Reja: Savod orgatish jarayoni haqida umumiy malumot, uni tashkil etish.
alifbening qiyosiy-tanqidiy tahlili
Savod orgatish jarayoni davrlari:
a) alifbegacha (tayyorgarlik) davri, uning mohiyati;
b) alifbo (asosiy) davrning oziga xos xususiyatlari.
4. Savod orgatishda oquvchilar bilim va konikmalariga qoyiladigan talablar.
5. Savod orgatish boyicha oqish darsining tuzilishi.
6. Alifbeni orgatish boyicha yozuv darsining tuzilishi.
Foydalanilgan adabiyot
Analitik-sintetik tovush metodida savod orgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon 2 davrga bolinadi:
a) alifbegacha tayyorgarlik davri (2 hafta)
b) alifbo (asosiy) davr 31 dekabrgacha davom etadi. (120 soat 60 soat oqish, 60 soat yozuv darsi)
Alifbogacha tayyorgarlik davri 2 bosqichga bolinadi:
a) tovush-harf yozilmaydigan bosqich (2 hafta) oqish darsi (8 soat)
b) harf yozilmaydigan bosqich (2 hafta) yozuv darsi (8 soat)
Savod orgatish jarayonidagi darslar faniga kora ikki turli:
A) Alifbe darsligi asosidagi oqish darslari
B) YOzuv daftari asosidagi yozuv darslari
1-bosqichning asosiy vazifasi oquvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, ogzaki va yozma nutq haqida gap, nutqning gaplardan tuzilishi, soz, gaplarning sozlardan tuzilishi; bogin, sozlarning boginlardan tuzilishi, sozlarning boginlarga bolinishi; tovush, boginlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini orgatish, ulardan amaliy foydalana bilish konikmalari hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida oquvchilarning boglanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga Alifbeda berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, ozlari bilan sher,ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qoshiqlar, latifalardan ayttirish lozim.
Tayanch sozlar asosida gap tuzdirish, Alifbesahifalaridagi sozlar, ularning manolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bogliq ravishda izchil davom ettirib boriladi)
Bu bosqichdagi yozuv darslarida oquvchilarga daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan tanishtirish, harf elementlarini yozishga orgatish, namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash oz-ozini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish kabi konikmalar hosil qilinadi.
2-bosqichda harf elementlarini yozishga orgatiladi.
SHuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga orgatish kozda tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf ortasidagi chegaraga qatiy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqida malumot kitob ochirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf korsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, koramiz, oqiymiz) ham izchil ravishda oquvchilarni ozlashtirishlarini hisobga olgan holda ochila boriladi.
Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etadi. Unda asosan oquvchilar unli, undosh tovush va unli, undosh harflar bilan tanishtiriladi. Unli va undoshlar osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. A, o, i unlilari, undoshlar oldin sonor tovushlar (n, m, l) e, o, u unlilari keyin esa b, k, d, t, s kabi undoshlar songroq ikki tovushni ifodalaydigan j, harf birikmalarini (ng, ch, sh), tovush bildirmaydigan harf tutuq belgisi bilan tanishtiriladi. Tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar oqishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun boginga bolish, bogin chegarasini aniqlash, bogindan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bogin tuzish va oqish, bogin-tovush, tovush-harf, tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.
Bu davrda boginlab oqish asosan shakllantiriladi: ikki harf yopiq, ikki harfli ochiq, uch harfli yopiq boginlar (il, ol, la, lo, nom, lim) oqishga orgatiladi.
Alifbo davrini organiladigan tovush-harfning murakkablini hisobga olib 3 bosqichga ajratish mumkin;
1-bosqichda o-na, a-na, il, in, bi-lan, tuzilishidagi sozlar;
2-bosqichda echki, un, on kabi artikulyasiyasi qiyin bolgan r, q, v, f kabi undoshlar va yolbars, dost, rasm kabi tuzilishidagi sozlar;
3-bosqichda harf birinmalari ng, ch, sh 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi va jurnal, jirafa, tong, song, bodring, choynak, shudring kabi sozlar oqishga orgatiladi.
Alifbe davrining oxirida oquvchilar quyidagi bilim va konimalarga ega bolishlari zarur:
f) hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda togri talaffuz qilishi;
b) sozni bogin, tovush, tovush-harf tahlilini bilishi sozdagi tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni soz va boginga ajrata olishi;
v) kesma harf va boginlardan soz tuza olishi va oqishi;
g) 2-3-4 boginli sozlarni boginlab oqishi, adabiy-orfoepik talaffuz bilan oqishi;
d) gaplarni ohangiga rioya qilib oqishi;
e) oqigan matnining mazmunini tushunib, ongli oqishi;
j) oqigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab berishi;
z) oqigan matniga sarlavha topishi;
i) togri, tez, ongli va ifodali oqish malakalari shakllantirilishi.
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi kichik va bosh yozma harflarni togri shakllantirish, harflarni togri ulash, alifbeda oqilgan bogin, soz va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bogin, soz, gap diktantlarni yozish konikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, koruv, talimiy, diktant yoza olishlariga erishish, umuman grafik malakani shakllantirish. Savod orgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 3\2 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha soz yoza olishlari talab qilinadi.
Malumki, 1-sinfga oquvchilar har xil tayyorgarlik bilan keladi. Oquv materiallari 1-sinf oquvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. SHunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan oquvchilarning uni ozlashtirishlari turlicha boladi. Bu savod orgatish jarayonida oquvchilarga differensial va individual yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish talimning barcha bosqichlarida ham yaxshi natija beradi.
Differensial yondashishda oquvchilar guruhlarga bolinadi, har bir guruhning saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi. Sinf oquvchilari 3 guruhga bolinishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda ishlab chiqiladi.
Oqituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi oquvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham oquv materiali qoshimcha alifbe hisoblanadi, unga qoshimcha alifbe uchun qoshimcha tarqatma materiallardan, jadvallardan mustaqil ishlardan foydalaniladi.
Alifbedagi oquv materiali yoki oqilayotgan matnning qiyin orni oldin tayyorligi puxta oquvchiga, song bosh oquvchiga oqitiladi. Bazi oquvchilar bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham togri keladi.
YAngi material organiladigan oqish darsida ishning asosiy turlari: organiladigan yangi tovushni sozni (shu tovush soz boshida, ortasida, oxirida kelgan sozni) bogin-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. YAngi tovush ajratiladigan sozni oquvchilar rasm asosida ozlari tuzgan gaplari ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu sozning sxemasi modeliga asoslanadilar. Masalan, archa. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, artikulyasiyasi (nutq organlarining tovush chiqarishdagi ishi) mashq qilinadi.
Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Boginlar oqitiladi.
Sozlarni avval doskada, keyin Alifbedan oqish. Harf, boginlardan harf terish kartonida soz, soz birikmasi, gap tuzish (oqish), soz manosi ustida ishlash.
Matnni oqish va tahlil qilish, uni qayta oqish, rasmni matnga bogliqligini belgilash.
Nutq ostirish: lugatni boyitish, soz birikmasi, gap ,boglanishli hikoya tuzish.
Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qoyish, yangi organilgan tovushni unli va undoshga kiritish, yangi harfni ilgari organilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokozo.
Organilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovushni ajratish, yangi harf bilan tanishtirish, mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek qoshimcha sozlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni oqish va tahlil qilishga, korgazma vositalari bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, abak, sirli mato, rasmlar va b.) nutq ostirishga, oyinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari organilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi. Tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
Birinchi uchragan sozlar bilan ishlash; ochiq boginlar bir undosh bilan tuziladi va oqiladi, yopiq bogin esa unli bilan tuzilgan ochiq boginni oqib keyingi undosh oqiladi va soz toliq tuziladi.
YAngi soz urgusi qoyilgan holda beriladi, bu uni oqishga, boginlab oqishdek sintetik oqishga (sozni butunicha oqishga) yordam beradi.
YAngi sozni doskada katta bosma harflar bilan yozish oquvchilarga oqitish tavsiya qilinadi. Soz shivirlash bilan oqiladi, kesma harf bogin bilan yoziladi.
Syujetli (rasmning asosiy mazmunini bildiradigan) rasmga qarab oqituvchi yordamida, uning yollovchi soroqlari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va analiz qilish). YAngi bogin, soz tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato kabilarning va yangi sozni doskada va daftarda yasashning ahamiyati juda katta. Oqish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik kop bolsa, ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, oqish shunchalik ongli, qiziqarli boladi, malaka puxta shakllantiriladi. Bola endigina oqiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yoqotmaslikka, shuningdek, hatto, sozdagi keyingi harfni,keyingi sozni yoqotmaslikka orgatish juda muhimdir. Bu vazifani savod orgatishning boshlangich bosqichida xatchop(oqiyotgan betni belgilab qoyish uchun kitob ichiga solib qoyiladigan qogoz yoki lentacha) va tayoqcha bajaradi. Oqilayotgan qatorni kuzatib borish konikmasi sinf oquvchilaridan ortogining xatosini togrilashni talab qilish bilan ham erishiladi. Oquvchilar bu talabni qizganib bajaradilar, shu yol bilan ularda darsga, oqishga etibori jalb etiladi.
Savod orgatishning birinchi kunlaridayoq oqish ongli bolishi, bolalarni ongli oqishga orgatish juda muhim. Soroqlar yordamida oqilganlarni bola qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. Oqishdan oldin otkazilgan tayyorlov suhbati ham oqilgan matn yuzasidan otkazilgan suhbat ham shu maqsadga ongli oqish uchun xizmat qiladi. SHaroitga qarab, bolalarga nimanidir oqishni talab qiladigan problemali holatni yaratish ham zarur. Bunday problemali holatni javobini Alifbedan yoki terish matosidan oqiladigan topishmoq yaratishi mumkin. Bunday maqsadni problemali savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida ham amalga oshiriladi. Masalan, Qishda qushlar qaerga uchib ketadilar? (Harf terish matosida: Issiq olkalarga uchib ketadilar.) Mana shu kabi tayyorlov mashgulotlari oqishning yuqori darajada ongli bolishini taminlaydi va shu bilan birga, bolalar koz ongida oquv mehnati ozlashadi, ularni qiziqtiradi.
Ongli oqishni ifodali oqishdan ajratib bolmaydi. Ammo analitik oqishning birinchi bosqichida ifodali oqish mumkin emas, chunki bolalar sozda urguli boginni ajrata olmaydilar, tugallangan intonasiyani, soroq intonasiyasini, hatto orfoepik togri oqishni ham bera olmaydilar. SHuning uchun analitik oqish bosqichida sozni yaxlit, orfoepik qayta oqish tavsiya qilinadi. Bunday qayta oqish togri intonasiyaga, ifodalilikka rioya qilib oqishga orgatibgina qolmay, oqishning ongli bolishiga ham yordam beradi.
Savod orgatishning birinchi darslaridayoq oquvchilarga tabaqalashtirib (differensial) yondashish (bunda oquvchilarning oqishga tayyorgarliklaridagi farqlarni hisobga olinadi) amalga oshiriladi.
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlar taqqoslashga, ularning soz manosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar otkaziladi. (ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyasiyasi qiyin bolgan undoshlar ng (tong), lab-tish undoshi v, qorishiq undosh s, ch, jarangli portlovchi j va jarangli sirgaluvchi j kabilarni organishda tovush artikulyasiyasiga oid ishlar qiyinlashadi.
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli sozlar: korib (korip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot) borishdi (borishti); qisqa talaffuz qilinadigan i unli bor sozlar: bilan (blan); talaffuzda tushib qoladigan undoshli sozlar: baland (balan), dost (dos), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt (darax). Bunday sozlarni yozilgandek oqish imloni organishga tayyorlaydi. Bular avval orfoepik, song orfoepik oqitiladi. SHu kabi sozlarni oqish bilan boginlab oqish malakasi takomillashadi: oquvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan sozlarni oqishni organadilar.