Savod orgatishda analitik-sintetik tovush metodi
Analitik-sintetik (tovush-tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. SHu bois analitik-sintetik tovush metodi an’anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonida vujudga kelgan tamoyillarga ega.
Metodning an’anaviy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Savod orgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga kora ta’limiy va ostiruvchi xarakterda boladi, nutqiy mashqlar orqali aqliy osishini ta’minlaydi, oqishning ongli bolishini talab etadi.
2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga bolinadi.
Bunda yozuvga orgatish oqishga orgatish bilan parallel holda olib boriladi.
3. Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan quyidagilarga etibor qaratiladi:
a) savod orgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi;
b) oqish birligi sifatida bogin olinadi, bogin ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonida bolgan tamoyillari quyidagilardir:
1. Talim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod orgatish jarayonida oquvchilarga differentsial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda oqish va yozishga tayyorligiga bogliq).
2. Oqitishning istiqboli nuqtai nazaridan: grammatika, soz yasalishi, imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish.
3. Psixolingvistik nuqtai nazaridan: tovush va harfni oqitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, talimning tarbiyaviy va ostiruvchi xarakterini hisobga olish.
Ta’lim jarayonida oquvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim tamoyillaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar.
Alifbe sahifalarida dostlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, kattalar mehnati, bolalar oyinlari, oila, maktab hayotiga oid rasmlar berilgan, turli mavzularda matnlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |