Bolalarning savod o’rgatishga tayyorligini o’rganish
Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgust oyida, hatto undan oldin bahordan boshlanadi. Bunda 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga boriladi, suhbat o’tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi.
Tanishish natijasini hisobga olish va nutqiy tayyorgarlikni organish uchun quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:
1. Oqish konikmasini aniqlash.
a) sozni sidirga oqiydi;
b) boginlab oqiydi;
2. Yozuv konikmasi.
a) hamma harfni yozishni biladi, soz yozadi (bosma yoki yozma);
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi.
a) sozni boginlarga boladi;
b) soz yoki bogindagi tovushni ajratadi;
4. Ogzaki boglanishli nutqi. SHerni yoddan oqish.
a) 3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;
5. Ogzaki boglanishli nutqi. Ertak aytish.
a) bir yoki bir nechta ertakni biladi va aytib bera oladi;
b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
6. Ogzaki boglanishli nutqi. Fikr bayon qilish (Rasmda nimalar korayotganingni aytib ber).
a) 20 sozdan ortiq boglanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi;
b) 10 tadan 20 tagacha soz, bir necha gap tuza oladi;
SHuningdek, bu jarayonda bola nutqining sintaktik qurilishi ham, foydalanadigan sozlar doirasi ham organiladi, toplangan materiallar ikki variantda yoziladi.
Malumki, oquvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi. Oquv materiallari 1-sinf oquvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. SHunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan oquvchilarning ozlashtirishlari turlicha boladi.
Oqituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi oquvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham oquv materiali Alifbe” hisoblanadi, unga qoshimcha tarzda tarqatma materiallardan, jadvallardan, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |