4. Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisob-kitob qilish, ulardan foydalanishning samaradorligini ifodalash uchun juda ko‘p ko‘rsatkichlar kerak bo‘ladi. Ularni bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin:
asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatini ifodalovchi ko‘rsatkkchlar;
ulardan foydalanish darajasini, ularning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
ishlab chiqarish fondi bilan qurollantirish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
- integral ko‘rsatkichlar.
Bu ko‘rsatkichlar tizimida ayniqsa, fond qaytimi ko‘rsatkichi va fondorentabellik ko‘rsatkichi alohida o‘rin egallaydi.
Fond kaytimi bir so‘mlik asosiy fond ishtirokida qancha mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida xisoblanadi:
Fk = Q/Fas,
Bu erda: Fk - fond qaytimi (so‘m hisobida);
Q - ishlab chikarilgan maxsulot qiymati (so‘m hisobida);
Fas - asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati.
Fond sig‘imi fond qaytimiga teskari ko‘rsatkich bo‘lib, ma’lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun qancha asosiy fond kerakligini ifodalaydi va quyidagi formula asosida xisoblanadi:
Fs = Fas/Q
Mexnatning fond bilan ta’minlanganligi xar bir ishlovchi hisobiga qanchadan asosiy vositalar to‘g‘ri kelishini bildiradi va u quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Fbt = Fas/Xym,
Bu erda: Xym - xodimlarning yillik o‘rtacha miqdori (kishi hisobida).
Asosiy fondlardan foydalanishni ifodalaydigan ko‘rsatkichlardan yana biri jihozlardan foydalanish ko‘rsatkichlaridir. U jihozlardan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffitsientlarini o‘z ichiga oladi:
a) ekstensiv foydalanish koeffitsienti (Ke). U jihozlarning rejali ish vaqti fondida (Tjr) haqiqiy ishlagan vaqti (Tjx) darajasini ko‘rsatadi:
Ke = Tjx/ Tjr,
b) intensiv foydalanish koeffitsienti (Kin). U jihozlarning minimum mahsulot ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdoriga (Mch) nisbatan haqiqiy ishlab chiqargan mahsulot miqdori (Mx) darajasini ko‘rsatadi:
Kin - Mx/Mm.
Dostları ilə paylaş: |