Mavzu: “San’at” rivojlanish markazida tasviriy faoliyat turlarini faollashtirish Kirish


Bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash uchun



Yüklə 93,54 Kb.
səhifə6/6
tarix20.09.2023
ölçüsü93,54 Kb.
#146198
1   2   3   4   5   6
Mavzu “San’at” rivojlanish markazida tasviriy faoliyat turlarin

Bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash uchun

guruhda taxminiy kun tartibi.



8:00-12:00 (4 soat)

1 smena

Qabul qilish, ko‘rik, ertalabki jismoniy tarbiya


8:00-8:40


Ertalabki uchrashuv


8:40-9:00


O‘yin shaklidagi ta’lim faoliyati


9:00-10:30


O‘yin, mustaqil mashqlar, loyihaviy faoliyat


10:30-11:00


Engil nonushta (rejalashtirilgan bo‘lsa)


11:00-11:15


sayr, bolalarning uylariga ketishi


11:15-12:00


Pedagoglar uchun kunduzgi tushlik ovqatga tanaffus


12:00-12:30


Pedagoglarning ikkinchi smena mashg‘ulotlariga tayyorlanishi


12:30-13:00



13:00-17:00 (4 soat)
2 smena

Qabul qilish, ko‘rik


13:00-13:40


Bolalar bilan uchrashuv


13:40-14:00


O‘yin shaklidagi ta’lim faoliyati


14:00-15:30


O‘yin, mustaqil mashqlar, loyihaviy faoliyat


15:30-16:00


Ikkinchi tushlik (rejalashtirilgan bo‘lsa)


16:00:16:15


Sayrga tayyorgarlik. Sayr, bolalarning uylariga ketishi


16:15-17:00



10-ilova. Namunaviy mavzuviy rejalashtirish
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash uchun
mashg‘ulotlarni guruhda bir haftaga taxminiy taqsimot.



Hafta kunlari


Tarbiyachining bolalar bilan

1 smenadagi faoliyati


Pedagog


O‘tkazilish vaqti



Dushanba

1. Tabiat bilan tanishish(tashqi dunyo bilan tanishish )


2.Kognitiv tadqiqot faoliyati
(dunyoni bilish)
3. Musiqa


Tarbiyachi


Tarbiyachi
Musiqa rahbari

9.00 -9.25


9.30 – 9.55
10.00 – 10.25



Seshanba

1.Ikkinchi tilni o‘rganish


2. Matematika
3.Applikatsiya (Mahoratli qo‘lchalar)
Dizayn / Modellash / Qo‘lda ishlash / applikatsiya


Pedagog
Tarbiyachi


tarbiyachi


9.00 - 9.25


9.30 – 9.55
10.00 – 10.25



CHorshanba

1.Nutqni rivojlantirish


2. Jismoniy tarbiya
3. Qurish-yasash

Tarbiyachi


tarbiyachi
tarbiyachi

9.00 - 9.25


9.30 – 9.55
10.00 – 10.25



Payshanba

1.Matematika


2. Kognitiv tadqiqot faoliyati
(tashqi dunyoni bilish)
3. Musiqa


Tarbiyachi


tarbiyachi

Musiqa rahbari


9.00 - 9.25


9.30 – 9.55

10.00 – 10.25





Juma

1.AVGDeyka savodxonlikka o‘rgatish


2.Jismoniy tarbiya
3.Rasm chizish

Tarbiyachi


tarbiyachi
tarbiyachi

9.00 - 9.25


9.30 – 9.55
10.00 – 10.25



Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash uchun mashg‘ulotlarni guruhda bir haftalik taxminiy taqsimoti.


Hafta kunlari


Tarbiyachining bolalar bilan

2-smenadagi faoliyati


Pedagog


O‘tkazilish vaqti



Dushanba

1. Tabiat bilan tanishish Tashqi dunyo bilan tanishish /


2.Kognitiv tadqiqot faoliyati
(dunyoni bilish)
3. Musiqa


Tarbiyachi


tarbiyachi
Musiqa rahbari

14.00 -14.25


14.30 – 14.55
15.00 – 15.25





Seshanba

1.Ikkinchi tilni o‘rganish


2. Matematika
3. Applikatsiya (Mahoratli qo‘lchalar)
Dizayn / Modellash / Qo‘lda ishlash / applikatsiya


Pedagog
Tarbiyachi


tarbiyachi


14.00 - 14.25


14.30 – 14.55
15.00 – 15.25



CHorshanba

1.Nutqni rivojlantirish


2. Jismoniy tarbiya
3. Qurish-yasash

Tarbiyachi


tarbiyachi
tarbiyachi

14.00 - 14.25


14.30 – 14.55
15.00 – 15.25



Payshanba

1.Matematika


2. Kognitiv tadqiqot faoliyati
(tashqi dunyoni bilish)
3. Musiqa


Tarbiyachi


tarbiyachi

Mus. Rahbari


14.00 - 14.25


14.30 – 14.55

15.00 – 15.25





Juma

1. AVGDeyka savodxonlikka o‘rgatish


2.Jismoniy tarbiya
3.Rasm chizish

Tarbiyachi


tarbiyachi
tarbiyachi

14.00 - 14.25


14.30 – 14.55
15.00 – 15.25

2.2. “San’at” rivojlanish markazida tasviriy faoliyat turlarini faollashtirishda zamonaviy uslublardan foydalanish


Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab olindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.

Xulosa
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan,
1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilabolindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 
3. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan “Davlat talablari”. 2018-yil 3-iyul, ro‘yxat raqami 3032.
4. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.
5. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etishda tarbiyachilarni tayyorlash bo‘yicha trening moduli. T.: 2017-y.
6. “Bolangiz maktabga tayyormi?” O’zb Res. Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi, Ma’rifat-Madadkor nashriyoti.
Yüklə 93,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin