predmetni qo‘shishni yoki ko‘p guruhdan bitta ortiqcha predmetni olishni va guruhlar o‘rtasida bir xil miqdordagi har xil predmetlardan iborat tenglik hosil qilishni o‘rgatish. (“Kartochkaning yuqori qatorida oltita olma, pastki qatorida yettita nok, noklar olmalardan bitta kam. Agar yana bitta nok qo‘ysak olmalar va noklar soni teng bo‘ladi”).

Katta guruhda bolalarga har bir son o‘z ichiga ma’lum sondagi birliklarni olishi haqida bilim berish zarur. 5 ichidagi sonlarning birliklardan iborat tarkibi haqidagi tasavvurlar ham konkret misollarda shakllantiriladi.


Tayyorlov guruhda son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish
Son va sanoq.

Bolalarda 10 gacha bo‘lgan predmetlarni to‘g‘ri va teskari sanash ko‘nikmasini mustahkamlash, ko‘rsatilgan songa binoan predmetlarni sanab chiqishni mashq qildirish.
0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar bilan tanishtirish.
1-10 gacha bo‘lgan sonlarning har biri uchun oldingi va keyingi sonni topishni bolalarga mashq qildirish; 1-10 sonlari o‘rtasidagi nisbatni tushunishni mustahkamlash; istagan sondan boshlab to‘g‘ri va teskari tartibda son nomini aytish, “gacha va keyin”, “oldingi va keyingi” iboralarni tushunish.
10 gacha tartib bilan sanash, miqdor va tartib sanoqni farqlash, “qancha?”, “qaysi?”, “hisob bo‘yicha nechanchisi?” degan savollarga to‘g‘ri javob bera olish. Turli holatda joylashgan (doira bo‘ylab, kvadrat ichida, bir qator) 10 gacha bo‘lgan bir xil va turli xil predmetlarning sonini aniqlashni mashq qildirish.
Ikki kichik sondan 10 gacha bo‘lgan sonlarni hosil qilishga (aniq material asosida) o‘rgatish.

10 gacha bo‘lgan sonni o‘zidan kichik bo‘lgan ikkita songa (buyumlar misolida) ajratish. Masalan, “Senda 10 ta yong‘oq bor, uchtasini akangga berding. O‘zingda nechta qoldi?” degan savol bilan murojaat qilish.


15 gacha sanash ko‘nikmalarini (ko‘rgazmalilikka tayanib) takomillashtirish. 10 dan 15 gacha bo‘lgan raqamlar bilan tanishtirish.
Yonma-yon turgan sonlarni qiyoslashni mashq qildirish (12-11 dan 1 ta ko‘p, 11 esa 12 dan 1 ta kam). Sonlardan har birini 1 taga oshirish va kamaytirishga o‘rgatish (15 gacha bo‘lgan sonlar ichida).
Bolalarni (ko‘rgazmalilik asosida) arifmetik masalalar va uning strukturalari bilan tanishtirish.
1 dan 20 gacha sanashni o‘rgatish. 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar o‘rtasidagi munosabatlarni (ko‘rgazmalilikka tayanib) tushunishni mustahkamlash. (16 soni 15 dan 1 ta ko‘p, agar 16 ni 1 ga kamaytirilsa 15 bo‘ladi; 15 soni 16 dan 1 ta kam, agar 15ga 1 ta qo‘shsak 16 bo‘ladi).
15 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning raqamlar bilan belgilanishi bilan tanishtirish. Aytilgan yoki raqam bilan belgilangan sondan keyin keluvchi va oldingi sonning nomini aytishga o‘rgatish.
Sonni ikkita kichik songa ajratib terib qo‘yishga (20 gacha), ko‘rgazmalilik asosida va ikkala kichik sondan yaxlit sonni tuzishga o‘rgatish.
Oddiy arifmetik masalalarni tuzish va yechishni mashq qildirish. Vazifalarning yechimini «yozishda» sonlarning raqam belgilari va amal belgilari: plyus (+), minus (-), barobar (=) dan foydalanish.
Misollarni raqamlar yozilgan kartochkalar yordamida ifodalab yechishga o‘rgatish. +3 ko‘rinishidagi qo‘shish, -3 ko‘rinishidagi ayirish usuli bilan tanishtirish;
bunday ko‘rinishda 3 sonining tarkibiy qismidan foydalanish (Masalan: qo‘shishda 5+3; 5+1+2; 5+2+1; ayirishda 8-3; 8-2-1 yoki 8-1-2).
Xulosa.
Maktabgacha ta'limda bolalarga elementar matematikani o'rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki bilimlarning boshlang'ich ya'ni fundamental qismi maktabgacha ta'limda beriladi.
Shuning uchun har bir guruh bolalariga aniq va qiziqarli, tushinarli qilib tushintirib berish lozim.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.http.//. www. fayllar.org.
2.http.//.www.arxiv.uz
Yüklə 9,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin