Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi



11-12-mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor 
(1-
 
ma’ruza) 
Reja:
1.
Shaxs haqida tushuncha.
2.
Shaxsning himoyalanish mexanizmlari.
3.
Shaxs psixologik strukturasi.
4.
Shaxs nazariyalari (G.Ayzenk, Z.Freyd, K.Rodjers, A Maslou). 
(2-ma’ruza) 
1.
Shaxsning o‗zini o‗zi baholashi.
2.
Shaxsning o‗zini o‗zi nazorat qilishi va boshqarishi.
3.
Ijtimoiy institut inson faoliyatining muhim sohalarini tartibga soluvchi obyekt 
sifatida. 
4.
Shaxs ijtimoiylashuvida ijtimoiy status va ijtimoiy xulq-atvorni o‗rni.
5.
Ijtimoiy ustanovka haqida tushuncha. 
Tayanch iboralar: 
Individ, shaxs, individuallik, shaxs faolligi, shaxs tuzilishi, 
interindivid, intraindivid, metaindivid, endopsixika, ekzopsixika, «Men» 
strukturasi,men kontseptsiyasi, Real ―men‖, ideal ―men‖, empirik «Men»,
jismoniy shaxs, sotsial shaxs, ma‘naviy shaxs, egoizm, altruizm, o‗z-o‗zini
boshqarish, o‗z-o‗zini namoyon qilish, o‗z-o‗zini ifodalash, o‗z-o‗zini e‘tirof
etish, yo‗nalishlari, hayotiy pozitsiyasi, shaxsning yo‗nalganligi, dunyoqarash, 
qishiqish, ideallar, e‘tiqod, ustanovka
 
Shaxsning turli fanlar nuqtai nazaridan o‗rganilishi. Shaxs muammosi va 
fanning metodologik darajalari. Shaxsga nisbatan evolyutsion tarixiy va tizimli 
yondashuv. Shaxs fenotipik xususiyatlarining ontogenezda rivojlanishi. Inson 
tabiatini evolyutsion jihatdan tadqiq etish. 
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (
lotincha individ — 
ajralmas, alohida zot degan ma’no anglatadi)
, shaxs, individuallik (yakkahollik) 
tushunchalari orqali aks ettiriladi.
Individ -chaqaloqning inson zotiga mansubligini tasdiqlaydigan fakt.
Katta 
yoshdagi ruhiy sog‗lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‗q, 
oddiy malakalarni o‗zlashtira olmaydigan akli zaiflar ham individlar deb ataladi. 
Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb atash an‘ana tusiga kirib qolgan, chunki 
o‗sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy 
taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‗la oladi. Individ sifatida yorug‗ dunyoga 
kelgan odam ijtimoiy muhit ta‘sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun 
bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog‗idanoq individ 
muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo 
munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‗lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar 
yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. 


Ijtimoiy qurshov (oila a‘zolari, mahalla ahli, ja-moatchilik, ishlab chiqarish 
jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og‗ushida, ularning qalb to‗risida) 
odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning 
ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog‗liq bo‗lmagan har xil xususiyatli 
munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. 
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy 
muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o‗ta bahsli 
fikrdir. Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani 
o‗zlashtirish jarayoni odamning o‗zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning 
bilan qanday maqsad ko‗zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy 
dunyosi orqali namoyon bo‗ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, 
muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko‗nikmalarida ko‗zga tashlanadi. 
Boshqacha so‗z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni 
egallashga intilgan sa‘y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o‗z 
istiqboli uchun yo‗l-yo‗riq tanlashda, uni o‗zlashtirishda, hayotda o‗z mavqei va 
o‗rnini topishda gavdalanadi. 
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har 
xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkonitiga ega. Hayotda biron bir tanbeh 
berishning o‗zi kimdadir ruhiy hisni uyg‗otsa boshqa birining sirtiga ham 
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta‘sir qiluvchi barcha tashqi 
qo‗zg‗atuvchilar ijgimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari 
(tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‗indisi bilan boyitilishi 
evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‗ladi. 

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin