Savod orgatish jarayoni Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod orgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bolinadi1:
a) alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta);
b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).
Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi oquvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va oquv qurollari bilan tanishtirish, nutq ostirishga oid mashqlar otkazib, fonematik eshitishni ostirishdan iboratdir.
Alifbogacha tayyorgarlik davri, oz navbatida, quyidagi 2 bosqichga bolinadi:
1. Harf organilmaydigan bosqich(1 hafta).
2. Unli tovush va harf organiladigan bosqich (1 hafta). Tayanch sozlar asosida gap tuzdirish, Alifbe sahifalaridagi sozlarning talaffuzi, oqilishi va manolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bogliq ravishda izchil davom ettirib boriladi).
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o’rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi.
2-bosqichda unli tovush-harflar o’rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch xususiyatini o’quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim.
SHuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga orgatish kozda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf ortasidagi chegaraga qatiy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi malumotlar kitob ochtirilmay beriladi.
Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etib, unda oquvchilar alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi.
Oquvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar oqishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun boginga bolish, bogin chegarasini aniqlash, bogindan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bogin tuzish va oqish, bogin-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.
3) organilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi () va joja, jurnal, jirafa, tong, song, bodring, choynak, shudring va shu kabi sozlarni oqishga orgatiladigan bosqich.
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, ularning soz manosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar otkaziladi (ziyrak-siyrak, dil-til kabi).
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli sozlar: korib (korip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti)..
Yuqoridagi kabi sozlarni oqish bilan boginlab oqish malakasi takomillashadi: oquvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan sozlarni ham togri oqishga organadilar.
.Adabiyotlar: O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. // Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi // O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi, 7-maxsus son. T.: SHarq, 1999.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti // Boshl. ta’l. jurnali. Toshkent, 2005. №5. 5, 6, 8-9-betlar.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi o’quv dasturi // Boshl. ta’l. jurnali. Toshkent, 2005. №5. 21- 33 – betlar.