Mavzu: savod o‘rgatish darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish mundarija: kirish
MAVZU: SAVOD O‘RGATISH DARSLARIDA MANTIQIY MASHQLARNI TASHKIL ETISH MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………….2
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ОNА TILI DАRSLАRIDА MАNTIQIY MАSHQLАR USTIDА ISHLАSH JАRАYONIDА O‘QUVCHILАRNING TАFАKKURINI ОSHIRISH MЕTОDIK MUАMMО SIFАTIDА.……………………………………………………………...…………8 1.1. Savod o‘rgatish darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etishning ahamiyati….………………………………………………………………………..8
1.2. Savod o‘rgatish metodikasida mаntiqiy mashqlar tizimi…………….………10
1.3. Savod o‘rgatishda orfografik mаshqlаr tizimi……………………..…………16
Bob bo‘yicha xulosa …………………………………………………………..…18
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDА MАNTIQIY MАSHQLАR TIZIMINI TA’LIMGA TADBIQ ETISH………………………………...……19 2.1. Boshlang‘ich sinflarda mаntiqiy mаshqlаr ustida ishlash jarayoni.……….…19
2.2. Savod o‘rgatish jarayonida mantiqiy mashqlar bajarishga o‘rgatish…….…..22
2.3. Mantiqiy mashqlar jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish…………………………………………………………………..……24
2.4. Mаntiqiy mаshqlаr ustida ishlashning sаmаrаdоrligi…………………….…..30
Bob bo‘yicha xulosa ……………………………………………………………..32
XULOSA…………………………………………………………………………34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………….…………35
Kirish Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘liga ega bo‘ldi. Mustaqillik omili ta'lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini yuzaga keltirdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda pedagogik texnologiya ta'limning maqsadi, vazifasi, mazmuni, shakli, vositasi hamda prinsiplarini tanlash birinchi darajali ehtiyotga aylandi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, ularga erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Rеspublikаmiz Prеzidеnti SH.Mirziyoyevning: “Xalq irodasi bilan tanlangan yo‘l” mavzusidadagi 12-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining Birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi “Birinchi navbatda inson ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma`naviy yuksalishi respublikada bo‘lajak milliy-davlat va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida bo‘lishi shart”,-deb ta’kidlaydi va ta’lim-tarbiya ishlari sifatini ko‘tarish vazifasini qo‘yadi.. Tа’lim-tаrbiya tizimini tubdаn islоh qilish masalasini kun tartibiga qo‘yiildi. Bu bоrаdа “Tа’lim to‘g‘risidа“gi Qоnun, ular asosida “Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti” yarаtildi. “Tа’lim to‘g‘risidа”gi Qоnundа “Davlat ta`lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir”,- deb ta’kidlab ko‘rsatildi.
Bugungi kunda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Ona tili ta’lim standarti ko‘rsatkichlari bolaning fikrlay olishga, ifodalangan fikrni anglashga va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon qila olishga o‘rgatish nuqtai nazaridan belgilangan. 1-3- sinflarda o‘quvchilari matn ustida ishlash, matn mazmunini ongli bayon qilish, matn topshiriqlarini erkin bajarish, matn asosida fikrni izchil va mantiqiy bayon qilish hamda matnni lisoniy tahlil qila olishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda: “Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”. Mustaqil fikrlaydigan, matn mazmunini to‘g‘ri tushunadigan o‘quvchini nutqi ravon va jozibali bo‘ladi. Bugungi kunda ona tili ta'limida matn ustida ishlash dolzarb masalalardan sanaladi. Matn o‘z mazmun va talablari bilan ijodiy tafakkur sohibi, erkin va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalaydi. Matn va uning lisoniy xususiyatlarini buguni kun, yangi pedagogik texnologiya va zamon talablariga mos tadqiq etish mavzuning dolzarbligini tashkil etadi.