Mavzu: savod o‘rgatish darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish mundarija: kirish


Savod o‘rgatish jarayonida mantiqiy mashqlar bajarishga o‘rgatish



Yüklə 71,99 Kb.
səhifə10/17
tarix20.09.2023
ölçüsü71,99 Kb.
#146187
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Mavzu savod o‘rgatish darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil et-fayllar.org

2.2. Savod o‘rgatish jarayonida mantiqiy mashqlar bajarishga o‘rgatish
Mashqlar tizimini tuzish bosqichlari. Ona tilidan u yoki bu mavzuda mаntiqiy mаshqlаr tizimi davlat ta’lim standartlari (dastur, ajratilgan o‘quv soatlari, mavzu bo‘yicha o‘rganiladigan bilim, malaka, o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajalari va shu kabilar) talablari asosida tuziladi. Bunda quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi.
1-bosqich: o‘quv materiallarini tahlil qilish bosqichi. Bu bosqichda o‘quv dasturida berilgan bilimlar etarlimi, ular darslikda qanday aks etgan, ta’limga yangi ahborotlarni olib kirish zaruriyati bormi, o‘quv ahborotlarning darslikda berilish tartibi ma’qulmi yoki o‘quv ahborotlarining tartibini o‘zgartirishga extiyoj tug‘iladimi, kabi qator savollar hususida o‘ylab ko‘riladi. Shuningdek, bu bosqichda darslikda berilgan mashqlarning o‘quv materiallari mazmuniga, ularni o‘zlashtirish logikasiga mosligi o‘rganiladi.
2-bosqich: o‘quv materiallari bo‘yicha bilim, malakalarini aniqlash. Masalan, “Undalma” mavzusida mashqlar tizimi tuzilganda, undalma haqidagi bilimlar asosida hosil qilinadigan malakalar hisobga olinadi. “Undalma” mavzusidagi bilimlar beshta o‘quv elementi o‘quv materialining pedagogik jihatidan ishlov berilgan eng kichik birligi bo‘lib, ular “Undalma” mavzusida quyidagi birliklardan iborat. 1-element-undalmaning ta’rifi (so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani bildirgan bo‘lak undalma deyiladi). 2-element-sodda va murakkab undalmalar (bir so‘zdan iborat undalmasodda; ikki yoki undan ortiq so‘zdan iborat undalma murakkab). 3-element-undalmalarning gapdagi o‘rni (gapning boshi, o‘rtasi va ohirida kelgan undalmalar). 4-element-undalmalarda tinish belgilari. 5-element-undalmalarni o‘qish tehnikasi. O‘quv elementlarining ko‘pligi nuqtai nazardan “Undalma” mavzusi murakkab o‘quv materiali sanaladi. Ona tiliga oid o‘quv materiallari, jumladan, “Undalma” mavzusida ham, o‘rganiladigan bilimlar asosida shakllantiriladigan malakalar ikki turli bo‘ladi: intellektual malakalar-so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani bildirgan bo‘lakning undalma ekanligini faxmlash (1); sodda va murakkab undalmalarni bir–biridan farqlash (2); undalmalarning gap boshi, o‘rtasi, ohirida kelgan holatlarini ajrata olish (3); muskul xarakati malakalariundalmalarni gap tarkibida topib ko‘rsatish, o‘qish, talaffuz etish (1); sodda va murakkab undalmali matnlar tuzish (2); turli pozitsiyalarda (gapning boshi, o‘rtasi, ohirida) undalmalarda qo‘llaniladigan tinish belgilarini to‘g‘ri ishlatish (3).

Yüklə 71,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin