navbatida shaxsning ta‘sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol
jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo‗r
berish xis-latlarini, ixtiyorsiz
(ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazi-latlarini aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa
o‗z tarkibiga xos munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari,
ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini,
egallangan bilimlarni qamraydi.
Inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig‗indisidan iborat, bu
ifodaga o‗ta keskin e‘tiroz bildirishga hojat yo‗q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod
bo‗lganligi (mikromuhit mahsuli ekanligi tan olinmasa-da) uchun unda tabiiy-
biologik tuzilish alomatlari sakdanib qolishi tabiiy holdir. Masalan,
shaxs
tuzilishida biologik va ijtimoiy (sotsial) omillarni birlamchi deb e‘tirof qylish
muammoning bir tomoni (ularni hisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi
tomoni ularning o‗zaro munosabatla-rini qay tarzda tushunishda o‗z ifodasini
topadi. Ko‗pgina psixo-loglarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qo‗sh
omillik nazariyaning bahsli jabhasi shundan iboratki,
bu nazariya ijtimoiy omil
bilan biologik voqelikni, muhit bilan biologik tuzilishni, «ekzopsixika» bilan
«endopsixika»ni mexanik ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo‗yadi, o‗zaro ta‘sir etish
muammosiga loqaydlik bilan munosabatda bo‗ladi. Mazkur kontseptsiya vakillari
shaxsning shakllanishi va uning tuzilishiga ta‘sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar ichki
imkoniyatlari mavjud ekanligini xisobga olmaydilar.
Kishi o‗z mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy hisoblangan munosabatlar sistemasiga
kirgan, odamlar bilan o‗zaro birgalikda harakat qilgan va munosabatda bo‗lgan
holda o‗zini atrof-muhitdan alohida ajratib ko‗rsatadi, o‗zining jismoniy va psixik
holati, harakatlari va jarayonlarining subyekti sifatida his etadi, o‗zi
uchun
boshqalarga» qarshi turgan va ayni chog‗da ular bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan
«Men» sifatida namoyon bo‗ladi. Subyektiv ravishda xususiy «Men»ning
mavjudligini his qilish, avvalo, kylining hozirgi aytda, o‗tmishda va kelajakda
o‗ziga aynan o‗xshash bo‗lishini tushunib etishida ifodalanadi. Bugungi «Men»
mening holatimning har qanday yangi va kutilmagan vaziyatlarda har qancha
o‗zgarishi mumkin bo‗lgan taqdirda ham, mening hayotim, mening ‗ngim,
qarashlarim va yo‗l-yo‗riqlarim har qancha qayta qurilgan taqdirda ham o‗sha
kecha yashagan va ertangi kunga qadam qo‗ygandan keyin bo‗lajak kishining
o‗zini bildiradigan «Men» i demakdir. Ayrim psixik kasalliklarning alomatlaridan
biri kishining o‗ziga aynan o‗xshamay
qolishidan, xususiy «Men» ini yo‗qotib
qo‗yishidan iboratdir.
O‗z «Men»ining mavjudligini his qilish shaxsning hali chaqaloqligi aytidayoq
boshlanadigan va uzoq davom etadigan hamda sobiq sovet sotsiologi va psixologi
I. S. Kon «Men»ning kashf etilishi» deb juda o‗rinli atagan shakllanish
jarayonining natijasi hisoblanadi. Bir yasharli bola o‗z tanasining sezgirligi undan
tashqaridagi buyumlar tufayli hosil bo‗ladigan sezgilardan farqini anglay
boshlaydi. So‗ngra 2-3 yoshida bola buyumlar bilan o‗z xususiy harakatlari
jarayoni va natijasida hosil bo‗ladigan xursandchilikning katta yoshdagilarning
konkret harakatlaridan farqini ajratadi va kattalarga qarata: «Yo‗q, men o‗zim
qilaman!» deydi. o‗zini atrofdagi muhitdan faqat alohida ajratib olgan holda, emas,
balki o‗zini boshqalarning hammasiga qarama-qarshi («Bu seniki emas, meniki!»)
qo‗ygan holda o‗zni "birinchi marta o‗zshshng xususiy harakatlari va xatti-
xarakatlari subyekti (bolaning nutqida shaxsiy olmosh paydo bo‗ladi) sifatida
anglay boshlaydi. Bolalarda bog‗cha bilan maktabga borishi oralig‗ida va
boshlangich sinflarda katta yoshdaglar, ota-onalar va o‗qituvchilar yordamida hali
o‗z yutuqlari va muzaffaqnyatsizliklarining sabablarini
anglab etish darajasida
paydo bo‗ladi.
Nihoyat, o‗sirinlik va yoshlik davrida ijtimoiy hayotga va mehnat faoliyatiga
faol qo‗shilib ketish natijasida o‗ziga ijtimoiy-ahloqiy jihatdan baho berishning
kengaytirilgan sistemasi shakllana boshlaydi, o‗zini anglab etishi tugallanadi va
«Men»ning siymosi tarkib topadi.
Ma‘lumki, o‗sirinlik va yoshlik yillarida o‗zini tarbiyalashga, o‗zining hayotdagi
o‗rnini va tevarak-atrofdagilar bilan munosabatlar subyekti sifatida o‗zini anglab
etishga intilish kuchayadi. O‗zini anglashning yuzaga chiqa boshlashi ana shu
bilan bog‗liqdir. Katta yoshdagi o‗quvchilarda o‗z xususiy «Mei»ining siymosi
shakllana boradi («Men-siymosi», «Men-konsepsiya»).
Dostları ilə paylaş: