Mavzu: sanoat korxonalarida maxsulotlar ishlab chiqarish raqobotbardoshligini oshirish istiqbollari reja


Ishlab chiqarish chiqindilari va zaharli moddalar



Yüklə 36,8 Kb.
səhifə6/10
tarix22.12.2023
ölçüsü36,8 Kb.
#190484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu sanoat korxonalarida maxsulotlar ishlab chiqarish raqobot-fayllar.org

Ishlab chiqarish chiqindilari va zaharli moddalar

Ishlab chiqarishda foydalaniladigan yoki texnologik jarayonlarni amalga oshirish davrida ajralib chiqadigan turli xil agressiv va zaharli kimyoviy moddalar, jumladan, qishloq хо‘jaligida ishlatiladigan kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlar, tibbiyotda va dori-darmon tayyorlashda, atirupa, attorlik mollarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddalar ham inson sog‘ligiga katta ziyon yetkazmoqda. Shu sababli, ishlab chiqarishga kimyoning hozirgi suratda kirib borishi insoniyat oldiga yangi muammolarni qo‘ymoqda Тo‘g‘ri, kimyo bizning hayotimizni yengillatishga va bezashga katta yordam beradi. Kimyoviy moddalar yordamida o‘simliklarning hosildorligini oshirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini uzoq vaqt saqlash, qayta ishlash mumkin. Undan atir-upa, tibbiy dori-darmonlar, uyro‘zg‘ог buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi vaqtda 45 ming turga yaqin kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va aholiga sotilmoqda, shuningdek, jahon bo‘yicha 300 mln. tonnaga yaqin organik moddalar ishlab chiqarilib, ular yordamida milliondan ortiq buyumlar tayyorlanmoqda. Lekin ishlab chiqarishda foydalanilayotgan ushbu kimyoviy moddalar ma’lum miqdorda havo, suv va oziq-ovqatlar orqali inson tanasiga ham kelib tushmoqdaki, buning natijasida turli xil yuqumli kasalliklar yuzaga kelmoqda. Chunki ayrim kimyoviy moddalar zaharlilik xususiyatiga ega bo‘lsa, ayrimlari allergenlik (allergik kasalliklarini keltirib chiqarish xususiyati), konserogenlik (rak kasalligini keltirib chiqarish xususiyati), mutagenlik (naslga ta’sir etish xususiyati) va teratogenlik (chala yoki mayib-majruh tug‘ilishni yuzaga keltirish xususiyati), fibrogenlik (tanadagi to‘qimalar birikmasining ajralishi) xususiyatlariga egadir. Bunday kimyoviy moddalarga, ayniqsa, og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob), noorganik gazlar (oltingugurt ikki oksidi, is gazi, azot oksidi, ozon), kremniy ikki oksidi (DDT, xlorli vinil va boshqalar) misol bo‘lishi mumkin. Ushbu kimyoviy moddalar alohida holda ham, aralashma holda ham inson sog‘lig‘i uchun juda xavfli hisoblanadi. Keyingi yillarda rak kasalligining ko‘payishi, turli xil kasalliklarning yangi turlarini vujudga kelishi, asosan, kimyoning ta’siridandir. Germaniyalik olimlarning ko‘rsatishicha, 1975-yildagi rak bilan kasallangan 20 yoshgacha bo‘lgan erkaklar soni 1955yilga nisbatan 3 barobarga ko‘paygan. Qishloq xo‘jaligida har yili minglab tonna o‘g‘itlarning ishlatilishi natijasida ayrim zaharli kimyoviy moddalarni o‘simlik orqali inson sog‘lig‘iga ta’sir etishi kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha 1,2 mll. tonnaga yaqin pestitsidlar (biotsidlar) ishlab chiqarilmoqda. Bularning ichida xlorli uglevodorod (DDT) va fosforning organik birikmasi – Ye - 605 o‘ta zaharli hisoblanadi. Masalan, DDT tuproqda 30 yilgacha saqlanishi va o‘zining zahar-lilik xususiyatini уo‘qotmasligi mumkin. Hozirgi vaqtda DDTning ma’lum miqdoridagi konsentratsiyasi molyuskalar, baliqlar, parrandalardan tortib, Shimoliy va Boltiq dengizi tyulenlari tanasida hamda antraktida baliqlari va parrandalari tanasida ham topilmoqda.

DDT inson tanasining yog‘ to‘qimalarida to‘plana borib, nerv sistemasini, jigar, yurak va jinsiy a’zolar faoliyatini buzilishiga, ma’lum konsentratsiyaga yetgach esa o‘limga olib keladi.
Shu sababli, barcha zaharli moddalarning me’yoriy miqdorini, уa’ni cheklangan ruxsat etilgan miqdorini (REM) aniqlash va ular ustidan qattiq nazorat o‘rnatilishi talab etiladi. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan va hosil bo‘ladigan 700 dan ortiqroq zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari aniqlanib standart-lashtirilgan va ular ustidan davlat nazoratlari o‘rnatilgan.



Yüklə 36,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin