Mavzu: sanoat ishlab chiqarishining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari



Yüklə 21,73 Kb.
səhifə2/5
tarix04.10.2023
ölçüsü21,73 Kb.
#152014
1   2   3   4   5
14 тармок икти

2. Asosiy fondlarni baholash
Amaliyotda asosiy fondlarni baholashning quyidagi turlari ko‘llaniladi:
1) dastlabki to‘la qiymat orqali belgilangan baho;
2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho;
3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho;
4) ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash bahosi.
Dastlabki to‘la qiymat orqali belgilangan baho (Ob) aso­siy fondlarning sotib olingan bahosi (Sb), asosiy fondlarni olib kelish uchun sarflangan transport xarajatlari (Xt) va mon­taj xarajatlari (Xm)ni o‘z ichiga oladi:
Ob=Sb + Xt+Xm
Bu baho korxona (firma)ning asosiy ishlab chiqarish fondalarini sotib olish va ishga tushirish uchun kilgan xaqiqiy xarajatlarini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich korxona (firma) balansida xisobga oli­nadi. Ammo acociy fondlarning dastlabki to‘la qiymat orqali belgilangan baxosi ularning hajmini va turli yillarda ko‘rib ishga tushirilgan korxona (firma)lar asosiy fondlarini taqqoslash uchun yetarli emas, shuning uchun asosiy fondlarni baxolashda ularning qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan bahodan foydalaniladi.
Baxolashning bu usuli asosiy fondlarning har xil davrda ish­lab chiqilgan va olingan baholarini hozirgi sharoitdagi baxoda ifodalash imkoniyatini beradi. Bu baho bir xil iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan asosiy fondlarni baxolashda bir xil qiymatlarda ifodalash, korxonalar ko‘rsatkichlarini taqqoslash va fondlar samaradorligini oshirish zaxiralarini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Qiymatni qaytadan tiklash orqali belgilangan baho amaldagi asosiy fondlar­ning jismoniy holati va ma’naviy eskirishini xisobga olgan holda qayta baxo qo‘yish orqali aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, asta-sekin ishdan chiqa boradi. SHuning uchun bu fondlarga baxo belgilashda ularning ishdan chiqqan va eskirgan qismi xisobga olinadi. Bunda aynan shu sababli asosiy fondlarni qoldiq qiymati orqali baholash xam qo‘llaniladi. Ularning qoldiq qiymati ikki yo‘l bilan aniqlanadi: a) asosiy fondlarning ish­dan chiqkan (tuzigan) qismini ularning dastlabki to‘la qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat; b) asosiy fond­larning ishdan chiqqan (tuzilgan) qismini qaytadan tiklangan qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat.
Asosiy fondlar juda eskirib, yaroqsiz holga kelgan, qaytadan tiklash, kapital ta’mirlash yoki modernizatsiya qilish natija bermaydigan xollarda ularni ishlab chiqarishdan olib tash­lash zarur bo‘lib qoladi. Bunday xollarda asosiy fondlarni ish­lab chiqarishdan olib tashlash bahosi aniqlanadi. Bu baxo ishdan chiqqan, ishlab chiqarishdan chiqarib tashlanadigan asosiy fond­larni (temir-tersak narxida) realizatsiya qilish bahosidir.



Yüklə 21,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin